Nasimov Baxtiyor Vasievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Paxta-to‘qimachilik klasterlari korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.13–“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  №B2024.1.DSc/Iqt633.
Ilmiy rahbari: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobur Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Xonkeldieva Go‘zal Sherovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta-to‘qimachilik klasterlari korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarni boshqarish metodologiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muallif tomonidan quyidagi paxta-to‘qimachilik klasterlaridagi tugallanmagan ishlab chiqarishda zahiralar umumiy qiymatini aniqlashda zahiralar o‘zgarishining “boshlang‘ich bosqichi” (t1 - qiymatning sekin o‘sib borishi), “asosiy bosqichi” (t2 - qiymatning keskin o‘sib borishi), “yakunlovchi bosqichi” (t3 - qiymat o‘sish sur’atining kamayib borishi) davrlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash orqali ishlab chiqarish oqimlarini muvozanatlashtirish, tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun materiallar va komponentlarni o‘z vaqtida etkazib berishni ta’minlash taklifi asoslangan;
O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari rivojlanishining inersion va innovasion ssenariylari asosida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari tarkibidagi korxonalar biznes-jarayonidagi ombor bo‘ylab tovarlarni ortiqcha tashish holatini tovar ko‘chishi traektoriyasini qisqartirish uchun omborda zahiralarni joylashtirish hududlarini o‘zgartirish, asosiy ombor operatsiyalari bo‘limlarini bir-biriga maksimal yaqin joylashtirish, kiruvchi va chiquvchi material oqimlarini aniq ajratish bo‘yicha tuzatish kiritish orqali takomillashtirilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarida ishlab chiqarish dasturini optimallashtirish va zahiralarni boshqarish bo‘yicha vazifalarning echimiga erishishda ishlab chiqarish dasturi hisob-kitobida xom-ashyo mavjudligi bo‘yicha cheklovsiz marjinal daromadni maksimallashtirish mezonidan foydalanish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini o‘rtacha 3%-5%ga qisqartirish imkonini hosil qilish taklifi asoslangan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari tarkibidagi korxonalarning zahiralarini boshqarish uchun “raqamli egizak”ni modellashtirishda samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) modelga yangi ma’lumotlarni integratsiyalash va qayta ishlash uchun zarur bo‘ladigan vaqt orqali ifodalanuvchi ma’lumotlarning yangilash tezligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta-to‘qimachilik klasterlarining operatsion faoliyatida ishlab chiqarish zahiralarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
paxta-to‘qimachilik klasterlaridagi tugallanmagan ishlab chiqarishda zahiralar umumiy qiymatini aniqlashda zahiralar o‘zgarishining “boshlang‘ich bosqichi” (t1 - qiymatning sekin o‘sib borishi), “asosiy bosqichi” (t2 - qiymatning keskin o‘sib borishi), “yakunlovchi bosqichi” (t3 - qiymat o‘sish sur’atining kamayib borishi) davrlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash orqali ishlab chiqarish oqimlarini muvozanatlashtirish, tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun materiallar va komponentlarni o‘z vaqtida etkazib berishni ta’minlash taklifi O‘zbekiston PTKlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 19-martdagi №04-07-27-3096-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida aylanma aktivlar aylanuvchanligi tezligini oshirishga va muomala fondlari rentabelligini o‘rtacha 4,2% ga oshirishga erishilib, bu xom-ashyo oqimini sezilarli ravishda muvozanatlashtirishga imkon bergan;
O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari rivojlanishining inersion va innovatsion ssenariylari asosida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston PTKlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 19-martdagi №04-07-27-3096-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish va aylanma aktivlar bilan uzlyuksiz ta’minlash bo‘yicha strategiyani optimallashtirish va takomillashtirish imkoni yaratilgan.
paxta-to‘qimachilik klasterlari tarkibidagi korxonalar biznes-jarayonidagi ombor bo‘ylab tovarlarni ortiqcha tashish holatini tovar ko‘chishi traektoriyasini qisqartirish uchun omborda zahiralarni joylashtirish hududlarini o‘zgartirish, asosiy ombor operatsiyalari bo‘limlarini bir-biriga maksimal yaqin joylashtirish, kiruvchi va chiquvchi material oqimlarini aniq ajratish bo‘yicha tuzatish kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 19-martdagi №04-07-27-3096-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlaridagi zahiralarni boshqarishda innovatsion texnologiyalar samaradorligini majmuaviy baholash tizimini joriy qilish natijasida sezilarli ravishda raqobatbardoshlilikni oshirishga, resurslar boshqarilishini optimallashtirishga va boshqaruv qarorlari qabul qilinishini yaxshilashga muvaffaq bo‘lingan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarida ishlab chiqarish dasturini optimallashtirish va zahiralarni boshqarish bo‘yicha vazifalarning echimiga erishishda ishlab chiqarish dasturi hisob-kitobida xom-ashyo mavjudligi bo‘yicha cheklovsiz marjinal daromadni maksimallashtirish mezonidan foydalanish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini o‘rtacha 3% – 5%ga qisqartirish imkonini hosil qilish taklifi O‘zbekiston PTKlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 19-martdagi №04-07-27-3096-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida ishlab chiqarish dasturini optimallashtirish bo‘yicha va zahiralarni boshqarish bo‘yicha vazifalarning echimi taklif etilib, mazkur uslubni joriy qilish natijasida paxta-to‘qimachilik klasterlarida ishlab chiqarish xarajatlarini o‘rtacha 3,1%ga optimallashtirishga muvaffaq bo‘lingan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari tarkibidagi korxonalarning zahiralarini boshqarish uchun “raqamli egizak”ni modellashtirishda samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) modelga yangi ma’lumotlarni integratsiyalash va qayta ishlash uchun zarur bo‘ladigan vaqt orqali ifodalanuvchi ma’lumotlarning yangilash tezligini hisobga olish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston PTKlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 19-martdagi №04-07-27-3096-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida ishlab chiqarish zahiralarni optimal boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari ancha aniq hisoblab chiqilib, bu o‘z navbatida O‘zbekiston klasterlari bo‘yicha bilvosita xarajatlarni o‘rtacha 3,3% ga optimallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish