Bekbergenova Zaxira Omirbekovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Janubiy Orolbo‘yi cho‘llashuvining Qoraqalpog‘iston tuproq usti va osti hasharotlari faunasiga ta’siri va zamonaviy holati”, 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/B227.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.20.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xusanov Alijon Karimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Shermatov Malikjon Raxmatjonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy Orolbo‘yi Qoraqalpog‘iston to‘qay va cho‘l ekotizmi fitofag hasharotlarning taksonomik va ekologik xususiyatlarini aniqlash, faunistik tahlil qilish asosida ro‘yxatini qayta shakllantirish va cho‘llashuvining hasharotlarga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orolbo‘yi fitofaglarining zamonaviy holati tahlil qilinib, to‘qay zararkunandalarining 6 turkum, 51 oila, 133 avlodga mansub 185 turi, cho‘l zararkunandalarining 7 turkum, 76 oila, 415 avlodga mansub 823 turi aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yi faunasi ikkita mikrohududlarni (to‘qay va cho‘l) qiyosiy baholash orqali asoslangan;
Janubiy Orolbo‘yi to‘qay hudud uchun yangi 47 tur; to‘rang‘ilning (Populus) 4, tolning (Salix) 5, jiydaning (Elaegnus) 2, shirinmiyaning (Glycyrrhiza glabra) 9, yantoqning (Alhagi) 19, ching‘ilning (Halimodendron) 8 tur zararkunandalari aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yi Qoraqalpoqiston cho‘l hudud uchun yangi 665 ta fitofag turlari aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yi cho‘llashuvi Qoraqalpog‘iston entomofaunasida fitofag turlar sonini ortganligi asoslab berilgan;
to‘qay va cho‘l ekotizimlarda fitofag hasharotlarning trofik munosabatlari, keltiradigan zarari, zararlilik darajasi va hayotiy shakllari ochib berilgan;
cho‘llashuvning tuproq usti va osti faunasiga ta’siri o‘rganilib, turlarning ekologik guruhlari ochib berilgan.
Cho‘l va to‘qay tuproq usti va tuproq osti entomofaunasi yashash joyi, namlik va trofik munosabatlariga ko‘ra, 11 ta ekologik guruhlarga ajratilgan;
Zararkunandalarning ma’lumotlar bazasi kiritilgan QR kodi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Orolbo‘yi cho‘llashuvining Qoraqalpog‘iston tuproq usti va osti hasharotlari faunasiga ta’siri va zamonaviy holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dissertatsiya natijalari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining to‘qay va cho‘l ekotizimida Populus ning 54 tur, Salix ning 35, Elaegnus ning 42, Haloxylon ning 407, Tamarix ning 181, Ammodendron ning 25, Atraphaxis ning 4 tur zararkunandasi aniqlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2025 yil 13 yanvardagi 1-27 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qay va chol hududlardagi manzarali daraxtlarga zarar keltiruvchi fitofaglar ro‘yxati qo‘mita va uning hududdagi bo‘limlarining ma’lumotlar bazasiga kiritilib, zararli hasharotlar turini aniqlashda, ularning bioekologik xususiyatlariga oid ma’lumotlardan foydalangan holda o‘rmon o‘simliklarni saqlab qolish hamda manzarali o‘simliklar zararkunandalari atlasi va tavsiyanomasini chop qilish imkonini bergan;
tadqiqotlar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi to‘qay va cho‘l ekotizimida Alhagi ning 55, Halimodendron ning 26, Artemisia ning 112, Ferula ning 29, Calligonum ning 58, Salsola orientalis ning 74, Salsola arbuscula ning 33, Astragal ninhg 16 turdan iborat zararkunanda hasharotlar ro‘yxati shakllantirilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, Atrof muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, Atrof muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 17 yanvardagi 01/18-2-233 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qay va cho‘l ekotizimidagi manzarali, em hashak, dorivor va qum ko‘chishini oldini oluvchi o‘simlik qoplamasini zararkunanda hasharotlardan himoya qilish, asrash va zararakunandalarga qarshi kurashda atrof muhit uchun zararsiz entomofag hasharotlardan foydalanish, hamda to‘qay va cho‘l osimliklari entomofaunasi atlasini tayyorlash imkonini bergan;
tadqiqotlar davomida dorivor o‘simliklardan Glycyrrhiza glabra ning 20, Ephedra ning 5, Peganum harmala ning 10, Halothamnus subaphylla ning 6, Salsola ning 32 turi aniqlangan va keltiradigan zarari, zararlilik darajasi, tarqalish miqdorlari, va bioekologik xususiyatlari o‘rganilib, Ooraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 13 yanvardagi 03/017 - 116 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan dorivor va em xashak o‘simliklar zararkunandalarining ro‘yxati ma’lumotlar bazasiga kiritish va ularni doimiy nazoratga olish, asosiy o‘simlik xo‘jayinlarini aniqlash, dala monitoringini olib borish, zararkunanda fitofaglarga qarshi kurashda entomafag hasharotlardan foydalanish imkonini bergan.