Matyakubov Shavkat Batirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Maqom xonandaligida ustoz shogird an’analari», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/San.111.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Asliddin Nizamov, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Ergasheva Chinora Ergash qizi, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maqom xonandaligi ta’limida ustoz-shogird an’analarining ilmiy-nazariy, uslubiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maqom xonandaligiga oid ovozlar turiga qarab o‘ziga xos sadolantirishda xonandalar gulligi, binnigi, ishkami kabi usullarida pastki hamda yuqori rezonatorlarda kuylashganligi ochib berilgan;
maqom xonandaligida Buxoro maktabiga xos tenor ovoziga mos xalqumni to‘ldirib kuylashganligi, Xorazm uslubida rezonator sifatida tanglay va burun a’zolariga ovozni jaranglatib talaffuzga mos shakllantirilganligi, Farg‘ona-Toshkent maqom xonandaligida har bir so‘z ma’nosini etkazishda og‘izni katta ochib kuylashganligi isbotlangan;
Ota Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov, Hojixon Boltaev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Mamatbuva Sattorov, Jo‘raxon Sultonov, Orifxon Xotamov, Orif hoji Alimahsumov kabi san’atkorlarning ijro uslublari, maqom xonandaligining har bir vohaga xos kichik tovush sentlarini (balandligi) nimchorak pardalarni ishlatish holatiga ko‘ra maqom mikroxromatizm xususiyati aniqlangan;
ustoz-shogird an’analaridan foydalangan holda Munojat Yo‘lchieva shogirdlarni vohaga xos ijro uslubida shakllangan tembrini saqlagan holda tarbiyalashi, Mahmudjon Tojiboev har qanday uslubdagi shogirdlarni o‘z uslubiga moslashi, ovozni shakllantirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Maqom xonandaligida ustoz shogird an’analari” tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maqom xonandaligiga oid ovozlar turiga qarab o‘ziga xos sadolantirishda xonandalar gulligi, binnigi, ishkami kabi usullarida pastki hamda yuqori rezonatorlarda kuylashganligi hamda maqom xonandaligida Buxoro maktabiga xos tenor ovoziga mos xalqumni to‘ldirib kuylashganligi, Xorazm uslubida rezonator sifatida tanglay va burun a’zolariga ovozni jaranglatib talaffuzga mos shakllantirilganligi, Farg‘ona-Toshkent maqom xonandaligida har bir so‘z ma’nosini etkazishda og‘izni katta ochib kuylashganligiga oid xulosalar “O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi” faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining” 2021 yil 6 iyunda 01-04/83-137-son ma’lumotnoma). Natijada ustoz-shogird an’analari orqali maqom xonandaligidagi ovoz xosil qilish uslubini ta’lim tizimida qo‘llash samaradorligi ilmiy asosda isbotlangan;
Ota Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov, Hojixon Boltaev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Mamatbuva Sattorov, Jo‘raxon Sultonov, Orifxon Xotamov, Orif hoji Alimahsumov kabi san’atkorlarning ijro uslublari, maqom xonandaligining har bir vohaga xos kichik tovush sentlarini (balandligi) nimchorak pardalarni ishlatish holatiga ko‘ra maqom mikroxromatizm xususiyatiga oid takliflar O‘zMTRKdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanalining “Maqom saboqlari”, “Estradadan maqomgacha” ko‘rsatuvlari orqali namoyish etilgan (“Ma’naviyat va ma’rifat” telekanalining 2023-yil 25-dekabrdagi 02-01/257-son ma’lumotnoma). Natijada ustoz-shogird an’analarini ta’limot sifatida belgilab, XX asrning boshida yashab o‘tgan Domla Halim Ibodov, Levi Boboxonov, Hojixon Boltaev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Mamatbuva Sattorov, Jo‘raxon Sultonov, Yunus Rajabiy, Rasulqori Mamadaliev kabi ustoz san’atkorlarning tajribalarini maqom xonandaligi ta’limi uchun aniqlangan;
ustoz-shogird an’analaridan foydalangan holda Munojat Yo‘lchieva shogirdlarni vohaga xos ijro uslubida shakllangan tembrini saqlagan holda tarbiyalashi, Mahmudjon Tojiboev har qanday uslubdagi shogirdlarni o‘z uslubiga moslashi, ovozni shakllantirishiga oid takliflar “O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi” faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2021 yil 6 iyunda 01-04/83-137-son ma’lumotnoma). Natijada maqom xonandaligini o‘qitishda ustoz-shogird an’analaridan foydalangan holda har bir ustozning individual uslubini ilmiy-amaliy jihatdan ishlab chiqishning namunaviy yo‘llari dalillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish