Berdieva Muborak Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilarining  ijodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari). 
          Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8141.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01. 2020. Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Voxidova Norposhshaxon Xabibullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qurbonova Baxtixon Quchqarboevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining  ijodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ijodiy-o‘yinli pedagogik vaziyatlarni barqaror shakllantirish, shaxsiy xususiyatlarning indvidual rivovjlanishni refleksiv tarzda aniqlash hamda motivatsion-faoliyatli faollik tadrijiyligini va  integratsion-vektorli ta’sir ko‘rsatishni uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining  ijodiy kompetentligini rivojlantirish modeli kasbiy kompetentlikni ta’minlovchi uslubiy yondashuvlar va didaktik prinsiplar, akseologik shaxsga yo‘naltirilgan davriy va uzlyuksiz didaktik tayyorgarligini izchil nazorat qilish hamda ta’lim subektlari orasida sog‘lom raqobat muhitini bosqichma-bosqich o‘rnatish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining  ijodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi fundamental va nazariy bilimlarni oddiydan murakkabga qarab rivojlantirish, mustaqil ijodiy faoliyatni tashkil etish hamda nostandart vaziyatlarda ratsional qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan mantiqiy masalalarni ta’lim maqsadlariga mos ravishda intensiv kiritib borish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi samaradorligi bilimlarni faollashtirish qobiliyatlarini rivojlanish darajasini aniqlash, ishonchligi hamda motivatsion-qiymatli, gnesologik, tashkiliy- faoliyatli va refleksiv tuzatishlar mezonlarining  ijtimoiy shaxsiy fazilat va individual-pedagogik xususiyatlarning o‘zaro pragmatik uyg‘unligini ta’minlashda foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
    bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining  ijodiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ijodiy-o‘yinli pedagogik vaziyatlarni barqaror shakllantirish, shaxsiy xususiyatlarning indvidual rivovjlanishni refleksiv tarzda aniqlash hamda motivatsion-faoliyatli faollik tadrijiyligini va  integratsion-vektorli ta’sir ko‘rsatishni uyg‘unligini ta’minlash asosida taniqlashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-noyabrdagi 11-056418/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy kompetentligini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi samaradorligi bilimlarni faollashtirish qobiliyatlarini ri-vojlanish darajasini aniqlash, ishonchligi hamda motivatsion-qiymatli, gnesologik, tashkiliy- faoliyat va refleksiv tuzatishlar mezonlarining  ijtimoiy shaxsiy fazilat va individual-pedagogik xususiyatlarning o‘zaro pragmatik uyg‘unligini ta’minlashda foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-noyabrdagi 11-056418/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini metodik ta’minotini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
    bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining  ijodiy kompetentligini rivojlantirish modeli kasbiy kompetentlikni ta’minlovchi uslubiy yondashuvlar va didaktik prinsiplar, akseologik shaxsga yo‘naltirilgan davriy va uzlyuksiz didaktik tayyorgarligini izchil nazorat qilish hamda ta’lim subektlari orasida sog‘lom raqobat muhitini bosqichma-bosqich o‘rnatish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-noyabrdagi 11-056418/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bu yondashuvlar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining  ijodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi fundamental va nazariy bilimlarni oddiydan murakkabga qarab rivojlantirish, mustaqil ijodiy faoliyatni tashkil etish hamda nostandart vaziyatlarda ratsional qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan mantiqiy masalalarni ta’lim maqsadlariga mos ravishda intensiv kiritib borish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-noyabrdagi 11-056418/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy kompetentligini rivojlantirishning mezonlari, omil, shakl va usullarini amaliyotga tadbiq etish imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish