Saidova Moxinur Murodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida  o‘quvchilarga ikkinchi xorijiy tilni o‘qitish metodikasini takomillashtirish (koreys tili misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy til) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4. PhD/Ped.8770. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.09 raqamli kengash 
Rasmiy opponentlar: Samieva Shaxnoz Hikmatovna, pedagogika fanlari doktori,  (DSc), Abbasova Dilfuza Karimbekovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Integrativ yondashuv asosida  o‘quvchilarga koreys tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarga koreys tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitish mazmuni dars  mashg‘ulotlarining (kreativ, kognitiv) maqsadini belgilashga yo‘naltirilgan “ijtimoiy agent” ijodiy topshiriqlarini qiyosiy tahlil qilish orqali  aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida koreys tilini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari verbal va noverbal muomala (salomlashish, murojaat qilish, xayrlashish) vaziyatlarida muloqot zamoni, joyi, muhiti, suhbatdoshning yoshi, mavqeyi, gender kabi ijtimoiy omillarning muhimligiga ko‘ra isbotlangan;
koreys tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasi o‘quvchilarda o‘zga xalqning milliy madaniyatini o‘rganishga yo‘naltirilgan (bayramlar, madaniyatga xos so‘zlar, iboralar, tarix) tadqiqotchilik ko‘nikmasiga egaligini baholovchi (bilim darajasini, ko‘nikma darajasini, ijodiy qobiliyatini) mezonlarni belgilash asosida takomillashtirilgan
integrativ ta’lim sharoitida koreys tilini o‘qitish modeli o‘quvchilarning nutqiy etiket darajasini (salomlashish,  xayrlashish,  rahmat  aytish, mimika,  jestlarni tushunish) urf-odat, madaniyat va milliy-me’yoriy mezonlarni belgilash hamda NEBning qo‘llanish chastotasiga (o‘quv jarayonining samaradorligi va  o‘quvchining  progressini  kuzatib  borish) ko‘ra loyihalash (tashxislash, loyihalash, amaliy, tahlil) asosida takomillashtirilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida  o‘quvchilarga koreys tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarga koreys tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitish mazmuni dars  mashg‘ulotlarining (kreativ, motivatsion, kognetiv) maqsadini belgilashga yo‘naltirilgan “ijtimoiy agent” ijodiy topshiriqlarini qiyosiy tahlil qilish orqali  aniqlashtirilgan tadqiqot natijalari 2023-2024-o‘quv yilida “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 7-sinfi uchun ikkinchi xorijiy til - koreys tili - fani o‘quv dasturi”ni yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Maktabgacha va Maktab ta’lim vazirligining 2024-yil 18-iyuldagi №2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari koreys tili darslarining mazmuni qayta takomillashtirilgan holda amaliyotga joriy etilgan.
integrativ yondashuv asosida koreys tilini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari verbal va noverbal muomala (salomlashish, murojaat qilish, xayrlashish) vaziyatlarida muloqot zamoni, joyi, muhiti, suhbatdoshning yoshi, mavqeyi, gender kabi ijtimoiy omillarning muhimligiga ko‘ra isbotlangan tavsiyalardan “Integrativ yondashuv asosida  o‘quvchilarga ikkinchi xorijiy tilni o‘qitish metodikasi (koreys tili misolida)” nomli o‘quv metodik qo‘llanma tayyorlangan. (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 14-yanvardagi 01-02/246-son dalolatnomasi).Natijada, maktablarda o‘qitiladigan koreys tili darslarining mazmunan boyishiga erishilgan.
koreys tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasi o‘quvchilarda o‘zga xalqning milliy madaniyatini o‘rganishga yo‘naltirilgan (bayramlar, madaniyatga xos so‘zlar, iboralar, tarix) tadqiqotchilik ko‘nikmasiga egaligini baholovchi (bilim darajasini, ko‘nikma darajasini, ijodiy qobiliyatini) mezonlarni belgilash asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan ikkinchi xorijiy til sifatida koreys tili o‘qitilayotgan maktablarda o‘quvchilarining koreys tilidan bilimlarini summativ baholash uchun nazorat ishlarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Maktabgacha va Maktab ta’lim vazirligining 2025-yil 27-yanvardagi №1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning koreys tilini bilish darajasini baholovchi nazorat ishlarining sifatini mazmunan oshirishga hamda o‘quvchilarning til bilish qobiliyatini integrativ yondashuv asosida baholashga erishilgan.
integrativ ta’lim sharoitida koreys tilini o‘qitish modeli o‘quvchilarning nutqiy etiket darajasini (salomlashish,  xayrlashish,  rahmat  aytish, mimika,  jestlarni tushunish) urf-odat, madaniyat va milliy-me’yoriy mezonlarni belgilash hamda NEBning qo‘llanish chastotasiga (o‘quv jarayonining samaradorligi va  o‘quvchining  progressini  kuzatib  borish) ko‘ra loyihalash (tashxislash, loyihalash, amaliy, tahlil) asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 7-sinfi uchun ikkinchi xorijiy til - koreys tili - fani o‘quv dasturi” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Maktabgacha va Maktab ta’lim vazirligining 2024-yil 18-iyuldagi №2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dastur mavzulariga mos tarzda o‘quvchilarning koreys tilidan egallagan bilim darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan nazorat ishlari xalqaro baholash dasturiga integratsiyalashgan holda tadbiq etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish