Xasanov Oybek G‘ofir ug‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chanoq-son bo‘g‘imi osteoartrozining klinik-immunologik va genetik xususiyatlarining o‘ziga xosligi» 14.00.05 - Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib3306.
Ilmiy raxbar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01. 
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xolmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: ideopatik va COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda chanoq-son bug‘imlari osteoartrozi kasalligini klinik, immunologik va genetik tekshiruvlarga asoslangan xolda erta diagnostikasini va kasallik oqibatini bashoratlash usullarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda chanoq-son bo‘g‘imi osteoartrozi kasalligida organizmdagi distrofik jarayonlarni kuchayishi bilan immun yallig‘lanish jarayonlari (IL-6, IL-10, FNO-α) orasida korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
idiopatik chanoq-son bo‘g‘imi osteoartrozi bilan xastalangan bemorlarga nisbatan COVID-19 o‘tkazganlarda qon ivish tizimida buzilishlar yaqqol namoyon bo‘lganligi (PTI, PTV, AChTV, D-dimer miqdorlarni oshishi va MNO kamayganligi) aniqlangan;
idiopatik va COVID-19 o‘tkazganlarda chanoq-son bo‘g‘imi osteoartrozi kuzatilgan bemorlarda COL1A1 va GDF5 genlarining paralleligi, uchrash chastotasi va genlar polimorfizmini A alleli va mutant AA genotipi tog‘ayning degeneratsiya va distrofiya jarayonini kuchaytirishi hisobiga kasallikning qisqa davomiyligida son suyagi boshchasining nekrozi paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor COVID-19 o‘tkazganlarda chanoq-son bo‘g‘imi osteoartrozi kasalligi bilan xastalangan bemorlarda qon ivish tizimidagi buzilishlarni korreksiya qilish uchun an’anaviy davo usuliga qo‘shimcha oral antikaogulyantlarni qo‘llash maqsadga muvofiqligi va ularni yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chanoq-son bo‘g‘imi osteoartrozining klinik- immunologik va genetik xususiyatlarini o‘ziga xosligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13\21-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 utkazgan bemorlarda chanoq-son bo‘g‘imi osteoartrozi kasalligida organizmdagi distrofik jarayonlarni kuchayishi bilan immun yallig‘lanish jarayonlari (IL-6, IL-10, FNO-α) orasida korrelyasion bogliklik mavjudligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 2-soni bilan tasdiqlangan “Chanoq-son bo‘g‘imida osteoartroz rivojlanishining klinik-immunologik xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2024 yil 5 dekabrdagi 110-sonli buyrug‘i bilan, Samarkand viloyati Kattaqo‘rg‘on shaxar tibbiyot birlashmasi 2025 yil 10 fevral 187-7-106-TB/2025-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13\21-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 dan keyingi chanoq son bo‘g‘imi osteoartrozi rivojlanishining xavf omillarini stratifikatsiyasi, kasallikning og‘ir kechishini va asoratlar rivojlanishi mumkinligini o‘z vaqtida bashorat qilish imkonini bergan. Bu chora – tadbirlar bemorlarda kasallikning chuqurlashishi va nogironlikka olib kelishini oldini olishga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda kasallikni erta aniqlash va qo‘shimcha tekshirishlar uchun xarajatlarni kamaytirish, boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanadi. Statsionarda yotoq kunini 2 kunga qisqarishi xisabiga bitta bemor uchun 401499 so‘m iqtisod qilingan.
ikkinchi ilmiy yangilik: idiopatik chanoq-son bo‘g‘imi osteoartrozi bilan xastalangan bemorlarga nisbatan COVID-19 o‘tkazganlarda qon ivish tizimida buzilishlar yaqqol namoyon bo‘lganligi (PTI, PTV, AChTV, D-dimer miqdorlarni oshishi va MNO kamayganligi) aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 2-soni bilan tasdiqlangan “Chanoq-son bo‘g‘imida osteoartroz rivojlanishining klinik-immunologik xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2024 yil 5 dekabrdagi 110-sonli buyrug‘i bilan, Samarkand viloyati Kattaqo‘rg‘on shaxar tibbiyot birlashmasi 2025 yil 10 fevral 187-7-106-TB/2025-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13\21-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: giperkaogulyasiyaning kasallik rivojlanishiga va uning og‘ir kechishiga ta’sirini aniqlashdan iborat bo‘lib, bu nooptimal davolashni tayinlash xavfini kamaytiradi, samarali terapiyani boshlashgacha bo‘lgan vaqtni qisqartirishga yordam beradi va kasalliklarning rivojlanishini nazorat qilishni yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha tadqiqotlar uchun xarajatlarni xamda boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanadi va revmatologiya bo‘limida har bir bemorning bir kunlik davolanishiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘ 200749 so‘m tejaladi.
uchinchi ilmiy yangilik: idiopatik va COVID-19 utkazganlarda chanoq-son bo‘g‘imi osteoartrozi kuzatilgan bemorlarda COL1A1 va GDF5 genlarining paralleligi, uchrash chastotasi va genlar polimorfizmini A alleli va mutant AA genotipi tog‘ayning degeneratsiya va distrofiya jarayonini kuchaytirishi hisobiga kasallikning qisqa davomiyligida son suyagi boshchasining nekrozi paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 2-soni bilan tasdiqlangan “Chanoq-son bo‘g‘imi osteoartrozining genetik tekshirishlarga asoslangan erta tashxislash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2024 yil 5 dekabrdagi 110-sonli buyrug‘i bilan, Samarkand viloyati Kattaqo‘rg‘on shaxar tibbiyot birlashmasi 2025 yil 10 fevral 187-7-106-TB/2025-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13\21-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda COL1A1 va GDF5 genlarining genetik mutatsiyalari (tajovuzkor genotiplarni) o‘z vaqtida aniqlash va kasallikning erta bosqichlarida davolanishni boshlash orqali asoratlar va nogironlik xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan tekshirish usulni amaliyotga joriy etilishi son suyagi boshchasi nekrozlanishi va qimmat muolajalarga (endoprotezlash amaliyotiga) bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi  va shu lar xisobiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘lar iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 o‘tkazganlarda chanoq-son bo‘g‘imi osteoartrozi bilan xastalangan bemorlarda qon ivish tizimidagi buzilishlarni korreksiya qilish uchun an’anaviy davo usuliga qushimcha oral antikaogulyantlarni qullash maqsadga muvofiqligi va ularni yuqori samaradorligi isbotlanagan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 2-soni bilan tasdiqlangan “Chanoq-son bo‘g‘imida osteoartroz rivojlanishining klinik-immunologik xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2024 yil 5 dekabrdagi 110-sonli buyrug‘i bilan, Samarkand viloyati Kattaqo‘rg‘on shaxar tibbiyot birlashmasi 2025 yil 10 fevral 187-7-106-TB/2025-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13\21-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish orqali davolanish xarajatlarini kamaytirishdan iborat bo‘lib, bu qo‘shimcha diagnostik muolajalar va shifokorga takroriy tashriflar zaruratini minimallashtiradi va tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi giperkaogulyasiya sababli yuzaga keladigan son suyagi boshchasi va chanoq son bug‘imidagi distrofik o‘zgarishlarni kamayishiga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: noto‘g‘ri tayinlangan terapiyalar sonini kamaytirish va qo‘shimcha diagnostik muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga asoslangan va kasallikning prognozini yaxshilashga va hayot sifatini oshirishga yordam beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish