Qo‘ldasheva Maxmuda Nurmatjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanini o‘qitish mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (geografiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped 446.
Ilmiy maslahatchi: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayzullaev Maqsud Abdullaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Turdimambetov Izimbet Raxmetovich geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: universal ta’lim texnologiyalarini qo’llash asosida “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanini o’qitish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fani o’quv mashg‘ulotlarini tashkiliy-metodik ta’minoti virtual ta’lim komponentlari natijalarini tekshirish, grafikda tasvirlash, o’zaro ma’lumot uzatishning integrativlik darajasini qat’iy belgilash, diagnostik, tashkiliy kabi malakalar doirasini an’anaviy va aralash ta’lim sharoitida kengaytirib borishning taksonomik bosqishlarini loyihalash asosida aniqlashtirilgan;
geografiya yo‘nalishi talabalarining kasbiy iqtisodiy-geografik kompetentligini tayyorlashga yo’naltirilgan didaktik jarayonlar kasbiy faoliyatning formal va informal shakllarini nazariy-amaliy tayyorgarlik bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvshi elektron-metodik ta’minotni yaratishning pedagogik algoritmini ishlab shiqish orqali takomillashtirilgan;
bo’lajak mutaxassislarga “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanini o’qitish metodikasi muntazamlilik, izshillik va uzlyuksizlik tamoyillari orqali iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga oid kompetensiyaviy yondashuvlarning funksional aloqadorligini gorizontal va vertikal integratsiyasini taʼminlash orqali mustahkamlashning pedagogik ahamiyati asoslangan;
bo’lajak o’qituvshilarni “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanini o’qitishning didaktik modeli o’quv materiallarning yirik bloklarga birlashtirish orqali elektron ko’rinishda o’qitish, elektron ta’lim orqali o’quv dasturlarini o’zlashtirish, individual ehtiyojlar asosida auditoriya mashg‘ulotlarini mustaqil ravishda uyg‘unlashtirish modellarini mobil ilovada qo‘llash vositasida ishlab shiqilgan;
“Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanini o’qitishning ilmiy-nazariy asoslari taʼlim jarayonida ijtimoiy, iqtisodiy bilimlarni takomillashtirishning hududiy-geografik, etnografik-mental jihatlarini modellashtirish, eksperiment, natijalarni statistik tahlil etish usullari “Barqaror rivojlanish” modelini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish bo’yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fani o’quv mashg‘ulotlarini tashkiliy-metodik ta’minotini takomillashtirish bo’yisha takliflardan IL-402104339 raqamli “O’zbekistonning nozoekologik sharoitini geografik tahlil qilish asosida ixtisoslashgan xaritalar ishlab shiqish (Jizzax va Sirdaryo viloyatlari ushun)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O’zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 17 maydagi 04/11-2969-sonli hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 4/17-4/4-9562-sonli ma’lumotnomalari). Ilmiy natijalardan foydalanish talabalar ushun ta’lim saytlari, integrativ resurslar, elektron darslik kabi raqamli texnologiyalarning virtual ta’lim komponentlari interaktiv imkoniyatlarining integrativlik darajasini qat’iy belgilash ushun xizmat qilgan;
bo’lajak mutaxassislarning kasbiy iqtisodiy-geografik kompetentligini tayyorlashga yo’naltirilgan didaktik jarayonlar kasbiy faoliyatning formal va informal shakllarini nazariy-amaliy tayyorgarlik bilan uyg‘unlashtirishga asoslangan takliflar “Jahon xo’jaligi geografiyasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-son guvohnomasi). Ilmiy natijalardan elektron-metodik ta’minotni yaratishning pedagogik algoritmini ishlab shiqishga xizmat qilgan;
“Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanini o’qitish metodikasi muntazamlilik, izshillik va uzlyuksizlik tamoyillaridan foydalanish asosidagi takomillashuv “Jahon xo’jaligi geografiyasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388- son guvohnomasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6 noyabrdagi 4/17-4/4-9562-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga oid kompetensiyaviy yondashuvlarning funksional aloqadorlik darajasini ko’tarilishiga xizmat qilgan;
bo’lajak o’qituvshilarni “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanini o’qitishning didaktik modeli o’quv materiallarning yirik bloklarga birlashtirish yuzasidan takliflar “Jahon xo’jaligi geografiyasi” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388- son guvohnomasi). Ilmiy natijalardan fanni elektron ko’rinishda o’qitish, elektron ta’lim orqali o’quv dasturlarini o’zlashtirish, individual ehtiyojlar asosida auditoriya mashg‘ulotlarini mustaqil ravishda uyg‘unlashtirish modellarini milliy kredit-modul tizimiga adaptivlik darajasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
“Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanini o’qitishning ilmiy-nazariy asoslari taʼlim jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni takomillashuvi 2018-2020-yillarga mo’ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20/70930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023 yil 05 iyuldagi 01-2798-sonli sonli ma’lumotnomasi)”. Ilmiy natijalardan hududiy-geografik, etnografik-mental jihatlari modellashtirish, eksperiment, natijalarni statistik tahlil etish usullarini tizimli qo’llash orqali takomillashtirishga xizmat qilgan.