Yakubov Ravshan Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imining ikkilamchi deformatsiyalovchi osteoartrozli bolalardagi LOR a’zolari kasalligida gipoksiyaning kompleks diagnostikasi» 14.00.04 – Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2387.
Ilmiy rahbar: Shayxova Xalida Erkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019. Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ryazansev Sergey Valentinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Maxkamova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat shifokorlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imining ikkilamchi deformatsiyalovchi osteoartrozli bolalarda LOR-a’zolari xastaliklaridagi gipoksiyani kompleks diagnostikasi usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imining ikkilamchi deformatsiyalovchi osteoartrozli (ChPJB IDO) bolalarda tashqi nafas hamda burun, og‘iz bo‘shlig‘i, ichaklarda mikrobiotsenoz buzilishlariga, ishonchli ravishda (r<0,05) patogen mikrofloraning ko‘payishiga sababchi LOR-a’zolari struktur-funksional buzilishlari (burun to‘sig‘ining qiyshayishi, burun chig‘anoqlarining va burun-xalqum murtagining kattalashishi) aniqlangan.
yoshga bog‘liq jihatda nafas yo‘llarining maxalliy obstruktiv omillari, ya’ni burun-xalqum va og‘iz-xalqum soxalarining torayishi, yaqqol rivojlangan retromikrogeniya, shuningdek, to‘qima gipoksiyasiga sababchi umumiy omillar, xususan, qonda gemoglobin, eritrotsitlar miqdorining kamayishi hamda HIF-1α, laktat, LDG miqdorining oshishi to‘qima metabolizmining buzilishiga va yallig‘lanish jarayonining kuchayishiga olib kelishi aniqlangan.
ChPJB IDO li bolalarda LOR-a’zolari kasalliklari, tashqi nafas funksiyasi ko‘rsatkichlari o‘zgarishi hamda tana massa indeksining kamayishi (r<0,05) orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi aniqlangan.
ilk bor ChPJB IDO li bolalarda davolash va reabilitatsiya taktikasini tanlashda tashqi nafas funksiyasining buzilishi bilan gipoksiya rivojlanishiga olib keluvchi LOR-a’zolari kasalliklarini kompleks tashxislashning integratsiyalangan algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/36-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imining ikkilamchi deformatsiyalovchi osteoartrozli (ChPJB IDO) bolalarda tashqi nafas hamda burun, og‘iz bo‘shlig‘i, ichaklarda mikrobiotsenoz buzilishlariga, ishonchli ravishda (r<0,05) patogen mikrofloraning ko‘payishiga sababchi LOR-a’zolari struktur-funksional buzilishlari (burun to‘sig‘ining qiyshayishi, burun chig‘anoqlarining va burun-xalqum murtagining kattalashishi) aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga (2024 yil 5 sentyabrdagi №154-sonli buyrug‘i) va Buxoro viloyat ixtisoslashgan stomatologiya bolalar markazi amaliyotiga (2024 yil 21 sentyabrdagi №35-i/ch sonli buyrug‘i) joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorli: ChPJB IDO li bolalarda burun to‘sig‘i deformatsiyalarini, burun chig‘anoklarining kattalashishini va burun-xalqum murtagining kattalashishini erta aniqlanishi, qo‘shimcha kompleks tekshiruvlarini o‘tkazish va somatik patologiyani davolash uchun muhim mezon hisoblanadi, bu esa asoratlarning rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytirib, bolalarning hayot sifatini yaxshilashga yordam berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ChPJB IDO li bolalarda nafas olish buzilishi bilan kechadigan LOR a’zolari kasalliklarini erta aniqlash operatsiya vaktidagi va undan keyingi asoratlarning profilaktikasiga yordam beradi, bu esa statsionarda bo‘lish muddatini qisqartirish va davlat mablag‘lari ortiqcha xarajatlarini 1288506 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: ChPJB IDO li bolalarda nafas olish buzilishi bilan kechadigan LOR-a’zolari kasalliklarini erta aniqlash, endogen gipoksiya omillarining bola organizmiga salbiy ta’sirini oldini olishga va jarroxlik amaliyotidan keyingi davrda jaroxatni bitish jarayonlarini kechishini yaxshilashga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yoshga bog‘liq jihatda nafas yo‘llarining maxalliy obstruktiv omillari, ya’ni burun-xalqum, og‘iz-xalqum soxalarining torishishi, yaqqol rivojlangan retromikrogeniya, shuningdek, tukima gipoksiyasiga sababchi umumiy omillar, xususan, konda gemoglobin, eritrotsitlar miqdorining kamayishi hamda HIF-1α, laktat, LDG miqdorining oshishi to‘qima metabolizmining buzilishiga va yallig‘lanish jarayonining kuchayishiga olib kelishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga (2024 yil 5 sentyabrdagi №154-sonli buyrug‘i) va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli bolalar markazining amaliyotiga (2024 yil 24 sentyabrdagi №102-sonli buyrug‘i) joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ChPJB IDO li bolalarda gipoksiya holatiga olib keladigan yuqori nafas yo‘llarining xalqum soxasi struktur-funksional buzilishlarni aniqlash, davolash va profilaktika bosqichlarida samarali kompleks yondoshuvni tanlash imkonini beradi, shuningdek, operatsiyadan keyingi qayta operatsiyalar xavfini kamaytirib, nogironlik muddatini qisqarishiga olib keladi, bu esa ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yuqori nafas yo‘llarining xalqum soxasi struktur-funksional buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash yallig‘lanish jarayonlarining davomiyligini qisqartirishiga, qo‘shimcha operatsiyalar, residivlar va asoratlarni kamaytirishga, shuningdek, statsionar davolash muddatini ikki baravar qisqartirishga yordam berdi. Xulosa: nafas olish buzilishi bilan kechadigan LOR-a’zolari kasalliklarini erta aniqlash ChPJB IDO li bolalarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan somatik kasalliklar uchrash chastotasini kamaytiradi, shuningdek, asoratlarni va statsionar davolanish muddatini 2 barobarga qisqartirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ChPJB IDO li bolalarda LOR-a’zolari kasalliklari, tashqi nafas funksiyasi ko‘rsatkichlari o‘zgarishi hamda tana massa indeksining kamayishi (r<0,05) orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga (2024 yil 5 sentyabrdagi №154-sonli buyrug‘i) hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli bolalar markazining amaliyotiga (2024 yil 24 sentyabrdagi №102-sonli buyrug‘i) joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ChPJB IDO li bolalarda yuqori nafas yo‘llarining nafas olish buzilishlari bilan kechadigan LOR-a’zolaridagi o‘zgarishlarni aniqlanishi, pastki nafas yo‘llaridagi kasalliklarni hamda somatik o‘zgarishlarni tashxislash zarurligini ko‘rsatdi, bu esa bolalarning nafaqat jismoniy, balki ijtimoiy holatini yaxshilashga qaratilgan davolash-profilaktika tadbirlarini rejalashtirishga yordam berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mazkur toifadagi bolalar tibbiy va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lib, uzoq muddatli reabilitatsiyani talab etadi, shuning uchun pastki nafas yo‘llaridagi va jismoniy rivojlanishdagi yashirin o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash asoratlar, yallig‘lanish jarayonlarining kaytalanishlarini va kontrakturalarning rivojlanishini, shuningdek, qayta jarroxlik amaliyotlarini zaruratini kamaytirish imkonini berdi. Bu davlat byudjetining xarajatlarini optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 3978506 so‘mni tejalishini ta’minladi. Xulosa: yuqori nafas yo‘llarini respirator buzilishlar bilan namoyon bo‘ladigan LOR-a’zolaridagi o‘zgarishlarni erta tashxislash, jismoniy rivojlanishni ortda qolishiga va tashqi nafasni buzilishiga olib keluvchi pastki nafas yo‘llarining kasalliklarini va somatik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlashga imkon beradi. Nafas olish funksiyasining zaiflashishi tez-tez qaytalanish va asoratlarga sabab bo‘ladi, bu esa ushbu toifadagi bolalar uchun fanlararo yondashuv bilan diagnostika, profilaktika va davolashning integratsiyalashgan algoritmini ishlab chiqish zaruriyatini ta’kidlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor ChPJB IDO li bolalarda davolash va reabilitatsiya taktikasini tanlashda tashqi nafas funksiyasining buzilishi bilan gipoksiya rivojlanishiga olib keluvchi LOR-a’zolari kasalliklarini kompleks tashxislashning integratsiyalangan algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi amaliyotiga (2024 yil 5 sentyabrdagi №154-sonli buyrug‘i) va Buxoro viloyat ixtisoslashgan stomatologiya bolalar markazi amaliyotiga (2024 yil 21 sentyabrdagi №35-i/ch sonli buyrug‘i) joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan integratsiyalashgan algoritm, tashqi nafas buzilishining erta belgilarini kompleks tashxislash bosqichlarini o‘z ichiga oldi, bu nafaqat LOR-a’zolarining surunkali kasalliklarini, balki bemorning umumiy holatiga ta’sir qiluvchi gipoksiyaning boshqa omillarini ham hisobga oldi. Bu asoratlarning erta prognozlash va profilaktikasiga, operatsiyaga tayyorgarlikni rejalashtirishga, yoshga bog‘liq rivojlanish dinamikasini monitoring qilishga, shuningdek, ChPJB IDO li bolalarning psixo-emotsional xolatini va hayot sifatini yaxshilashga yordam berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan algoritmga asoslangan kompleks tashxislashni olib borish turli xil asoratlarning oldini olishga, qo‘shimcha operatsiyalar uchun ko‘rsatmalarni qisqartirishga, bolalarning statsionarda bo‘lishini, reabilitatsiya muddatini va nogironlik sabablarini kamaytirishga yordam berdi. Bu bir bemorni davolash xarajatlarini 3978506 so‘mga kamaytirishga olib keldi. Xulosa: ChPJB IDO li bolalarning kompleks diagnostikasi uchun ishlab chiqilgan algoritm tashqi nafas buzilishining sabablari va dastlabki belgilarini aniqlashga, oqilona asoslangan davolash taktikasini tanlashga, turli xil asoratlarni rivojlanishini oldini olish, takroriy jarroxlik aralashuvlar sonini kamaytirish va bemorlarning kasalxonada qolish muddatini qisqartirishga, nogironlik sababi va davomiyligini qisqartirishga yordam beradi. Bu bir bemorning davolanishiga 3978506 so‘m tejash imkonini beradi.