Bekmuratova Gulzada Tleumuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq musiqa madaniyatidagi evolyusion jarayonlari (musiqali teatr taraqqiyotida)», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/San89.
Ilmiy rahbar: Ganixanova Shoyista Sharafutdinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Raximov Botir Matyakubovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston musiqa madaniyatini, uning teatr hayotidagi rivojlanish xususiyatini, musiqa san’atiga turli yondashuvlarni tarixiy, nazariy va tahliliy nuqtai nazardan ochib berish, Qoraqalpog‘iston musiqa dunyosi to‘g‘risida yaxlit tasavvurni shakllantirish va Qoraqalpog‘iston musiqa teatrining shakllanishi va rivojlanishining tarixiy qiyofasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq musiqali teatrining zamonaviy ko‘’rinishiga tarixiy davrlarda yuzaga kelgan xalq og‘zaki ijodining barcha tarkibiy qismlari, xalq musiqasini ifodalovchi vositalari tizimi (usul, lad) va milliy cholg‘ular tembrlarining (changqo‘biz, dutor, g‘ijjak, qo‘biz singari cholg‘ular) uyg‘unligida integrasiyalangan shakli sifatida foydalanganligi aniqlangan;
qoraqalpoq xalqi teatr san’atining madaniy kontekstini yaratilishida folklor va bastakorlik ijodiyotining negiz qatlami hamda rivojlanish tamoyillari asosiy badiiy sinkretik turlar ekanligi dalillangan;
Qoraqalpog‘iston kompozitorlari musiqasida milliy uslub tarkibiy qismlarining emotsional holati yorqinligiga determenatsion belgilar – musiqiy va sahnaviy dramaturgiya, senografiya, kompozitorlik konsepsiyasi, orkestr ijro uslubi badiiy individual musiqiy badihaviylikka asoslanishi isbotlangan;
Abdireyim Sultonov va Najimatdin Muxammetdinov asarlarida musiqiy til, ifoda vositalari – melizmlar, faktura turlari, dinamik va agogik shtrixlar bilan ishlashi, kompozitorga xos yo‘nalishni badiiy matn va intermatn, invariant va uning variantlari ishlatilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha musiqali teatrni rivojlantirishda Qoraqalpog‘iston musiqa madaniyatidagi evolyusion jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qoraqalpoq musiqali teatrining zamonaviy ko‘’rinishiga tarixiy davrlarda yuzaga kelgan xalq og‘zaki ijodining barcha tarkibiy qismlari, xalq musiqasini ifodalovchi vositalari tizimi (usul, lad) va milliy cholg‘ular tembrlarining (changqo‘biz, dutor, g‘ijjak, qo‘biz singari cholg‘ular) uyg‘unligida integrasiyalangan shakli sifatida foydalanganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan + MUSAE granti: san’at sohasidagi tadbirkorlik uchun fanlararo ko‘nikmalar / rassomlar tadbirkorligi uchun ko‘p tarmoqli ko‘nikmalarni shakllantirish tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 02-11-17-4330-son ma’lumotnoma). Natijada seminar ishtirokchilari Qoraqalpog‘iston madaniyati haqidagi tushunchalarga ega bo‘lganlar;
qoraqalpoq xalqi teatr san’atining madaniy kontekstini yaratilishida folklor va bastakorlik ijodiyotining negiz qatlami hamda rivojlanish tamoyillari asosiy badiiy sinkretik turlar ekanligiga oid takliflar O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida bo‘lib o‘tgan tadbirda foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlar uyushmasining 2024 yil 13 maydagi 01-05/16-94/1-son ma’lumotnoma). Natijada Qoraqalpog‘iston kompozitorlarining musiqali teatr uchun yaratilgan asarlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
Qoraqalpog‘iston kompozitorlari musiqasida milliy uslub tarkibiy qismlarining emotsional holati yorqinligiga determenatsion belgilar – musiqiy va sahnaviy dramaturgiya, senografiya, kompozitorlik konsepsiyasi, orkestr ijro uslubi badiiy individual musiqiy badihaviylikka asoslanishi xususidagi takliflar “Yoshlar” teleradiokanali “Jonli ijro” efirida foydalanilgan (“Yoshlar” teleradiokanalining 2024-yil 2-fevraldagi 14-05-109 son ma’lumotnomasi). Natijada radio tinglovchilar musiqali teatr uchun kompozisiyalar haqida ma’lumotga ega bo‘lgan;
Abdireyim Sultonov va Najimatdin Muxammetdinov asarlarida musiqiy til, ifoda vositalari – melizmlar, faktura turlari, dinamik va agogik shtrixlar bilan ishlashi, kompozitorga xos yo‘nalishni badiiy matn va intermatn, invariant va uning variantlari ishlatilganligiga oid takliflar O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlar uyushmasining 2024 yil 13 maydagi 01-05/16-94/1-son ma’lumotnoma). Natijada tadbir qatnashchilari kompozitorlarning o‘ziga xos ijodiy hamda ifodaviy yo‘llari haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lgan.