Yakubov Kamoliddin Nuritdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tola ajratish jarayonini ratsional ko‘rsatkichlari asosida jin ishchi kamerasini takomillashtirish” 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2025.1.PhD/T5197
Ilmiy rahbar: Navruzov Nodir Amonovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonqulov Alisher Qodirqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Farhod Xayrulloevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi – tola sifatini saqlash imkonini beruvchi jin ishchi kamerasini takomillashtirish va xomashyo valigining ratsional ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chigitdan tola ajratish jarayonida tolada nuqson aralashmalarni hosil bo‘lishini kamaytirish imkoniyatini beruvchi jin old fartugi ichki yuzasini harakatga keltirish asosida ishchi kamera takomillashtirilgan;
ishlab chiqarilayotgan tolaning sifat ko‘rsatkichlariga paxta tuzilma tarkibi, paxta va tola namligi hamda xomashyo valigi zichligi qiymatlarining bog‘liqlik qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
jin old fartugini harakatga keltiruvchi elastik elementning ko‘rsatkichlari xomashyo valigini ishchi kamera devorlariga beradigan bosimi va paxta oqimiga ta’sir etuvchi kuchlarni hisobga olgan holda aniqlangan;
tolaning sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etuvchi zichlikning chegaraviy qiymatlari hamda jin old fartugiga xomashyo valigini bosimi natijasida ishchi kamera ko‘ndalang qirqim yuzasi o‘zgarishini tolada nuqson va iflos aralashmalar miqdoriga bog‘liqligi kichik kvadratlar usuli yordamida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tola ajratish jarayonini ratsional ko‘rsatkichlari asosida jin ishchi kamerasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
takomillashtirilgan jin ishchi kamerasi “Real agro cotton” UK Yuqori Chirchiq tumani filiali paxta tozalash korxonasida joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2025-yil 6-fevraldagi 03/25-269-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Oliy” sinf tola olinishi 27,6% ga, ishlab chiqarilayotgan tola tarkibida nuqson va iflos aralashmalar hosil bo‘lishini 23% gacha kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish