Haqnazarova Mohichehra Shavkat qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yuqori faol kislorodli natriy perkarbonat ishlab chiqarish  texnologiyasini takomillashtirish va uning qo‘llanilishi», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4100.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvanqul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03. 
Rasmiy opponentlar: Umirov Farhod Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy mahsulot hisoblangan kalsinirlangan soda asosida yuqori faol kislorodli, granulalangan natriy perkarbonat olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kalsinirlangan soda va vodorod peroksidning 60 foizli suvli eritmasidan foydalanib sintez jarayonini kristallash haroratini pasaytirish orqali tozaligi 99 %, faol kislorod miqdori 15,1% bo‘lgan natriy perkarbonat olish usuli ilmiy asoslangan; 
kristallash haroratini pasaytirish orqali yuqori faol kislorodli natriy perkarbonat olish jarayonida mahsulot barqarorligini ta’minlashda stabilizator sifatida mahalliy xomashyodan olingan kalsiy oleat reagenti qo‘llanilgan va uning samaradorligi asoslangan;
kalsinirlangan soda va vodorod peroksidning turli konsentratsiyadagi suvli eritmalari asosida kondensirlash usuli bilan perkarbonat olish jarayonining optimal parametrlari: vaqt – 35 daq., harorat – 150C, suv miqdori – 1 (mol), stabilizator turi hamda aralashtirgich turi ishlab chiqilgan;
kalsinirlangan soda, vodorod peroksidning turli konsentratsiyali suvli eritmalari, yog‘ kislotalarning kalsiyli tuzi asosida faol kislorod miqdori 15,1 % bo‘lgan granulalangan natriy perkarbonat olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Qo‘ng‘irot soda zavodi» QK MChJ mahsuloti – kalsinirlangan soda asosida natriy perkarbonat olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida: 
kalsinirlangan soda, vodorod peroksidning suvli eritmalari va yog‘ kislotalarining kalsiyli tuzlari asosida natriy perkarbonat olish usuli O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023 yil 13 oktyabrdagi  13-85/10-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, faol kislorod miqdori 13,1% dan kam bo‘lmaganm yuqori sifatli granulalangan natriy perkarbonat olish imkonini beradi;
sintez qilingan faol kislorod miqdori yuqori bo‘lgan natriy perkarbonat “Saneg” QK MChJ da amaliyotga joriy qilingan (“Saneg” QK MChJning 2024 yil 11 martdagi 1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik qurilmalarni sovitish uchun foydalaniladigan texnik aylanma suvlarni mikroorganizmlardan tozalashda biotsid sifatida qo‘llanilayotgan import reagentni mahalliylashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish