Kulmuratov Nurillo Raximovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p qatlamli qovushoq-elastik, suyuqlikli silindrik va toroidal qobiqlar tebranishlari muammosining ilmiy asoslari (Nauchnie osnovi problemi kolebaniy mnogosloynix vyazkouprugix, jidkostnix silindricheskix i toroidal`nix obolochek)”, 01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi va 01.02.01 - Nazariy mexanika (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T468
Ilmiy maslahatchilar: Usmonov Botir Shukurillaevich, texnika fanlari doktori, professor. Teshaev Muxsin Xudoyberdievich, fizika-matematika fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash asosida tashkil qilingan bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar:Mardonov Botir Mardonovich fizika-matematika fanlari doktori, professor, Ismayilov Kubaymurat texnika fanlari doktori, professor, Dusmatov Olimjon Musurmonovich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat texnika universiteti tavsiya etilsin
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi – elastik muhit bilan kontaktda bo‘lgan suyuqlikli ko‘p qatlamli qovushqoq silindrik va toroidal qobiqlarga dinamik yuklanishlar ta'sirida paydo bo‘ladigan tebranishlarni hamda harakat turg'unligini optimal boshqarish va dinamik kuchlanganlik deformatsiyalanganlik holatini ilmiy tadqiqot olib borishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p qatlamli qovushqoq-elastik, suyuqlikli silindrik va toroidal qobiqlar tebranishlarini boshqarish masalasining matematik qo‘yilishi, echish uslubiyoti va algoritmi ko‘p qatlamli qobiqlar tebranishlarining integro-differensial tenglamalari (Lame va Lagranj tenglamalari) ga asoslanib ishlab chiqilgan;
garmonik va nostatsionar yuklanishlar ta’sirida kompozit, suyuqlikli silindrik va toroidal qobiqlar tebranishlarining turg‘unligi hamda dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini ifodalovchi munosobatlar topilgan;
yupqa devorli quvurlar va servobog‘lanishli mexanik sistemalar nazariyalari asosida gidrodinamik bosimning yupqa devorli quvurning xususiy chastota va (AChX) amplituda-chastota xarakteristikalariga ta’siri orqali energiyani boshqarish uslulari ishlab chiqilgan;
parametrlarni tanlash hisobiga elastik muhitda joylashgan kompozit silindrik va toroidal deformatsiyalanuvchi qobiqlarni servo-bog'lanishlar yordamida barqaror holatini ta’minlash va ularning ta’sirini boshqarish usuli ishlab chiqilgan;
tebranishlarni passiv va aktiv so‘ndirish nazariyalari asosida silindrik va toroidal qobiqlar tebranishlarining dinamik turg‘unligini ta’minlash (aktiv va passiv) masalasini echish metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan;
sonli eksperiment natijalarining tahlili asosida faza tezligining qiymati to‘ldiruvchisi bo‘lmagan qobiqqa nisbatan to‘ldiruvchili qobiqda 10-15% gacha yuqori bo‘lishi, faza tezligining egrilik radusiga hamda, chastotasiga bog‘liq bo‘lgan kritik qiymati aniqlangan, chastotaning yutilish sohalari topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ko‘p qatlamli qovushqoq-elastik suyuqlikli silindrik va toroidal qobiqlar tebranishlari muammosining ilmiy asoslari” mavzusida ishlab chiqilgan usullar va hisoblash algoritmlari asosida:
er osti qobiq va inshootlarini konstruksiyalarga garmonik va nostatsionar (portlash va seysmik) yuklanishlar ta’sirida hosil bo‘ladigan kuchlanganlik-deformatsiyalangan holatlarini baholashda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi korxonalarida foydalanilgan (NKMK Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasining 2023-yil 18-sentyabrdagi №25.01-01-11/1634-son dalolatnomasi hamda NKMKning 2023-yil 28-sentyabrdagi №23/01-01-07/467- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab-chiqarish obektlarida qisqa to‘lqinlar sohasida er osti inshootlarlarning xususiy va majburiy tebranish chastotalarini 18% ga kamaytirishga erishilganligidan ularning mustahkamligi 20% ga oshirish imkonini bergan;
qovushqoq-elastik gruntli muhitida joylashgan bino-inshootlar hamda er osti va ustki yo‘llarini loyihalashda “NAVOIY BINOKOR LOYIHA” MChJ, “Navoiy Grand Project” MChJ larda foydalanilgan (“NAVOIY BINOKOR LOYIHA” MChJ 2024-yil 17-yanvar 104/03 sonli, “Navoiy Grand Project” MChJ 2024-yil 10-yanvardagi dalolatnomalari va Navoiy viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasining 2024-yil 01-fevralidagi № 01-11/75 son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-yanvardagi №08-06/2599-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, seysmik va portlash to‘lqinlari ta’sirida bo‘lgan inshootlarning mustahkamligi baholangan;
ishlab chiqilgan usullardan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit qobiqlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalangan holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi (2019-2020-yy.) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihada foydalanilgan (Toshkent kimyo-texnolgiya institutining 2024-yil 28-martdagi dalolatnomasi va 2024-yil 02 apreldagiI № 1/01-88 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, garmonik va noturg‘un yuklanishlar ta’siridagi qovushqoq- elastik muhitda joylashgan silindrik va toroidal qobiqlarning turg‘unligini baholash, sonli echish usulini ishlab chiqish va solishtirma baho berish imkonini bergan;
F4-14 raqamli “Suyuqlik oquvchi er osti egri chiziqli qobiqning tashqi kuchlari ta’siridagi kuchlanganlik-deformatsiyalangan holatini tadqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va hisoblash usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi (2012-2016-yy.) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihada seysmik va portlash to‘lqinlari ta’sirida qovushqoq elastik gruntli muhitda joylashgan, er osti egri chiziqli quvurlarning turg‘unligini baholashda, sonli echish usulini ishlab chiqish va solishtirma baho berish uchun foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnolgiya institutining 2024-yil 31-yanvargi dalolatnomasi va 2024-yil 02 fevraldagiI № 1-1-1-2-370 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu ko‘p qatlamli qovushqoq-elastik silindrik va toroidal qobiqlarda kuchlanish va deformatsiya holatining har bir nuqtadagi taqsimotini aniqlash va baholash imkonini bergan.