Urinova Kamala Komildjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Optik faol yarimo‘tkazgichlar va metall dixal`kogenidlarining monoqatlamlarida chiziqli tsirkulyar dixroizm va o‘lchamli kvantlashish” 01.04.10–yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/FM1037.
Ilmiy rahbar: Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon Davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sodiq Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/27.02.2020.FM/T.110.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Imamov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Smagul Jangabergenovich Karajanov, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi optik faol yarimo‘tkazgichlar va metall dixal`ko¬genid¬larining monoqat¬lamlarida chiziqli tsirkulyar dixroizm va o‘lchamli kvantlashishning kvant mexanikaviy mexanizmlarini nazariy tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oʻtish metallari dixalkogenidlarining monoatomli qatlamlarida tok tashuvchilar oraliq holatlarining har xil zonalarda bo‘lishini e’tiborga olib ikki va uch fotonli zonalararo chiziqli sirkulyar dixroizm samarasining mikroskopik modeli ishlab chiqilgan;
kvant mexanikasining qo‘zg‘alishlar nazariyasi asosida oʻtish metallari dixalkogenidlarining monoatomli qatlamlarida kogerentli to‘yinish samarasining ulushini e’tiborga olib bir, ikkki, uch va to‘rt fotonli chiziqli sirkulyar dixroizm koeffisien¬tining chastotaviy va temperaturaviy bog‘lanishlari hisoblangan;
kovaklar konsentratsiyasi bo‘lgan tellurda bir fotonli yutilish koeffisi¬en¬ti spektral bog‘lanishining maksimumi 200-600 K temperaturalar oraligida da kuzatilishi qoʻzgʻalishlar nazariyasi hisoblash usulidan foydalanib aniqlangan;
ilk bor optik faol kristall valent zonasining tarmoqlariga tegishli o‘lchamli kvantlashish modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, matrisaviy Shredinger tenglamasini echish bilan p-Te kristallida birinchi tarmoqning 0,02 eV; 0,5 eV; 1,1 eV, ikkinchi tarmoqning esa mos holda 0,18 eV; 0,6 eV; 1,2 eV energiyali oʻlchamga bogʻliq kvantlashgan sathlardan tashkil topishi aniqlangan;
usuliga asoslangan nazariy hisoblash natijalari asosida yorug‘lik bir fotonli yutilish koeffisien¬tining spektral bog‘lanishi bo‘yicha p-Te uchun T=100 K da o‘tkazilgan tajriba natijalari 15% dan kichik xatolik bilan tushuntirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Optik faol yarimo‘tkazgichlar va metall dixalkogenidlarining monoqat¬lamlarida chiziqli sirkulyar dixroizm va o‘lchamli kvantlashishlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
zonaviy parametrlar temperaturaga bog‘liqligi e’tiborga olingan bir fotonli chiziqli sirkulyar dixroiz¬m spektral bog‘lanishining tadqiqoti natijalaridan «Foton» Aksiyadorlik jamiyatida yarimo‘tkazgichli tranzistorlar ishlab chiqarishda joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2024 yil 13 iyungi 04-3/914-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada olingan ilmiy natijalardan foydalanish tajribaviy namunalarda elektron texnik asboblar tayyorlash hamda ularning elektrofizik xossalarini yaxshilash imkonini bergan;
kovaklar energetik spektrining o‘lchamli kvantlashishiga tegishli hisoblash natijalari Namangan muhandislik-qurilish institutining Fizika kafedrasida bajarilgan 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F2-70 «Kuchli elektromagnit maydondagi nanoo‘lchamli yarimo‘tkazgich parametrlariga harorat, deformatsiya va yorug‘lik ta’siri» mavzusidagi fundamental loyihasida joriy etilgan (Namangan muhandislik-qurilish institutining 2024 yil 07-may 32/10-09/485-son ma’lumotnomasi). Natijada yarim o‘tkazgichli ko‘p qatlamli strukturalarda va uning asosida olingan o‘lchamli kvantlashgan strukturalarida sodir bo‘ladigan eksitonlar, polyaronlar va bipolyaronlar ishtirok etgan tashish hodisalar nazariyasi sohasida ilmiy tadqiqot ishlarni yanada chuqurroq olib borish imkoni yaratilgan;
tor zonali kristallarda qutblangan yorug‘likning bir va ikki fotonli nochiziqli yutilishining nazariy hisoblashlari 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan № Uzb-Ind-2021-92-sonli “Mikro va nanoo‘lchamli (granullangan) yarimo‘tkazgichli termoelektrik materiallarini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusidagi O‘zbekiston-Hindiston hamkorligidagi xalqaro loyihasida optik va o‘lchamli kvantlashish hodisalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan granullangan yarimo‘tkazgichlarda ikki tutashgan chegara sohalari hamda potensial to‘siq effektlarining mavjud bo‘lish mexanizmlari, fonon va zaryad ko‘chish jarayonlariga bog‘liq kinetik hodisalarining fizik tabiatini tushuntirishda foydalanilgan (Andijon Mashinasozlik institutining 2024 yil 6-maydagi 38-03-90-son maʼlumotnomasi. IJRO.GOV.UZ tizimi orqali ERI bilan tasdiqlangan. Hujjat kodi: CQ63517176). Natijada granullangan yarimo‘tkazgichli qurilmalarning kirish va chiqish xarakteristikalariga keng diapazonda temperatura¬ning taʼsirini bashoratlash imkoni yaratilgan