Buranova Shaxnoza Uralovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning texnik kompetentligini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped3520  
Ilmiy rahbar: Askarov Ixtiyorjon Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi bir martalik PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Madaminov Javlonbek Zafarjonovich - pedagogika fanlari doktori,  dotsent.
Xayitova Shaxnoza Donyarovna - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Termiz davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limning  texnika yo‘nalishi talabalarining texnik kompetentligini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish fanini o‘qitishda gorizontal va vertikal integratsiya sxemasi texnik kompetentlikning mazmuniy jarayonli va motevatsion maqsadli tarkibiy qismlari va texnik – mexanikning psixologik xususiyatlarini hosobga olgan holda talabalarning texnik kompetentligini pedagogik shart-sharoitlari optimallashtirilgan;
    talabalarning texnik kompetentligini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning metodik modeli tashkiliy-mazmuniy komponentda subektivlik, madaniy muvofiqlik, ijodkorlik, vatanparvarlik, sinergiya, o‘zini-o‘zi tarbiyalash va boshqa tamoyillar, individual, faoliyatli, axborotli, interfaol yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan;
talabalarning texnik kompetentligini integrativ yondashuv asosida takomilashtirishi  o‘qitishda Kouching texnologiyasi, Flipped Classroom, rotatsiya, laboratoriya rotatsiyasi, Individual rotatsiya, 6-3-5 metodi, A-La-Carte modellari, hamda elektron ta’lim manbalaridan tizimli foydalanish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning texnik kompetentligini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish darajalari talabalarning texnik kompetentligini bosqichma-bosqich rivojlantirish, hamda, baholashning reproduktiv, izlanuvchi, ijodiy darajalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasasi texnik kompetentligini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish fanini o‘qitishda gorizontal va vertikal integratsiya sxemasi texnik kompetentlikning mazmuniy jarayonli va motevatsion maqsadli tarkibiy qismlari va texnik – mexanikning psixologik xususiyatlarini hosobga olgan holda “Texnik mexanika” nomli o‘quv qo‘llanma yaratildi (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022 yil 30-dekabrdagi 429-sonli buyrug‘i № 429-507  sonli guvohnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning texnik kompetentligini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
    talabalarning texnik kompetentligini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning metodik modeli tashkiliy-mazmuniy komponentda subektivlik, madaniy muvofiqlik, ijodkorlik, vatanparvarlik, sinergiya, o‘zini-o‘zi tarbiyalash va boshqa tamoyillar, individual, faoliyatli, axborotli, interfaol yondashuvlar asosida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” nomli darslik yaratilgan va o‘quv jarayoniga qo‘llanilmoqda (Qarshi davlat unversitetining 2025 yil 24-yanvardagi 15 I-sonli buyrug‘i, № 15 I-4 sonli guvohnomasi). Natijada talabalarning texnik kompetentligini takomillashtirish modelini takomillashtirish samaradorligini oshishiga erishilgan;
talabalarning texnik kompetentligini integrativ yondashuv asosida takomilashtirishi  o‘qitishda Kouching texnologiyasi, Flipped Classroom, rotatsiya, laboratoriya rotatsiyasi, Individual rotatsiya, 6-3-5 metodi, A-La-Carte modellari, hamda elektron ta’lim manbalaridan tizimli foydalanish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 9-yanvardagi 11-05-115/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada talabalarning texnik kompetentligini rivojlantirish metodikasii takomillashtirishga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish