Achilova Nargiza Baxtiyorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Formirovanie natsional`nogo brenda Uzbekistana v povishenii konkurentosposobnosti strani”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.3.PhD/Iqt4540.
Ilmiy rahbari: Axmedov Durbek Kudratillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Boltaboev Maxmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Bekmuradov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ilg‘or xalqaro tajribalar asosida O‘zbekiston Respublikasi milliy brendini shakllantirish va targ‘ib qilish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “milliy brend” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mamlakatning o‘ziga xos madaniy, iqtisodiy, tarixiy, ijtimoiy va tabiiy xususiyatlari asosida shakllangan, uning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshiruvchi ma'nolar, tasavvurlar va assotsiatsiyalar majmuini investorlar, sayyohlar va xalqaro hamkorlar uchun tan olinishi va jozibadorligini hamda siyosiy ta'sirini ta'minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan; 
O‘zbekiston milliy brendini boshqarish modeli milliy brending salohiyatini baholash (SBMB), mamlakat brendining identifikatsiyasini shakllantirish (IShMB), milliy brendni targ‘ib qilish (TQMB), milliy brending natijalari monitoringi (MMB) tarkibiy qismlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini beruvchi yaxlit tizim sifatida takomillashtirilgan;
milliy brendlar orqali mamlakatning ijobiy qiyofasini shakllantirishning yagona milliy mafkurasiga mos keladigan “Made in Uzbekistan” kampaniyasi va mamlakatning milliy brendi konsepsiyasini ilgari surishda yarmarkalar, mintaqaviy va xalqaro ko‘rgazmalarda milliy tovar brendlarini targ‘ib qilish (TBTMB=0,41), jahon bozorlarida sotish uchun onlayn platformalarni tashkil etish (OPMB=0,35) va elektron tijoratdan (ETMB=0,24) samarali foydalanish taklif etilgan;
milliy brendini shakllantirishning ixtisoslashtirilgan modelini ishlab chiqish asosida “Brand Finance Nation Brand” xalqaro reytingida O‘zbekiston milliy brendi pozisiyasining o‘zgarish tendensiyalarining 2040-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakat raqobatbardoshligini oshirishda O‘zbekistonning milliy brendini shakllantirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “milliy brend” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mamlakatning o‘ziga xos madaniy, iqtisodiy, tarixiy, ijtimoiy va tabiiy xususiyatlari asosida shakllangan, uning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshiruvchi ma’nolar, tasavvurlar va assotsiatsiyalar majmuini investorlar, sayyohlar va xalqaro hamkorlar uchun tan olinishi va jozibadorligini hamda siyosiy ta’sirini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirish taklifidan oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Brending” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda investorlar, sayyohlar va xalqaro hamkorlar uchun tan olinishi va jozibadorligini hamda siyosiy ta’sirini ta’minlash nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “milliy brend” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston milliy brendini boshqarish modeli milliy brending salohiyatini baholash (SBMB), mamlakat brendining identifikatsiyasini shakllantirish (IShMB), milliy brendni targ‘ib qilish (TQMB), milliy brending natijalari monitoringi (MMB) tarkibiy qismlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini beruvchi yaxlit tizim sifatida takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 7 apreldagi 9/01-27-3811-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston milliy brendini boshqarish modelining tarkibiy qismlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan;
milliy brendlar orqali mamlakatning ijobiy qiyofasini shakllantirishning yagona milliy mafkurasiga mos keladigan “Made in Uzbekistan” kampaniyasi va mamlakatning milliy brendi konsepsiyasini ilgari surishda yarmarkalar, mintaqaviy va xalqaro ko‘rgazmalarda milliy tovar brendlarini targ‘ib qilish (TBTMB=0,41), jahon bozorlarida sotish uchun onlayn platformalarni tashkil etish (OPMB=0,35) va elektron tijoratdan (ETMB=0,24) samarali foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-martdagi PQ-126-son “Tashqi savdo va mintaqaviy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1- va 2-bandlari, 2- va 3-ilovalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 7 apreldagi 9/01-27-3811-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yarmarkalar, mintaqaviy va xalqaro ko‘rgazmalarda milliy tovar brendlarini targ‘ib qilish, jahon bozorlarida sotish uchun onlayn platformalarni tashkil etish va elektron tijoratdan samarali foydalanish imkoni yaratilgan;
milliy brendini shakllantirishning ixtisoslashtirilgan modelini ishlab chiqish asosida “Brand Finance Nation Brand” xalqaro reytingida O‘zbekiston milliy brendi pozisiyasining o‘zgarish tendensiyalarining 2040-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 7 apreldagi 9/01-27-3811-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Brand Finance Nation Brand” xalqaro reytingida O‘zbekiston milliy brendi pozisiyasining o‘zgarish tendensiyalari asosida uzoq muddatli istiqboldagi asosiy parametrlarni o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish