Urazov Sadulla Shodievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Nodavlat ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1197
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Shadieva Gulnora Mardievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Ochilov Akram Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda nodavlat ta’lim xizmatlari samaradorligining oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “nodavlat ta’lim xizmatlari samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mazkur muassasalar tomonidan ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlarining sifati, miqdori va ularning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarga mos kelishi darajasiga soha boshqaruvidagi kadr ta’minotchilari va iste’molchilaridan iborat funksional tuzilmaning konseptual modelini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
nodavlat ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirishda ta’lim xizmatlarini baholashning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari kadr iste’molchilari (I2=(K1+K2+ K3)/3), ta’lim muassasasi (I1=(O1+O2+O3)/3) va iste’molchi (I3=(U1+U2+U3)/3) nuqtai nazaridan tizimlash asosida takomillashtirilgan;
nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini boshqarishning tashkiliy algoritmi sifatni boshqarish tizimini takomillashtirish va ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kadr iste’molchilari va ta’lim oluvchilarning ehtiyojlarini marketing tadqiqotlari asosida o‘rganib borishni ko‘zda tutuvchi “Ta’lim xizmatlarini sifatini baholash va oshirish” blokini kiritish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabning elastikligi, talabalar soni, qamrov darajasi, nodavlat ta’lim muassasalari soni hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorining o‘zgarishini hisobga olgan holda nodavlat ta’lim xizmatlari bozori salohiyatidan samarali foydalanishning 2030 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nodavlat ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “nodavlat ta’lim xizmatlari samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mazkur muassasalar tomonidan ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlarining sifati, miqdori va ularning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarga mos kelishi darajasiga soha boshqaruvidagi kadr ta’minotchilari va iste’molchilaridan iborat funksional tuzilmaning konseptual modelini qo‘llash asosida takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlarining 5231700 – Inson resurslarini boshqarish ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Rekrutment” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘i). Buning natijasida mazkur ta’lim yo‘nalishi talabalarida kadr ta’minotchilari va iste’molchilaridan iborat funksional tuzilmaning konseptual modelini qo‘llash asosida takomillashtirilgan “nodavlat ta’lim xizmatlari samaradorligi” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
nodavlat ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirishda ta’lim xizmatlarini baholashning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari kadr iste’molchilari (I2=(K1+K2+K3)/3), ta’lim muassasasi (I1=(O1+O2+O3)/3) va iste’molchi (I3=(U1+U2+U3)/3) nuqtai nazaridan tizimlash asosida takomillashtirish taklifi Nukus innovatsion instituti va Termiz iqtisodiyot va servis universiteti faoliyatlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 15-maydagi 04/17-1380-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini ish beruvchi, ta’lim muassasasi va iste’molchilar nuqtai nazaridan ishonchli baholash, nodavlat ta’lim xizmatlaridan qoniqqanlik darajasini yanada oshirishga, bitiruvchilarning kelgusida ishga joylashuvida ish beruvchilar tomonidan qo‘yiladigan talablarga moslashuviga, nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini bazaviy bilim, malaka va ko‘nikmalar doirasida ob’ektiv hamda manfaatdor tomonlarning sub’ektiv ko‘rsatkichlar asosida xolis baholash asosida o‘zaro manfaatdorlikni oshirishga imkon bergan;
nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini boshqarishning tashkiliy algoritmi sifatni boshqarish tizimini takomillashtirish va ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kadr iste’molchilari va ta’lim oluvchilarning ehtiyojlarini marketing tadqiqotlari asosida o‘rganib borishni ko‘zda tutuvchi “Ta’lim xizmatlarini sifatini baholash va oshirish” blokini kiritish asosida takomillashtirish taklifi Nukus innovatsion instituti va Termiz iqtisodiyot va servis universiteti faoliyatlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 15-maydagi 04/17-1380-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotda qo‘llash nodavlat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, muvofiqlashtirish va joriy etish bilan bog‘liq vazifalarni jarayonlar tizimi sifatida qat’iy izchillikda amalga oshirishga, nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan jarayonlarni “iste’molchidan iste’molchiga” tamoyili asosida hayotiylik davrining barcha bosqichlarida doimiy yaxshilab borishga hamda kadr iste’molchilari va iste’molchilarning qoniqqanlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabning elastikligi, talabalar soni, qamrov darajasi, nodavlat ta’lim muassasalari soni hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorining o‘zgarishini hisobga olgan holda nodavlat ta’lim xizmatlari bozori salohiyatidan samarali foydalanishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Nukus innovatsion instituti va Termiz iqtisodiyot va servis universiteti faoliyatlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 15-maydagi 04/17-1380-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida oliy ta’lim xizmatlariga yuqori narx elastikligi sharoitida qamrov darajasini 50% ga, iqtisodiyot hajmini 2 barobarga oshirish bo‘yicha maqsadli parametrlarga erishishda bir tomondan to‘lov-kontrakt qiymatini aholi real daromadlari dinamikasiga bog‘liq holda 2025 yilda 23%, 2026 yilda 18,7% ga, 2027 yilda 15,7%ga, 2028 yilda 13,6% ga, 2029 yilda 12% ga, 2030 yilda 10,7% ga oshirib borish orqali optimal miqdorini belgilash, nodavlat ta’lim muassasalari sonini 31,7% ga ko‘paytirish, nodavlat oliy ta’lim muassasalar talabalari sonini 32% ga oshirish mumkinligini asoslantirishga, ikkinchidan prognoz parametrlariga asoslangan holda nodavlat oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy faoliyatini yanada rag‘batlantirish, davlat oliy ta’lim muassasalari bilan raqobat muhitini rivojlantirish hamda narx-sifat uyg‘unligiga erishish imkonini bergan.