Achilova Ozoda Umarkulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gemopoetik o‘zak hujayralari transplantatsiyasi davrida gemopoez tiklanishi omillari va xususiyatlarini o‘rganish”, 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya; (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2. DSc/Tib1083.
Ilmiy rahbar: Kayumov Abduraxman Abdumavlyanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Isxakov Eldor Djasurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamishov Sergey Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori; Baxovutdinov Burxoniddin Baxovutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: gematologik neoplaziya bilan og‘rigan bemorlarda gemopoetik o‘zak hujayralarini transplantatsiyasi davrida qon ishlab chiqarilishini tiklanishiga ta’sir qiluvchi xususiyatlar va omillarni baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyoterapiya+ granulotsit koloniyasini stimullovchi omili guruhida 6,6±3,24 (r<0.005) o‘zak hujayralar ajratilgan va aferez kuni periferik qonda mavjud bo‘lgan CD34+ hujayralar soni 32,5 ± 6,2 (r<0.003) va ajratish paytida muvaffaqiyatcizliklar foizi granulotsit koloniyasini stimullovchi omili rejimiga qaraganda 1,5 baravar past bo‘lganligi sababli o‘zak hujayralarni yig‘ishning eng samarali usuli ekanligi asoslangan;
to‘plangan o‘zak hujayralar sonining kimyoterapiya boshlangan vaqtga, bemorning yoshi, sitomegalovirus, tashxis qo‘yilganidan keyin o‘tgan vaqt to‘plangan CD34 + hujayralar soniga teskari bog‘liqligi (r= -0.9), jins, vazn va qon guruhi esa sezilarli ta’sir ko‘rsatmaganligi (r= 0.1) aniqlangan;
trepanobioptatlarning gistologik tahlili +30chi kun muzlatilgan hujayralar foydalanilgan guruhdagi bemorlarda suyak ko‘migi hujayraligi 65%, muzlatilmagan hujayralar qo‘llangan bemorlarda esa 88% to‘liq tiklanganligi aniqlangan;
muzlatilmagan o‘zak hujayralar yordamidagi auto transpalntatsiyadan keyingi bemorlarda umumiy omon qolish mos ravishda 68% xamda 72%, va kasalliksiz omonqolish 59% xamda 63% ni tashkil etdi, ammo septik asoratlarini 2 baravar, gemorragik asoratlarni esa 1,5 baravar kamaytirishi aniqlangan;
allo transplantatsiyadan keyin gemapoezni tiklanishining nafaqat CD34+ hujayralar soni, balki suyak ko‘migi mikro muhitiga bog‘liqligi, sitomegalovirus va virusli gepatit V va C reaktivatsiyasi ingrafmant (tiklanish) vaqtini 2 baravar uzaytirgan va 9% transplantatsiya bemorlarida omadsizlik sababi bo‘lganligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zak hujayralarini transplantatsiyasini usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kimyoterapiya+ granulotsit koloniyasini stimullovchi omili guruhida 6,6±3,24 (r<0.005) o‘zak hujayralar ajratilgan va aferez kuni periferik qonda mavjud bo‘lgan CD34+ hujayralar soni 32,5 ± 6,2 (r<0.003) xamda ajratish paytida muvaffaqiyatcizliklar foizi G-KSF rejimiga qaraganda 1,5 baravar past bo‘lganligi orqali o‘zak hujayralarni yig‘ishning eng samarali usuli ekanligi asoslangani Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024yil 16 dekabrdagi 146-sonli buyrug‘i hamda Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 31 oktyabrdagi 401-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 15 fevral 12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarni kasalxonada yotqizish davomiyligini 5±2 kunga qisqartiradi, bemorga qo‘shimcha xodimlarning g‘amxo‘rligini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi transplantatsiya xarajatlarini 1,5 barobar kamaytirishga, davlat byudjetini yiliga ular umumiy soniga nisbatan 24% iqtisodiy samara bergan. Xulosa: Mielom kasalligi, limfoma va leykozlarda transplantatsiya uchun unumli CD34+ xujayra to‘plash imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: to‘plangan o‘zak hujayralar sonining kimyoterapiya boshlangan vaqtga, bemorning yoshi, sitomegalovirus, tashxis qo‘yilganidan keyin o‘tgan vaqt to‘plangan CD34 + hujayralar soniga teskari bog‘liqligi (r= -0.9), jins, vazni va qon guruhi esa sezilarli ta’sir ko‘rsatmaganligi aniqlangan (r= 0.1) Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024yil 16 dekabrdagi146-sonli buyrug‘i hamda Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 31 oktyabrdagi 401-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 15 fevral 12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarni kasalxonada yotqizish davomiyligini 5±2 kunga qisqartiradi, bemorga qo‘shimcha xodimlarning g‘amxo‘rligini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi transplantatsiya xarajatlarini 1,5 barobar kamaytirishga, davlat byudjetini yiliga ular umumiy soniga nisbatan 24% iqtisodiy samara bergan. Xulosa: Mielom kasalligi, limfoma va leykozlarda transplantatsiya uchun unumli CD34+ xujayra to‘plash imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: trepanobioptatlarning gistologik tahlili +30chi kun muzlatilgan hujayralar foydalanilgan guruhdagi bemorlarda suyak ko‘migi hujayraligi 65%, muzlatilmagan hujayralar qo‘llangan bemorlarda esa 88% to‘liq tiklanganligi aniqlanganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024yil 16 dekabrdagi146-sonli buyrug‘i hamda Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 31 oktyabrdagi 401-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 15 fevral 12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: muzlatilmagan xujayra ishlatilgan bemorlarda mielotoksik agranulotsitoz vaktidagi yuzaga keladigan infeksion asoratlari 2 baravarga kamaygan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi transplantatsiya xarajatlarini 1,5 barobar kamaytirishga, davlat byudjetini yiliga ular umumiy soniga nisbatan 24% iqtisodiy samara bergan. Xulosa: Mielom kasalligi, limfoma va leykozlarda transplantatsiya asoratlarini kamaytirishga va bemorlarini 5 yillik sog‘ qolishini oshirishga imkon beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: muzlatilmagan o‘zak hujayralar yordamidagi auto transplantatsiyadan keyingi bemorlarda umumiy omon qolish mos ravishda 68% xamda 72%, va kasalliksiz omon qolish 59% xamda 63% ni tashkil etdi, ammo septik asoratlarini 2 baravar, gemorragik asoratlarni esa 1,5 baravar kamaytirdi va klinikada qolish vaqtini qisqartirganligi Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 31 oktyabrdagi 401-sonli buyrug‘i va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024yil 16 dekabrdagi146-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 15 fevral 12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: leykozlarda erta transplantatsiya qilish umumiy va kasalliksiz sog‘ qolishni 50% a oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi leykozlarda bemorlar davlat budjetini yiliga ular umumiy soniga nisbatan 25% qisqarishiga iqtisodiy samara bergan. Xulosa: Mielom kasalligi, limfoma va leykozlarda transplantatsiya asoratlarini kamaytirishga va bemorlarini 5 yillik sog‘ qolishini oshirishga imkon beradi;
beshinchi ilmiy yangilik: allo transplantatsiyadan keyin gemapoezni tiklanishining nafaqat CD34+ hujayralar soni, balki suyak ko‘migi mikro muhitiga bog‘liqligi, sitomegalovirus va virusli gepatit V va C reaktivatsiyasi ingrafmant (tiklanish) vaqtini 2 baravar uzaytirgan va 9% transplantatsiya bemorlarida omadsizlik sababi bo‘lganligi aniqlanganligi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024yil 16 dekabrdagi146-sonli buyrug‘i hamda Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 31 oktyabrdagi 401-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 15 fevral 12-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: muzlatilmagan xujayra ishlatilgan bemorlarda mielotoksik agranulotsitoz vaktidagi yuzaga keladigan infeksion asoratlari 2 baravarga kamaygan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi transplantatsiya xarajatlarini 1,5 barobar kamaytirishga, davlat byudjetini yiliga ular umumiy soniga nisbatan 24% iqtisodiy samara bergan. Xulosa: Mielom kasalligi, limfoma va leykozlarda transplantatsiya asoratlarini kamaytirishga va bemorlarini 5 yillik sog‘ qolishini oshirishga imkon beradi.