Bekmirzaeva Lola Raxmatullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy adabiyotda hayvonot olami mavzusi va ijtimoiy muammolar talqini (Ch.Aytmatovning “Qiyomat” va Sh.Bo‘taevning “Qo‘rg‘onlangan oy” romanlari qiyosiy tahlili misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil1849
Ilmiy rahbar: Pardaeva Iroda Mamayunusovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Umurova Go‘zal Xotamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Boboxonov Mavlon Rahmatillaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ch. Aytmatov va Sh. Bo‘taevning ijtimoiy borliq muammolariga bo‘lgan g‘oyaviy-badiiy qarashlarini aniqlash va tizimlashtirish, shuningdek, ular asarlarida hayvonot dunyosi mavzusining tutgan o‘rnini tahlil etish, Ch. Aytmatovning «Qiyomat» hamda Sh. Bo‘taevning «Qo‘rg‘onlangan oy» romanlari asosida ijtimoiy muammolarning badiiy adabiyotda qanday talqin etilishini qiyosiy tahlil asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Qiyomat” va “Qo‘rg‘onlangan oy” asarlarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida ularning shaxs ma’naviy olamini takomillashtirish jarayoni bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
zamonaviy qirg‘iz va o‘zbek nasrida ijtimoiy-falsafiy romanning nazariy jihatlari asoslangan, syujet va uslub xususiyatlari, mualliflar estetikasi, shuningdek, tarixiy-ijtimoiy omillarning asarlarning badiiy konsepsiyasiga ta’siri ochib berilgan;
milliy an’analar, axloqiy qarashlar va badiiy obrazlar evolyusiyasini chuqur o‘rganish natijasida mustaqillik davri romannavislari ijodida modern va postmodern unsurlarining o‘rni aniqlangan;
roman qahramonlarining axloqiy-ma’naviy mezonlari kengayib borayotgani, ularning ijtimoiy-axloqiy va estetik qarashlari milliy an’analar bilan chambarchas bog‘liq holda shakllanishi ilmiy asosda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy adabiyotda hayvonot dunyosi mavzusini tadqiq qilish va ijtimoiy muammolarni talqin qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar quyidagicha amaliyotga joriy etilgan:
“Qiyomat” va “Qo‘rg‘onlangan oy” asarlari misolida inson va tabiat munosabatlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili amalga oshirilib, ekogumanizm jarayoni shaxs ma’naviyatini takomillashtirish bilan uzviy bog‘liq ekanligi aniqlanganiga doir dissertatsiya xulosalari Samarqand davlat chet tillar institutida 2022 2024 yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan «English Access Microscholarship Program» nomli loyiha doirasida tadbiq etilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 7-dekabrdagi 2697/02-son ma’lumotnomasi). Natijada foydalanilgan materiallar tahlil qilinayotgan romanlardagi animalistik personajlar ko‘pincha odamlarning o‘zlariga qaraganda ko‘proq insoniy xususiyatlarga ega ekanligini ochib bergan, bu esa ularning asarlarning badiiy tuzilishida muhim rol o‘ynashini tasdiqlaydi;
zamonaviy qirg‘iz va o‘zbek nasridagi ijtimoiy-falsafiy romanlarning nazariy masalalari, syujet va uslub xususiyatlari, mualliflar estetikasi hamda tarixiy ijtimoiy omillarning asarlar badiiy konsepsiyasiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab berilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 14-dekabrdagi 2764/02-son ma’lumotnomasi). Natijada Chingiz Aytmatov va Shoyim Bo‘taev o‘z romanlarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatni badiiy-falsafiy saviyada idrok eta olganliklari, yozuvchilarning ekogumanizm g‘oyalarini targ‘ib qilish uchun zamin yaratilgan;
mustaqillik davri adabiyotida milliy an’analar, axloqiy qarashlar va badiiy obrazlar evolyusiyasi chuqur tahlil qilinib, romannavislar ijodidagi modern va postmodern elementlarining o‘rni aniqlanganiga doir xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi qoshidagi «Sadoqat» ijodiy to‘garagi tomonidan o‘tkazilgan seminarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 27 iyuldagi 38 son ma’lumotnomasi). Natijada, adiblarning inson va tabiat tushunchasining obrazli ko‘rinishi bo‘lgan adabiy-estetik qarashlari keng kitobxonlar e’tiboriga etkazilgan;
roman qahramonlarining axloqiy-ma’naviy ko‘lami, ijtimoiy-ma’naviy va estetik qarashlari kengayib, milliy an’analar bilan bog‘liqlikda shakllangani isbotlanganiga oid xulosalaridan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ_800_21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 14-dekabrdagi 04/3755-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni Chingiz Aytmatov va Shoyim Bo‘taev ijodidagi badiiy nutq, individual uslub va qahramon xarakteriga oid materiallar bilan boyitilishiga erishilgan.