Madraximova Inobat Bahodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Yangi o‘zbek she’riyatida kuz obrazining poetik talqini (Usmon Azim, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Xosiyat Rustamova ijodi misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam:B.2025.1.PhD./3069
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shahlo Isamiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Soatova Nodira Isomitdinovna filologiya fanlari doktori, professor, Ravshanova Gulruxbegim Qahramon qizi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi o‘zbek she’riyatida kuz obrazining poetik talqin etish tamoyillarini aniqlash hamda Rauf Parfi, Usmon Azim, Shavkat Rahmon va Xosiyat Rustamova ijodida mazkur obrazning estetik funksiyasi, uslubiy-shakliy izlanishlari va konseptual ifoda modellarini tizimli asosda tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lirik badiiy tafakkurda borliqning aks etish genezisi, uning poetik talqindagi shakllanish bosqichlari hamda obraz yaratish vositalarining transformatsion imkoniyatlari aniqlanib, ma’rifatparvarlikdan modernizmga tomon siljish jarayoni yoritilgan;
lirik “men” zamirida kuz obrazining g‘oya va kechinmalar bilan uyg‘unlashuvi, ularning kompozision tuzilmadagi tutgan o‘rni aniqlanib, bu jihatlar shoirlardagi individual tuyg‘ular ifodasi orqali mumtoz poetik an’analarning zamonaviy davrdagi estetik davomiyligi sifatida asoslangan;
barmoq va erkin vaznli she’rlar doirasida kuz obraziga oid badiiy ifoda vositalari, ularning g‘oyaviy-falsafiy ko‘lami, mazmun shakllanishi, shuningdek, badiiy-psixologik olam tasvirining shartlilik darajasi aniqlanib, poetik tafakkur orqali inson ongini yuksaltirishdagi adabiy funksiyasi dalillangan;
badiiy xronotop poetikasiga xos “she’r-zamon”, “she’r-makon” va “kuz-vaqt” kabi tushunchalarning o‘zaro uyg‘unligi va semantik munosabatlari, XX asr boshlaridagi jadidiy poeziya ruhi yangi o‘zbek she’riyatida qanday shaklda aks etgani va ularning poetik ifoda vositalari orqali qanday namoyon bo‘layotgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi o‘zbek she’riyatida kuz obrazining poetik talqinini aniqlashtirish borasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
lirik badiiy tafakkurda borliqning aks etish genezisi, uning poetik talqindagi shakllanish bosqichlari hamda obraz yaratish vositalarining transformatsion imkoniyatlari aniqlanib, ma’rifatparvarlikdan modernizmga tomon siljish jarayoni haqida chiqarilgan xulosalardan “Bolalar adabiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-buyrug‘i, 218-341-son nashr ruxsatnomasi). Natijada ushbu qo‘llanmaning yangi manbalar, dalillar bilan boyitilishiga erishilgan;
lirik “men” zamirida kuz obrazining g‘oya va kechinmalar bilan uyg‘unlashuvi, ularning kompozision tuzilmadagi tutgan o‘rni aniqlanib, bu jihatlar shoirlardagi individual tuyg‘ular ifodasi orqali mumtoz poetik an’analarning zamonaviy davrdagi estetik davomiyligi sifatida asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan Erasmus+ dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP ERASMUS+ CBHE IMEP “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xalqaro ilmiy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 3-martdagi 613/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning yangi manbalar, ma’lumotlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
barmoq va erkin vaznli she’rlar doirasida kuz obraziga oid badiiy ifoda vositalari, ularning g‘oyaviy-falsafiy ko‘lami, mazmun shakllanishi, shuningdek, badiiy-psixologik olam tasvirining shartlilik darajasi aniqlanib, poetik tafakkur orqali inson ongini yuksaltirishdagi adabiy funksiyasi to‘g‘risidagi xulosalardan “Bolalar adabiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-buyrug‘i, 218-341-son nashr ruxsatnomasi). Natijada qo‘llanmaning yangi tahlillar, o‘zbek adabiyoti haqidagi manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
badiiy xronotop poetikasiga xos “she’r-zamon”, “she’r-makon” va “kuz-vaqt” kabi tushunchalarning o‘zaro uyg‘unligi va semantik munosabatlari, XX asr boshlaridagi jadidiy poeziya ruhi yangi o‘zbek she’riyatida qanday shaklda aks etgani va ularning poetik ifoda vositalari orqali qanday namoyon bo‘lishi haqidagi xulosalardan 2022-2024 yillarda AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan va Toshkentdagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi hamkorligida amalga oshirilgan English Access Microscholarship Program doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 3-martdagi 616/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyati shakllanishiga, ularning badiiy-estetik tafakkur va dunyoqarashining kengayishiga erishilgan.