Sabirov Shuxrat Solijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida qizil yassi temiratkini kompleks davolash samaradorligini oshirish”, 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2021.3.PhD/2140.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Idiev Gayrat Emurodovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kamilov Xaydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida qizil yassi temiratkining ekssudativ-giperemik va eroziv-yarali shaklini kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida qizil yassi temiratki kasalligi retrospektiv tahlil natijasida, ekssudativ-giperemik va eroziv-yarali shakllarining klinik kechishida keskin farqlar aniqlanib, kasallikning klinik xususiyatlarining kasallik davomiyligi va yondosh patologiyalar bilan muhim bog‘liqligi asoslangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qizil yassi temiratki kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz suyuqligining biokimyoviy ko‘rsatkichlari (malon dialdegidi darajasi, antioksidant faolligi) bilan yallig‘lanish indekslari va og‘iz bo‘shlig‘i holatini aks ettiruvchi indekslar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan;
ilk bor kompleks davodan foydalanish mobaynida stomatologik holatni aks ettiruvchi indekslarning salbiy tomondan, ijobiy tomonga siljishi hamda patologik o‘choqda yallig‘lanish belgilarining bartaraf etilishi aniqlangan;
o‘tkazilgan tadqiqot asosida birinchi marta antioksidant terapiya va autotrombotsitar massadan foydalanib, o‘tkazilgan kompleks davolashning samaradorligi isbotlanishi bilan birga, ushbu terapiyaning tizimli va mahalliy qo‘llanilishi natijasida bemorlarning 88,9% ida remissiya davrini 6 oy davomida saqlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 12 dekabrdagi №–10/01 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida qizil yassi temiratki kasalligi retrospektiv tahlil natijasida, ekssudativ-giperemik va eroziv-yarali shakllarining klinik kechishida keskin farqlar aniqlanib, kasallikning klinik xususiyatlarining kasallik davomiyligi va yondosh patologiyalar bilan muhim bog‘liqligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida qizil yassi temiratkning ekssudativ-giperemik va eroziv-yarali shakllari bilan og‘rigan bemorlarda trombotsitlar bilan boyitilgan autotrombotsitar massa va antioksidant vosita, shuningdek patologik o‘choqqa ta’sir qilish uchun mahalliy va tizimli kortikosteroidlar, vitaminlar, antigistamin preparatlar va retinol atsetatdan foydalangan holda davolash sxemasi ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.10.2024 y.; № 55-I ) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (31.10.2024 y.; № 105-u) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qizil yassi temiratki bilan kasallangan bemorlarda kasallikning uchrash darajasi, klinik kechishi, ekssudativ-giperemik va eroziv-yarali shakllarining klinik kechishidagi aniqlangan farqlar, kasallikning asosan 41-55 yoshdagi ayollarda ko‘p uchrashi. Shuningdek, klinik xususiyatlarning kasallik davomiyligi va hamroh omillar bilan muhim bog‘liqligi aniqlanganligi, ushbu patologiyali bemorlarni tashxislash va davolashning samaradorligini oshirish, asoratlarni kamaytirish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qizil yassi temiratki bilan kasallangan bemorlarda kasallikning uchrash darajasi, klinik kechishi, ekssudativ-giperemik va eroziv-yarali shakllarining klinik kechishidagi aniqlangan farqlar, kasallikning asosan 41-55 yoshdagi ayollarda ko‘p uchrashi. Shuningdek, klinik xususiyatlarning kasallik davomiyligi va hamroh omillar bilan muhim bog‘liqligi aniqlanganligi, ushbu patologiyali bemorlarni tashxislash va davolashning samaradorligini oshirish, asoratlarni kamaytirish imkoniyatini: bemorning davolanish muddatini o‘rtacha 3 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada davolanish to‘lov miqdori 4900000 so‘mga kamaytirgan. Xulosa: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qizil yassi temiratki bilan kasallangan bemorlarda kasallikning uchrash darajasi, klinik kechishi, ekssudativ-giperemik va eroziv-yarali shakllarining klinik kechishidagi aniqlangan farqlar, kasallikning asosan 41-55 yoshdagi ayollarda ko‘p uchrashi. Shuningdek, klinik xususiyatlarning kasallik davomiyligi va hamroh omillar bilan muhim bog‘liqligi aniqlanganligiligidan foydalanish asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berib, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda asoratlarni kamaytirish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qizil yassi temiratki kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz suyuqligining biokimyoviy ko‘rsatkichlari (malon dialdegidi darajasi, antioksidant faolligi) bilan yallig‘lanish indekslari va og‘iz bo‘shlig‘i holatini aks ettiruvchi indekslar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Qizil yassi temiratkining ikkala shakli bilan og‘rigan bemorlarda antioksidant holatining sezilarli buzilishlari aniqlandi hamda kasallik davomiyligi 7 yildan oshganda esa umumiy antioksidant faollik 23,08±4,29 mkv gacha pasayishi kuzatildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.10.2024 y.; № 55-I ) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (31.10.2024 y.; № 105-u) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qizil yassi temiratki (OBShQ QYaT) kasalligining ekssudativ-giperemik va eroziv-yarali bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz suyuqligining biokimyoviy ko‘rsatkichlari (malon dialdegidi darajasi, antioksidant faolligi) bilan yallig‘lanish indekslari va og‘iz bo‘shlig‘i holati (OHI-S, PMA, KPO) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlanganligi, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qizil yassi temiratki (OBShQ QYaT) kasalligining ekssudativ-giperemik va eroziv-yarali bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz suyuqligining biokimyoviy ko‘rsatkichlari (malon dialdegidi darajasi, antioksidant faolligi) bilan yallig‘lanish indekslari va og‘iz bo‘shlig‘i holati (OHI-S, PMA, KPO) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlanganligi, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berib: bemorning shifoxonada davolanish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 4900000 so‘mga kamaytirgan. Xulosa: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qizil yassi temiratki (OBShQ QYaT) kasalligining ekssudativ-giperemik va eroziv-yarali bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz suyuqligining biokimyoviy ko‘rsatkichlari (malon dialdegidi darajasi, antioksidant faolligi) bilan yallig‘lanish indekslari va og‘iz bo‘shlig‘i holati (OHI-S, PMA, KPO) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlanganligidan foydalanish davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor kompleks davodan foydalanish mobaynida stomatologik holatni aks ettiruvchi indekslarning salbiy tomondan, ijobiy tomonga siljishi hamda patologik o‘choqda yallig‘lanish belgilarining bartaraf etilishi aniklangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: EGF, QYaT EYaF bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashning qo‘llanilishi 96,87% holatlarda yuqori samaradorlikka va epitelizatsiya muddatlarini sezilarli darajada qisqartirishga va remissiyani 2,27 baravarga uzaytirishga olib keldi, asosiy guruhdagi 76 nafar (62,5%), qoniqarli - 47 (37,5%) nafar bemorlarda ijobiy natijaga olib keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.10.2024 y.; № 55-I ) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (31.10.2024 y.; № 105-u) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ilk bor davolashda kompleks davodan foydalanish PMA indeksini 56,3±1,2 %dan 26,5±1,0 %gacha va OHI-S indeksini 3,67±0,4 dan 2,8±0,3 gacha sezilarli darajada pasayishi va patologik o‘choqda yalliglanish bartaraf etishi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanish imkonini berib, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Ilk bor davolashda kompleks davodan foydalanish PMA indeksini 56,3±1,2 %dan 26,5±1,0 %gacha va OHI-S indeksini 3,67±0,4 dan 2,8±0,3 gacha sezilarli darajada pasayishi va patologik o‘choqda yalliglanish bartaraf etishi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning davolashning zamonaviy usullaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 4900000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: ilk bor davolashda kompleks davodan foydalanish PMA indeksini 56,3±1,2 % dan 26,5±1,0 % gacha va OHI-S indeksini 3,67±0,4 dan 2,8±0,3 gacha sezilarli darajada pasayishi va patologik o‘choqda yalliglanish bartaraf etishi aniqlanganligi, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga byudjet mablag‘larini 4900000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan tadqiqot asosida birinchi marta antioksidant terapiya va autotrombotsitar massadan foydalanib, o‘tkazilgan kompleks davolashning samaradorligi isbotlangan. Ushbu terapiyaning tizimli va mahalliy qo‘llanilishi natijasida bemorlarning 88,9 % ida remissiya davrini 6 oy davomida saqlanishi kuzatilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk bor OBShQ QYaTning ikkala shakli bilan og‘rigan bemorlarda antioksidant holatining sezilarli buzilishlari aniqlandi: eroziv-yarali shakli bo‘lgan bemorlarda malon dialdegidi darajasi 6,06±0,15 mkmol/l ga etdi, kasallik davomiyligi 7 yildan oshganda esa umumiy antioksidant faollik 23,08±4,29 mkv gacha pasayishi kuzatilgan bo‘lib, bu davolash jarayonini tezlashtirish va asoratlarni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (29.10.2024 y.; № 55-I ) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (31.10.2024 y.; № 105-u) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ilk bor OBShQ QYaTning ikkala shakli bilan og‘rigan bemorlarda antioksidant holatining sezilarli buzilishlari aniqlandi: eroziv-yarali shakli bo‘lgan bemorlarda malon dialdegidi darajasi 6,06±0,15 mkmol/l ga etdi, kasallik davomiyligi 7 yildan oshganda esa umumiy antioksidant faollik 23,08±4,29 mkv gacha pasayishi kuzatilganligini amaliyotda joriy etish bemorlarda asoratlarni kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ilk bor OBShQ QYaTning ikkala shakli bilan og‘rigan bemorlarda antioksidant holatining sezilarli buzilishlari aniqlandi: eroziv-yarali shakli bo‘lgan bemorlarda malon dialdegidi darajasi 6,06±0,15 mkmol/l ga etdi, kasallik davomiyligi 7 yildan oshganda esa umumiy antioksidant faollik 23,08±4,29 mkv gacha pasayishi kuzatilganligini amaliyotda joyriy etish davolanishning o‘rtacha davomiyligini hamda bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, byudjet mablag‘larini 4900000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: ilk bor OBShQ QYaTning ikkala shakli bilan og‘rigan bemorlarda antioksidant holatining sezilarli buzilishlari aniqlandi: eroziv-yarali shakli bo‘lgan bemorlarda malon dialdegidi darajasi 6,06±0,15 mkmol/l ga etdi, kasallik davomiyligi 7 yildan oshganda esa umumiy antioksidant faollik 23,08±4,29 mkv gacha pasayishi kuzatilganligini amaliyotga joyri qilinishi byudjet mablag‘larini 4900000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.