Abdullaev Ulug‘bek Pulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli genezli o‘tkir sensonevral eshitish zaifligini davolash usullarini takomillashtirish» 14.00.04 – Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3017.
Ilmiy rahbar: Xasanov Ulug‘bek Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib59.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Sayfutdin Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Muxamadieva Gul`mira Amantaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat shifokorlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
qon tomir va infeksion o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolash samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi qon tomir genezli bemorlarda VEGF-A geni -C634G rs2010963 polimorfizmi G/G genotipi tashuvchilarida kasallikning rivojlanish nisbiy xavfi boshqa genotipik variantlari tashuvchilariga nisbatan 3 martadan ko‘pligi isbotlangan;
o‘tkir sensonevral eshitish zaifligining qon tomir va infeksion genezli turlarida qonda VEGF-A va IL-1β sitokinlari dinamikasi davolash samaradorligiga mos ravishda o‘zgarishi aniqlangan;
ilk bor o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi qon tomir va infeksion genezli turlarini davolashning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarning (murojat kuni, qondagi VEGF-A va IL-1β sitokinlar miqdorining 200pg/ml dan yuqori bo‘lishi) tavsifi aniqlangan;
turli genezli o‘tkir sensonevral eshitish zaifligida kompleks davolash va giperbarik oksigenoterapiya hamda intratimpanal steroidterapiyaning samaradorligi Siegel tasnifi bo‘yicha aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnika kengashining 2024 yil 13 noyabr 08/25-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarni amaliyotga tadbigi bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 20 sentyabrdagi №45-sonli hamda Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 2024 yil 05 martdagi №35-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta genetik tahlillar yordamida o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi qon tomir va infekison genezli turlarining klinik kechishi hamda ularni bashoratlash baholanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir sensonevral eshitish zaifligining qon tomir va infekison genezli turlarining genetik tahlil natijalari ko‘rsatkichlari tahlil qilindi hamda o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi qon tomir va infekison genezli turlarining turli shakllarini genetik xususiyatlarini inobatga olib kasallikni erta aniqlash orqali samaradorlikka erishildi. Xulosa: o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi qon tomir va infekison genezli turlarining o‘z vaqtida aniqlash 28% byudjet mablag‘larini tejash imkonini bermoqda;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi qon tomir va infekison genezli turlarida immunoferment tahlila natijalari asosida kasallikni klinik kechishi va davolash jarayonida qiyosiy ko‘rsatkichlari aniqlangan. Natijalar Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 2024 yil 05 martdagi 35-sonli buyrug‘i asosida mazkur shifoxonaning amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: kasallik rivojlanishida hamda uni davolash jarayonida qiyosiy ko‘rsatkichlari inobatga olgan holda tashxislash amalga oshirildi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi qon tomir va infekison genezli turlarida immunoferment ko‘rsatkichlari (sitokinlar) kasalikni kechishiga va davolash jarayoniga ta’sir qiluvchi asosiy sabablardan biri bo‘lganligi sababli qiyosiy ko‘rsatkichlari baholandi. Xulosa: o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi qon tomir va infekison genezli turlarida immunoferment tahlil natijalari qiyosiy ko‘rsatkichlari kasallikni kechishi hamda uni davolash jarayonida ahamiyati yuqoriligi sababli amaliyotga joriy qilinishi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini 24%ga kamaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi bo‘lgan bemorlarni klinik kechishi va davolash samaradorligiga bevosita ta’sir qiluvchi omillar (bemor murojat kuni, qondagi sitokin miqdori) ustunlik qilishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 20 sentyabrdagi 7-sonli buyrug‘i asosida mazkur klinika amaliyotiga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi bo‘lgan bemorlarda bemorlarni murojat kuni va immunoferment tekshirish natijalari asosida tashxislashni to‘g‘ri baholashga hamda davolash samaradorligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni klinik kechishi va davolash samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish asosida 31%ga iqtisod qilindi. Xulosa: o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi bo‘lgan bemorlarni davolashda to‘g‘ri taktikasi davlat byudjeti mablag‘lariga sarflanishini kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi og‘irlik darajasiga ko‘ra davolash muolajalarini olib borish uning samaradorligini 38%ga oshishi aniqlangan. Natijalar Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 2024 yil 05 martdagi 35-sonli buyrug‘i asosida mazkur shifoxona amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi og‘irlik darajasiga ko‘ra davolash muolajalarini o‘tkazish samaradorligi baholangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni tashxislash hamda davolash samaradorligi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini 36%ni tejash imkonini berdi. Xulosa: Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik mazkur kasallikni tashxislash hamda davolash samaradorligi davlat byudjetidan xarajatlar miqdorini 29,7%ni tejash imkonini berdi.