Suleymanova Sevara Abdumalikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Hozirgi o‘zbek nasrida badiiy psixologizm: uslub va janr uyg‘unligi (Luqmon Bo‘rixon qissalari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam:B.2025.1.PhD/3068
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shahlo Isamiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Yulduz Akulovna filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Davronova Shohsanam G‘aybullaevna filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek nasrida badiiy psixologizmning namoyon bo‘lish xususiyatlarini yozuvchi Luqmon Bo‘rixon ijodi misolida uslub va janr uyg‘unligi, badiiy mahorat, individual ijodiy konsepsiya hamda psixologik talqinning o‘ziga xos qirralarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hozirgi o‘zbek adabiyotida badiiy psixologizmning janr va uslub uyg‘unligi masalasi Luqmon Bo‘rixon ijodi misolida tizimli ravishda ochib berilgan;
adib qissalaridagi ruhiy tahlil va biografik elementlarning A.Kamyu, F.Kafka an’analaridagi poetik unsurlar bilan bog‘liqligi ilk bor qiyosiy talqin asosida asoslangan;
badiiy xronotop poetikasi bilan psixologizm o‘rtasidagi uyg‘unlik, syujetning takomillashuv jarayoni va xronotop shakllarining namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlangan;
Luqmon Bo‘rixon qalamiga xos tanqidiy-realistik yo‘nalish va uning badiiy tafakkurida kinoyayviy-idrok uslubning shakllanish bosqichlari sifatida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o‘zbek nasrida badiiy psixologizmning janr va uslub uyg‘unligi doirasida tadqiq asosida:
hozirgi o‘zbek adabiyotida badiiy psixologizmning janr va uslub uyg‘unligi masalasi Luqmon Bo‘rixon ijodi misolida tizimli ravishda ochib berilganligi borasidagi xulosalari “Deskaya literatura” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-buyrug‘iga muvofiq 232-409-son nashr ruxsatnomasi). Natijada ushbu qo‘llanmaning yangi ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan.
adib qissalaridagi ruhiy tahlil va biografik elementlarning A.Kamyu, F.Kafka an’analaridagi poetik unsurlar bilan bog‘liqligi ilk bor qiyosiy talqin asosida chiqarilgan xulosalaridan Erasmus+ dasturining 561624-EPP-1-2015-UKEPPKA2-CBHE-SP–IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash va xalqaro integratsiyasini rivojlantirish” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 3-martdagi 615/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha asosida nashr qilingan ishlarning mazmuniy mundarijasi xizmat qilgan.
badiiy xronotop poetikasi bilan psixologizm o‘rtasidagi uyg‘unlik, syujetning takomillashuv jarayoni va xronotop shakllarining namoyon bo‘lishi haqidagi xulosalardan “Deskaya literatura” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-buyrug‘iga muvofiq 232-409-son nashr ruxsatnomasi). Natijada qo‘llanmaning yangi manbalar, dalillar bilan boyitilishiga erishilgan.
Luqmon Bo‘rixon qalamiga xos tanqidiy-realistik yo‘nalish va uning badiiy tafakkurida kinoyayviy-idrok uslubning shakllanish bosqichlari to‘g‘risidagi xulosalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022–2024-yillarda AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 3-martdagi 614/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning didaktik mazmuni badiiy psixologizm, muallif konsepsiyasi va uning nazmiy tafakkurdagi aksini yorituvchi g‘oyalar bilan boyitilgan.