Mamajonova Saida Vaxabjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish yo‘llari”. 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt3957
Ilmiy rahbar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/06.06.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murodova Nodira Qullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash negizida aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq tadbirkorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qishloq hududlarida mehnat resurslaridan samarali foydalanish, milliy oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim omil sifatida namoyon bo‘luvchi, agrobiznes, kichik sanoat, hunarmandchilik, ekologik turizm, raqamli xizmatlar va ta’lim-o‘quv faoliyati kabi sohalarda rivojlanib, innovatsion texnologiyalar hamda klaster tizimi asosida ishlovchi tadbirkorlik turi sifatida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligiga oid kichik tadbirkorlik loyihalarini ishlab chiqish (KTL= 35%), qishloq xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyat asosiy turlari bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini kengaytirish (KA =28%), qishloq tadbirkorligi tuzilmalarining samaradorligini oshirish (SO = 37%)ga oid chora-tadbirlar nisbatining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash asosida qishloq tadbirkorlik tuzilmalarini jadal rivojlantirish taklifi asoslangan;
aholini “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi asosida kambag‘allikdan chiqarishning “Sayxunobod” (S), “Uychi” (U), “G‘ijduvon” (G), “Zarbdor” (Z) tajribalari maxsus yondashuvlaridan qishloq hududlarining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq keluvchi jihatlarini uyg‘unlashtirgan holda gibrid modellarni ishlab chiqishning (S = 0,28; U = 0,19; G = 0,31; Z = 0,22) maqbul nisbatlari taklif qilingan;
O‘zbekistonda qishloq tadbirkorligini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030 yilga qadar qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qishloq tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash asosida aholi daromadlarini oshirish borasida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq tadbirkorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini qishloq hududlarida mehnat resurslaridan samarali foydalanish, milliy oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim omil sifatida namoyon bo‘luvchi, agrobiznes, kichik sanoat, hunarmandchilik, ekologik turizm, raqamli xizmatlar va ta’lim-o‘quv faoliyati kabi sohalarda rivojlanib, innovatsion texnologiyalar hamda klaster tizimi asosida ishlovchi tadbirkorlik turi sifatida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ta’lim jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan “Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-dekabrdagi 03/10-3549-son buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda qishloq tadbirkorligining o‘ziga xos hususiyatlarini aniqlash, qishloq tadbirkorligining mamlakat aholisi farovonligini oshirishdagi o‘rnini baholash, talabalarning nazariy bilimlarini yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligiga oid kichik tadbirkorlik loyihalarini ishlab chiqish (KTL = 35%), qishloq xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyat asosiy turlari bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini kengaytirish (KA = 28%), qishloq tadbirkorligi tuzilmalarining samaradorligini oshirish (SO = 37%)ga oid chora-tadbirlar nisbatining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash asosida qishloq tadbirkorlik tuzilmalarini jadal rivojlantirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qishloq hududlarida milliy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 7 noyabrdagi 01/00-03/10-11291-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi asosida qishloq hududlarida tadbirkorlarni kooperatsiya asosida o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish mexanizmi yaratilgan;
aholini “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi asosida kambag‘allikdan chiqarishning “Sayxunobod” (S), “Uychi” (U), “G‘ijduvon” (G), “Zarbdor” (Z) tajribalari maxsus yondashuvlaridan qishloq hududlarining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq keluvchi jihatlarini uyg‘unlashtirgan holda gibrid modellarni ishlab chiqishning (S = 0,28; U = 0,19; G = 0,31; Z = 0,22) maqbul nisbatlarini qo‘llash taklifidan hududlarda kambag‘allik darajasini qisqartirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23 sentyabrdagi PQ-330-son ““Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 7 noyabrdagi 01/00-03/10-11291-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifdan foydalanish hududlarning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish asosida kambag‘allikdan chiqarishda mintaqaviy yondoshuvni ishlab chiqish imkonini bergan;
O‘zbekistonda qishloq tadbirkorligini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan hududlarda qishloq tadbirkorligini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 7 noyabrdagi 01/00-03/10-11291-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognozlardan foydalanish asosida qishloq tadbirkorligini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tavsiflash, tasniflash va ularning ijobiy ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.