Xoliqova Farida Farxodovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Fiziologiya” fanini o‘qitishda work based learning konsepsiyasini qo‘llash metodikasini takomillashtirish», 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7948.
Ilmiy rahbar: Xalikov Kaxor Mirzaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Xo‘janazarov O‘ktam Eshtimirovich pedagogika fanlari doktori, professor; Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Fiziologiya”  fanini o‘qitishda  «work based learning» konsepsiyasini qo‘llashga  qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Fiziologiya”   fanini o‘qitishda work based learning konsepsiyasini qo‘llash metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari mantiqiy-muammoli topshiriqlarni kiritish, ta’lim jarayonining tarkibiy tuzilishi, komponentlari, kasbiy rivojlantirish darajalari va imkoniyatlarini qiyosiy tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Fiziologiya”  fanini o‘qitish samaradorligi «work based learning» konsepsiyasi vositasida o‘qitishning konseptual komponentlarini mazmunga ko‘ra tasniflash, maqsad komponenti, mazmun komponenti, jarayonli komponent, texnologik komponent va baholash-natija komponentlari didaktik elementlarini ta’limiy maqsadlar talablariga maqsadli moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Fiziologiya” fanini o‘qitishda «work based learning» konsepsiyasidan foydalanish natijadorligi loyihalash, muammoli ta’lim, aqliy hujum, keys-stadi, didaktik o‘yin, integral ta’lim, vitogen ta’lim, dasturlashtirilgan ta’lim metodlaridan kichik guruhlarda ishlash, pedagogik vaziyatlarni modellashtirish, muammoli ma’ruza, muammoli seminarlar tashkil etishda foydalanishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Fiziologiya” fanini o‘qitishda «work based learning» konsepsiyasidan foydalanish jarayoni “PhysioSphere.uz” dasturidan foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan affektiv, kognitiv, faoliyat mezonlarining ta’limiy maqsadga muvofiqligini izchil ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya jarayoni tashxis tizimini tuzish va nazorat qilishning texnologik mazmunini oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fiziologiya fanini o‘qitish metodikasini «work based learning» qo‘llash metodikasidan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy natijalari: 
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Fiziologiya”   fanini o‘qitishda work based learning konsepsiyasini qo‘llash metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari mantiqiy-muammoli topshiriqlarni kiritish, ta’lim jarayonining tarkibiy tuzilishi, komponentlari, kasbiy rivojlantirish darajalari va imkoniyatlarini qiyosiy tahlil qilish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi xususiyatlari” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024- yil 7 maydagi 149-son buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan). Natijada takomillashtirilgan o‘quv dasturlari tuzilgan hamda talabalarning fiziologiya fani bo‘yicha metodik kompetentligi darajalarini shakllantirishga imkon yaratilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Fiziologiya”  fanini o‘qitish samaradorligi «work based learning» konsepsiyasi vositasida o‘qitishning konseptual komponentlarini mazmunga ko‘ra tasniflash, maqsad komponenti, mazmun komponenti, jarayonli komponent, texnologik komponent va baholash-natija komponentlari didaktik elementlarini ta’limiy maqsadlar talablariga maqsadli moslashtirish asosida takomillashtirilga oid tavsiyalar “Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi xususiyatlari” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 7- maydagi 149-son buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning metodik imkoniyatlari takomillashtirilgan hamda tibbiyot oliy ta’lim tizimi o‘quv-metodik ta’minoti boyitilishiga imkon yaratilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Fiziologiya” fanini o‘qitishda «work based learning» konsepsiyasidan foydalanish natijadorligi loyihalash, muammoli ta’lim, aqliy hujum, keys-stadi, didaktik o‘yin, integral ta’lim, vitogen ta’lim, dasturlashtirilgan ta’lim metodlaridan kichik guruhlarda ishlash, pedagogik vaziyatlarni modellashtirish, muammoli ma’ruza, muammoli seminarlar tashkil etishda foydalanishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilga oid tavsiyalar “Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi xususiyatlari” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024- yil 7 maydagi 149-son buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning «work based learning» konsepsiyasini qo‘llab o‘qitish metodikasi bosqichma-bosqich takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Fiziologiya” fanini o‘qitishda «work based learning» konsepsiyasidan foydalanish jarayoni “PhysioSphere.uz” dasturidan foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan affektiv, kognitiv, faoliyat mezonlarining ta’limiy maqsadga muvofiqligini izchil ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya jarayoni tashxis tizimini tuzish va nazorat qilishning texnologik mazmunini oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib borish asosida samaradorlik oshirilgan. “Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi xususiyatlari” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024- yil 7 maydagi 149-son buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan). Natijada ta’limni axborotlashtirish sharoitida uzluksiz ta’lim muassasalarida faol axborot almashish imkoniyati va interaktiv texnologiyalardan ijodiy foydalanish kompetensiyasiga ega mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish