Bo‘ronov Nizomjon Sobirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Ijtimoiy soha obektlari loyihalarining arxitektura bo‘limini raqamlashtirishda BIM texnologiyalarini qo‘llash tamoyillari”, 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/A129. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy rahbar: Saidov Abdumalik Abdulhaqovich, arxitektura nomzodi, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, PhD.03/08.05.2024.A.11.02. 
Rasmiy opponentlar: Yunusov Shukrullo Xayrullaevich, arxitektura fanlari doktori, dotsent; Mansurov Yashnar Ma’rufovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyati.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy soha obektlarning arxitektura bo‘limini BIM texnologiyalarida loyihalash orqali aniqlik, vaqt va sifat jihatidan yuqori samaradorlikka erishishning asosiy tamoyillari va xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy soha obektlari arxitekturaviy loyihasini ishlab chiqishda aniqlik, sifat va vaqt samaradorligini ta’minlaydigan “Qurilish loyihalarini raqamlashtirishda BIM texnologiyalarini qo’llash tamoyillari” ikki bosqichda: 1-boshlang‘ich jarayon (Baholash, Strategiya, “Noto‘g‘ri BIM”, “Kutilmagan pasayish”, Minimal BIM) va 2-BIM jarayoni (yondashuv, ijtimoiylik, ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuv, “Yagona model”, “Tirik ma’lumotlar”) asosida ishlab chiqilgan;
ijtimoiy soha obektlari arxitekturaviy loyiha bo‘limini BIM texnologiyalari yordamida loyihalashda yuqori samaradorlikka erishishni ta’minlaydigan BIM axborot modelining 4 ta asosiy (loyihachilar hamkorligini ta’minlovchi, muvofiqlashtirilgan va bog‘langan, faqat parametrik modellardan foydalanilishi, parametrik 3D modellar va atributiv ma’lumotlar integratsiyasi) hamda 3 ta qo‘shimcha (mahalliy va xorijiy qurilish ashyolari modellari asosida shakllanishi, parametrik “model oilalari”ning ishonchliligi, barcha tarkibiy qismlar amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos bo‘lishi) xususiyatlari asoslab berilgan;
loyiha-smeta hujjatlarini BIM texnologiyalari yordamida ishlab chiqishda mavjud loyihalash topshirig‘iga qo‘shimcha ravishda  BIM loyihalashni qo‘llab quvvatlovchi “Qurilish obektining informatsion (BIM) modeliga qo‘yilgan talablar” hamda elementlarning turlari, shakllari, o‘lchamlari, birikmalar, fazodagi joylashuvi va yozma ma’lumotlarni aks ettiruvchi “LOD 400 loyiha talablari” yaratilgan;
loyiha tashkilotlari BIM texnologiyasini joriy etishga o‘tish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tashkilotning foydali ish koeffisienti pasayib ketishini oldini olishda tashkilotni BIM texnologiyalariga o‘ta olish imkoniyatlarini belgilab beradigan - loyiha tashkilotining reformatsiya salohiyati (LTRS) ni aniqlovchi metodologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ijtimoiy soha obektlari loyihalarining arxitektura  bo‘limini raqamlashtirishda BIM texnologiyalarini qo‘llash tamoyillari” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
loyiha-smeta hujjatlarini BIM texnologiyalari yordamida ishlab chiqishda mavjud loyihalash topshirig‘iga qo‘shimcha ravishda  BIM loyihalashni qo‘llab quvvatlovchi “Qurilish obektining informatsion (BIM) modeliga qo‘yilgan talablar” hamda elementlarning turlari, shakllari, o‘lchamlari, birikmalari, fazodagi joylashuvi va zaruriy yozma ma’lumotlarini to‘liq aks ettiruvchi “LOD 400 loyiha talablari” asoslangan takliflar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining loyihalash jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-fevraldagi 14-06/1170-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha manzilli rejaga tatbiq etilgan;
loyiha tashkilotlari loyihalashga BIM texnologiyasini joriy etish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan - tashkilotning foydali ish koeffisienti pasayib ketishini oldini olish maqsadida, tashkilotning BIM texnologiyalariga o‘ta olish imkoniyatlarini belgilab beradigan - loyiha tashkilotining reformatsiya salohiyati (LTRS) ni aniqlovchi metodologiya Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining loyihalash jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 12-dekabrdagi 14-06/12922-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublikada BIM texnologiyalarini loyihalash tashkilotlarida qo‘llash bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik va texnologik noqulayliklarni engillatish va BIM loyihalash bosqichlarini aniq belgilashga erishilgan;
loyihalash sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish maqsadida “BIM texnologiyalari asoslari” o‘quv qo‘llanmasi: ijtimoiy soha obektlari arxitekturaviy loyihasini ishlab chiqishda aniqlik, sifat va vaqt samaradorligini ta’minlaydigan “Qurilish loyihalarini raqamlashtirishda BIM texnologiyalarini qo’llash tamoyillari” ikki bosqichda: 1-boshlang‘ich jarayon va 2-BIM jarayoni asosida; ijtimoiy soha obektlari arxitekturaviy loyiha bo‘limini BIM texnologiyalari yordamida loyihalashda yuqori samaradorlikka erishishni ta’minlaydigan BIM axborot modelining 4 ta asosiy hamda 3 ta qo‘shimcha xususiyatlari bo‘yicha tayyorlangan takliflar “BIM texnologiyalari asoslari” nomli  o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i, 637042-son nashr guvohnomasi). Natijada, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bakalavr va magistratura ta’lim bosqichlarining o‘quv dasturlariga BIM texnologiyalarida loyihalash asoslari fani chuqurlashtirilgan tarzda joriy etishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish