Qodirov Nurillo Ubaydullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tetraedr simmetriyali kristallarda qutblangan yorug‘lik nochiziqli yutilishining qutbiy, spektral va temperaturaviy tadqiqi” 01.04.10–yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/FM1037.
Ilmiy rahbar: Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sodiq Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/27.02.2020.FM/T.110.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gofur Gulyamov, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Qo‘chqarov Qudratillo Mamarasulovich, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tetraedr simmetriyali murakkab zonali kristallarda valent zonasi sathlarining o‘tkazuvchanlik zonasi energetik sathlari bilan kirishishini e’tiborga olib, bir va ikki fotonli yutilish hamda ularga mos keluvchi chiziqli sirkul`yar dixroizm koeffisientlarini yorug‘lik¬ning chastotasiga, intensivligiga va qutblanish darajasiga bog‘liq holda tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Lattinjer-Kon gamil`tonianidan zonaviy parametrlari bilan farq qiluvchi gamil`tonian, tok tashuvchilarning energetik dispersi¬lari hamda impul`s operatorining bir va ikki fotonli matrisaviy elementlari hisoblangan;
ilk bor valent zonasi tarmoqlaridan o‘tkazuvchanlik zonasiga bir va ikki fotonli optik o‘tishlarning tarkibiy matrisaviy element¬lari va ehtimolliklarning spek¬tral bog‘lanishlari tok tashuvchilar effektiv massa¬larining temperaturaga nisbatan nochiziqli bog‘lanishlariga e’tibor qaratilgan holda hisoblangan;
qo‘zg‘alishlar nazariyasi asosida olib borilgan sonli hisoblashlarga ko‘ra chastotalar oraligida hamda T=300 K da murakkab zonali yarimo‘tkazgichlardagi og‘ir kovaklarning bir fotonli yutilish koeffisientiga bergan ulushi engil kovaklar ulushidan 10 marta katta bo‘lishi aniqlangan;
zonaviy parametrlarning temperaturaga bog‘lanishlarini e’tiborga olgan hisoblash natijalar lazer ta’sirida da o‘tkazilgan ikki fotonli yutilish koefisientining temperaturaviy bog‘lanishini katta temperaturalar sohasida 10% dan kam, past temperaturalar sohasida esa 20% dan katta bo‘lmagan xatolik bilan tushuntirgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tetraedr simmetriyali kristallarda qutblangan yorug‘lik nochiziqli yutilishining qutbiy, spektral va temperaturaviy bog‘lanishlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
murakkab zonali yarim o‘tkazgichlarda qutblangan yorug‘lik intensivligiga nisbatan nochiziqli yutilishining qutbiy, spektral va temperaturaviy bog‘anishlari sohasida olib borilgan nazariy hisoblashlar natijalari “Foton” Aksiyadorlik jamiyatida (“Foton” Aksiyadorlik jamiyatining 2025 - yil 12- martdagi 43-son maʼlumotnomasi) yarim o‘tkazgichli fotodiod va fototran¬zistorlar ishlab chiqarishda ularning samaradorligini orttirishda foydalanilgan. Dissertatsiyada olingan natijalarga asoslanib optoelektron qurilmalarning tezkorligini orttirish, optik ma’lumotlarni golografik yozish va xotirada saqlash qurilmalarida qutblangan yorug‘likdan foydalanish imkoni yaratilgan;
tor, oralik va keng zonali yarimo‘tkazgichlarda zonalararo bir va ikki kvantli chiziqli sirkulyar dixroizm hamda yutilish koeffisientlarining chastotaga, shuningdek ta’qiqlangan zona kengligining temperaturaga bog‘liq holda hisoblash natijalari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Fizika kafedrasida 2017-2020 yillarga OT-F2-77 «Yarimo‘tkazgich dielektrik chegarasidagi sirt holatlar zichligini aniqlashning matematik modellashtirish asosida ichki nuqsonlarni hisobga olgan holda yarimo‘tkazgichli asboblarning ishonchligini bashorat qilishni takomillashtirish usuli» mavzusidagi fundamental loyihasida joriy etilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2024-yil 21-sentabr 01-21-04/2046-son ma’lumotnomasi). Natijada yarim o‘tkazgichli ko‘p qatlamli strukturalarda sodir bo‘ladigan tashish hodisalar nazariyasi sohasida ilmiy tadqiqot ishlarni kvant mexanikaviy tarzda olib borish imkoni yaratilgan.