Samigdjanov Fazliddin Rafkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi “O‘zbekiston Respublikasida byudjet jarayonini takomillashtirishning moliyaviy-huquqiy masalalari”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1040.
Ilmiy rahbar: Li Adik Aleksandrovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, dotsent Davlyatov Valisher Xakimjanovich; yuridik fanlar nomzodi, dotsent Bilolxo‘jaeva Shoiraxon Bilolxo‘ja qizi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida byudjet jarayonini takomillashtirishning moliyaviy-huquqiy masalalarini takomillashtirishga qaratilgan tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida aniq maqsadlar va natijalarga qaratilgan sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlarini (indikatorlarini) shakllantirish, byudjet loyihasini tuzishda va qabul qilishda byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning moliyaviy mustaqilligini oshirish, byudjet dasturlarining ijrosi bo‘yicha mas’ul byudjet mablag‘lari taqsimlovchilarning jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirishi asoslantirilgan;
har bir byudjet dasturiga mablag‘ taqsimlovchi organning buyrug‘i yoki qarori bilan mas’ul shaxs tayinlanadi hamda byudjet dasturlarining ijrosini ta’minlash va monitoringini yuritish uchun byudjet dasturi administratoriga byudjet dasturi ijrosini ta’minlash, monitoringini yuritish, o‘z vaqtida hisobotlarni tuzish, tadbirlar uchun ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida samarali va maqsadli sarflanishini nazorat qilish vazifasining yuklanishi byudjet jarayonining shaffofligini ta’minlashga xizmat qilishi asoslab berilgan;
byudjet jarayoni bosqichlarida o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti taqchilligini qoplashga, shuningdek, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojni xarajatlar va xatarlarning eng maqbul darajasida ta’minlash zaruriy shart sifatida xizmat qilishi asoslantirilgan;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladigan qo‘shimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanildi:
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida aniq maqsadlar va natijalarga qaratilgan sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlarini (indikatorlarini) shakllantirish, byudjet loyihasini tuzish va qabul qilishda byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning moliyaviy mustaqilligini oshirish, byudjet dasturlarining ijrosi bo‘yicha mas’ul byudjet mablag‘lari taqsimlovchilarning jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishda byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning byudjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi 4-sonli qarorining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 31-oktyabrdagi 12/15-79-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning moliyaviy mustaqilligini oshirishga xizmat qilgan;
har bir byudjet dasturiga mablag‘ taqsimlovchi organning buyrug‘i yoki qarori bilan mas’ul shaxs tayinlanishi hamda byudjet dasturlarining ijrosini ta’minlash va monitoringini yuritish uchun byudjet dasturi administratoriga byudjet dasturi ijrosini ta’minlash, monitoringini yuritish, o‘z vaqtida hisobotlarni tuzish, tadbirlar uchun ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida samarali va maqsadli sarflanishini nazorat qilish vazifasining yuklanishi byudjet jarayoni shaffofligini ta’minlashi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishda byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning byudjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi 4-sonli qarori asosida qabul qilingan nizomning 26-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 31-oktyabrdagi 12/15-79-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi byudjet jarayonining shaffofligini ta’minlashga xizmat qilgan;
byudjet jarayoni bosqichlarida o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti taqchilligini qoplashga, shuningdek, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojni xarajatlar va xatarlarning eng maqbul darajasida ta’minlash zaruriy shart sifatida xizmat qilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasi 1-qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi 1/q-08-64-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga xizmat qilgan;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladigan qo‘shimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi 1/q-08-64-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladigan qo‘shimcha ishlar uchun mahalliy byudjetning orttirilib bajarilgan qismidan amalga oshirishga xizmat qilgan.