Elmurodov Alisher Azamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gilam va gilam mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning tolali chiqindilari asosida fasad suyuq devor gul qog‘ozlarini olish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4120.
Ilmiy rahbar: Murodov Muzaffar Muradovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Shukurov Dilmurod Xursandovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning tolali chiqindilaridan bog‘lovchi moddalar va fasad suyuq devor gul qog‘ozi olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karboksimetilsellyuloza – poliakrilat – Zn kompleksi (KPK-Zn) olish jarayonining maqbul sharoiti sifatida aylantirish qurilmasining aylanish tezligi 1100 min/ay, harorat 65-75°C va vaqt 75 minut ekanligi aniqlangan;
KPK va KPK-Zn bog‘lovchi modda sifatida qovushqoqlikni oshirshi, suyuq devor gul qog‘ozi tarkibida 5-8% gacha qo‘llanilganda mexanik mustahkamligi 5 MPa va qovushqoqligi 3000-5000 cP ortishi isbotlangan;
bog‘lovchi va tolalar maqbul nisbatda ishlatilganda devor yoriqlariga chidamlilik oshganligi, suvga chidamlilik va mexanik xususiyatlar uchun bog‘lovchi modda miqdori 5-7% oralig‘ida bo‘lganda natijalar yuqori ko‘rsatkichni qayd etishi isbotlangan;
gilam chiqindilarini qayta ishlash orqali 5% KPK-Zn, 5% KPK, 6% KMS + 45% tolali chiqindilarning maqbul nisbati asosida suyuq devor gul qog‘oz olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gilam va gilam mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning tolali chiqindilarini qayta ishlab undan turli soha tarmoqlari uchun komrozit materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gilam va gilam mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning tolali chiqindilarini asosida karboksimetilsellyuloza – poliakrilat kompleksi (KPK), fasad suyuq devor gul qog‘ozlari hamda komrozit texnik KMS markalarini olish texnologiyasi “INNOVATIVE ChEMICAL TEChNOLOGIES” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Eriell Oilfield Services Middle East DMCC” korxonasining 2025 yil 27 martdagi 03/18-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan Na-KMS hamda PAS lari burg‘ulash eritmalarini tayyorlashda import qilinuvchi kimyoviy reagentlar miqdorini kamaytirishi imkonini bergan;
gilam va gilam mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning tolali chiqindilarini asosida karboksimetilsellyuloza – poliakrilat – Zn kompleksi (KPK-Zn), fasad suyuq devor gul qog‘ozlari hamda komrozit texnik KMS markalarini olish texnologiyasi “INNOVATIVE ChEMICAL TEChNOLOGIES” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Eriell Oilfield Services Middle East DMCC” korxonasining 2025 yil 27 martdagi 03/18-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzoq muddatli mustahkamlikka ega fasad suyuq devor gul qog‘ozlari olish imkonini bergan.