Otaeva Salamat Sabirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish metodikasi” (Pedagogik mahorat fanini o‘qitish misolida) 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Ped7505
Ilmiy rahbar: Quchqorova Nargiza Mamajonovna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti PhD.03/29.12.2022.Ped.l32.02
Rasmiy opponentlar:
Safarova Roxat Gaybullaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universeteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Pedagogik mahorat fanini o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish metodikasiga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga tayyorlashning umumiy tendensiyalari, pedagogik kategoriyalari va tamoyillari shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvga asoslangan mashg‘ulotlarning intensivligini ta’minlashga qaratilgan motivatsion, kognitiv, riskologik, ilmiy tadqiqotga yo‘naltirilgan faoliyatini identivligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim orqali talabalarni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirishning motivlari, faoliyatga doir tashkiliy – pedagogik strategik maqsadlariga muvofiq ijodiy, innovatsion – refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishning dinamik ketma – ketligi ilmiy loyiha va grantlar, milliy va xalqaro platformalardan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
parsial dastur asosida talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirishning interfaol metodlari, grafik organayzerlarni o‘zgarishlar kontekstida yaratilgan empirik va nazariy shart-sharoitlarning ierarxik darajasi ta’lim uzviyligini individuallashtirish, tabaqalashtirish hamda talaba ichki ehtiyojlarini hisobga oluvchi tamoyillarni tizimli, shaxsiy faoliyatga yo‘naltirilgan, kompetentli yondashuvlarga ustuvorlik berish, funksional jarayonli blokni ijod tafakkur diagrammasini belgilash asosida takomillashtirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari talabalarning rivojlanish vektorini integral tizimlari ilmiy tadqiqot sifat parametrlarini tavsiflashga imkon beradigan ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy tavsiyalar asosida:
talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga tayyorlashning umumiy tendensiyalari, pedagogik kategoriyalari va tamoyillari shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvga asoslangan mashg‘ulotlarning intensivligini ta’minlashga qaratilgan motivatsion, kognitiv, riskologik, ilmiy tadqiqotga yo‘naltirilgan faoliyatini identivligini hisobga olish hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim orqali talabalarni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirishning motivlari, faoliyatga doir tashkiliy – pedagogik strategik maqsadlariga muvofiq ijodiy, innovatsion – refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishning dinamik ketma – ketligi ilmiy loyiha va grantlar, milliy va xalqaro platformalardan foydalanishga oid ma’lumotlar Pedagogik mahorat nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan ro‘yxatga olingan 537-233 raqamli nashr ruxsatnomasi) Natijada, Pedagogik mahorat fanini o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvga asosan talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
parsial dastur asosida talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirishning interfaol metodlari, grafik organayzerlarni o‘zgarishlar kontekstida yaratilgan empirik va nazariy shart-sharoitlarning ierarxik darajasi talim uzviyligini individuallashtirish, tabaqalashtirish hamda talaba ichki ehtiyojlarini hisobga oluvchi tamoyillarni tizimli, shaxsiy faoliyatga yo‘naltirilgan, kompetentli yondashuvlarga ustuvorlik berish, funksional jarayonli blokni ijod tafakkur diagrammasini belgilashga doir ma’lumotlar “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-0292 son guvohnomasi) Natijada, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari talabalarning rivojlanish vektorini integral tizimlari ilmiy tadqiqot sifat parametrlarini tavsiflashga imkon beradigan ko‘rsatkichlarni aniqlashga oid ma’lumotlar Pedagogik mahorat nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan ro‘yxatga olingan 537-233 raqamli nashr ruxsatnomasi) Natijada, Pedagogik mahorat fanini o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvga asosan talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish samaradorligi ortgan.