Jumaeva Tozagul A’zamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro vohasi suv resurslarining gidroekologik holatiga turli omillarning ta’sirini baholash va ularni yaxshilash yo‘llari», 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Gr243. 
Ilmiy rahbar: Xojamuratova Roza Tajimuratovna, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01
Rasmiy opponentlar: Murodov Shuhrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Adenbaev Baxtiyor Embergenovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro vohasi suv resurslarining gidroekologik holatiga turli omillarning ta’sirini baholash va ularni yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro vohasi suv resurslarining gidrologik (suv sarfi, oqim hajmi) va gidrokimyoviy (mineralizatsiya, asosiy ionlar, biogen va organik moddalar) rejimi ko‘rsatkichlarining ko‘p yillik o‘zgarishlari baholangan;
vohada daryo, kanal va kollektor-zovur suvlari gidrologik va gidrokimyoviy rejimining shakllanish xususiyatlari va ularga ta’sir etuvchi tabiiy va antropogen omillar aniqlangan;
suv resurslari sifatini baholashdagi ISMITI mutaxassislari tomonidan taklif etilgan tasnif takomillashtirilgan va tasnifga qo‘shimcha tavsif kiritilgan; 
kollektor-zovur suvlarini ifloslanishini kamaytirish va oqava suvlarni tozalash orqali Buxoro vohasi suv resurslarining gidroekologik holatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Buxoro vohasi suv resurslari sifatining tabiiy va antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro vohasi suv resurslarining gidrologik (suv sarfi, oqim hajmi) va gidrokimyoviy (mineralizatsiya, asosiy ionlar, biogen va organik moddalar) rejimi ko‘rsatkichlarining ko‘p yillik o‘zgarishlari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida Buxoro viloyati suv resurslari hajmi va sifatini tahlil qilishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 13 martdagi 03/17-894-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro vohasi suv resurslari gidrologik va gidrokimyoviy xususiyatlarini aniqlashtirishga imkon bergan;
vohada daryo, kanal va kollektor-zovur suvlari gidrologik va gidrokimyoviy rejimining shakllanish xususiyatlarini va ularga ta’sir etuvchi tabiiy va antropogen omillarni aniqlash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 13 martdagi 03/17-894-son ma’lumotnomasi). Natijada suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan rejalarga aniqlik kiritilgan;
voha suv resurslari sifatini baholashning takomillashtirilgan gidroekologik tasnifi (tabiiyga yaqinroq, kam buzilgan, buzilgan va kuchli buzilgan) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida suv resurslari holatini baholashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 13 martdagi 03/17-894-son ma’lumotnomasi). Natijada suv resurslarini samarali foydalanish uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishga imkon bergan;
voha suv resurslarining gidroekologik holatiga ta’sir etuvchi omillar hisobga olinib, uni yaxshilashning maqbul variantlari tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida gidroekologik muammolarni hal etishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 13 martdagi 03/17-894-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro vohasi er usti va er osti suv resurslari holatini yaxshilash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish