Ismoilov Ibrohim Davronbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani quritishda issiqlik sarfini minimallashtirishni nazariy va texnologik asoslarini ishlab chiqish” 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyogadastlabki ishlov berish”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.1.PhD/T5196
Ilmiy rahbar: Ismailov Alisher Abdulxaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Sarimsoqov Olimjon Sharipjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Yuqori navli paxtalarni quritish uskunasini texnologik parametrlari va ish rejimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
namligi past paxtalarni quritish uchun energiya va resurstejamkor quritish uskunasi mavjud quritish uskunalaridagi issiqlik sarfini kamaytirish hamda uskuna geometrik o‘lchamlarini o‘zgartirish asosida takomillashtirilgan;
paxtaning namligini quritish harorati, uskunaning ish unumdorligi va paxta qatlami qalinligiga bog‘liqlik qonuniyatlari to‘la faktorli eksperiment usuli asosida ishlab chiqilgan;
uskunaning ish unumdorligini tasmasining uzunligi va tezligiga bog‘liqlik tenglamalari kichik kvadratlar usuli yordamida ishlab chiqilgan va bular asosida tasmaning uzunligi 3200 mm va eni 1400 mm bo‘lishligi aniqlangan;
takomillashgan quritish uskunasida paxtani quritish jarayonining matematik modeli tuzilgan va uskunasining muqobil ko‘rsatkichlari ko‘p omilli regression modellarini tahlillari asosida aniqlangan hamda quritish uskunasining yangi quritish rejimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani quritish uskunasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
takomillashtirilgan quritish uskunasi Andijon viloyati Andijon tumanidagi “Andijon best seeds” MChJ urug‘lik chigit ishlab chiqarish korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 6-fevraldagi №03/25-270 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori navli paxtani quritish jarayonida 50% issiqlik tejamkorligiga va bu orqali esa elektroenergiya sarfining ikki baravar kamayishiga erishildi va tabiiy gazga bo‘lgan extiyoj bartaraf etilgan.