Yusufxonov Zokirxon Yusufxon o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Avtomobil transportida konteyner tashishni logistika tamoyillari asosida takomillashtirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5159 
Ilmiy rahbar: Samatov G‘affor Allakulovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xalmuxamedov Aziz Suratovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ilesaliev Dauren Ixtiyarovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil transportida konteyner tashishni logistika tamoyillari asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
analitik vaqt ketma-ketligi tendensiyalarini inobatga olgan holda, logistika ta’minot zanjirida avtomobil transportida konteynerli yuklar oqimining o‘zgarishini bashorat qilish modeli eng kichik kvadratlar usuli yordamida ishlab chiqilgan; 
avtomobil transportida konteyner tashishga ta’sir etuvchi asosiy omillarining muhimlik darajalarini baholash usuli, ratsional tashish parametrlarini inobatga olgan holda, analitik ierarxiya jarayon va Entropiya qiymatlari yordamida takomillashtirilgan;
avtomobil transportida konteyner tashishni marshrutlashtirish modeli yuksiz qatnov masofalarini qisqartirish sharti asosida, chiziqli dasturlash amallarining potensiallar usuli yordamida takomillashtirilgan;
ushlanib qolish vaqtlari va marshrut masofasini inobatga olgan holda terminallardan iste’molchilarga konteynerlarni etkazib berish vaqtlarining o‘zgarish qonuniyati, eksponensial taqsimlanish ko‘rsatkichlari yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomobil transportida konteyner tashishni logistika tamoyillari asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
logistika ta’minot zanjirida avtomobil transportida konteynerli yuklar oqimining o‘zgarishini bashorat qilish modeli “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 3 – yanvardagi 4E3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2025-2030 yillar davomida konteyner oqimini oshishi bashorat qilinib, kerakli avtomobil transport vositalari sonini aniqlash imkoni yaratilgan;
avtomobil transportida konteyner tashishga ta’sir etuvchi asosiy omillarining muhimlik darajalarini baholash usuli “BK Intrans” XK da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 3-yanvardagi 4E3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil transportlarida konteyner tashishga kuchli ta’sir etuvchi ratsional tashish mezonlari sifatida tashish ta’rifi, marshrut masofasi va etkazib berish vaqti qiymatlari belgilangan;
avtomobil transportida konteyner tashishni marshrutlashtirish modeli “BK Intrans” XK da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 3-yanvardagi 4E3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, konteyner tashishda avtomobil transportlarining transport ishi 24 foizga kamayishiga va masofadan foydalanish koeffisientini ratsionallashtirish tamoyili orqali 52 foiz oshishiga erishilgan;
terminallardan iste’molchilarga konteynerlarni etkazib berish vaqtlarining o‘zgarish qonuniyati “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 3-yanvardagi 4E3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, konteynerlarni etkazib berishda avtomobil transportlarining turib qolish vaqtlarini kamaytirish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va asosli tarzda ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish