Muxitdinov Dilshod Davronovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kremnezem miqdori yuqori qo‘shimchalar va ularning gibrid hosilalari qo‘shilgan portlandsementlar olishning «yashil» texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/T842.
Ilmiy maslahatchilar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Iskandarova Mastura, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayirovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Iskenderov Axmed Maksetbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Hasanov Bahriddin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kremnezem miqdori yuqori qo‘shimchalar va ularning gibrid hosilalari qo‘shilgan portlandsementlar olishning «yashil» texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sement qo‘shimchasi sifatida amorf kremnezemdan iborat mikrokremnezem (MK)ni, tarkibi amorf kremnezemli mahalliy pussolanlar opoka va trepelni kimyoviy-mineralogik tarkiblari, fizik-kimyoviy xossalari, gidravlik va pussolan faolligi aniqlangan;
tarkibida amorf kremnezemli pussolanlar va gibrid qo‘shimchalarni qo‘llab kam klinkerli past uglerodli «yashil» sement kompozitlari olishni energiya,- resurstejamkor texnologiyasining fizik-kimyoviy asoslari ishlab chiqilgan;
ilk bor amorf kremnezemli mahalliy pussolanlar, MK va uni FKTA bilan gibrid hosilalarini qo‘llab umumqurilish (PS) va kompozision portlandsementlar (KPS) olish ilmiy asoslangan;
ilk bor amorf kremnezyomli mahalliy pussolanlar va “MK+FKTA”dan iborat gibrid qo‘shimchalarning oddiy PSni xossalariga ijobiy ta’siri aniqlangan va kam klinkerli umumqurilish va kompozision sementlarning samarador tarkiblari ishlab chiqilgan;
«tuyilgan klinker - pussolan qo‘shimcha – gips - suv» va «tuyilgan klinker – gibrid qo‘shimcha – gips – suv» bog‘lovchi tizimlarning gidratlanish darajasi aniqlangan;
opokali va (Gq)li sementlar gidratlanganda yangi birikmalarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va mikrotuzilmasi shakllanishi bilan «yashil» kompozitlarni mustahkamligi orasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
sement kompozitining mustahkamligi matrisa darajasiga etishi uchun oddiy PS tarkibidagi klinkerni amorf kremnezemli pussolanlar va MK bilan 15%gacha, gibrid qo‘shimchalar bilan 35%gacha almashtirish mumkinligi ilmiy isbotlangan;
MKni FKTA bilan modifikatsiyalab olingan gidravlik faolligi yuqori “yashil” gibrid qo‘shimchalar, oddiy PSni qotishini tezlashtirishi hisobiga, kam klinkerli sement kompozitlarini mustahkamligi yuqori bo‘lishi ilmiy asoslangan;
mono- va gibrid qo‘shimchalarni qo‘llab past uglerodli kam klinkerli “yashil” sement kompozitlari olishni energiya va resurstejamkor texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kremnezem miqdori yuqori qo‘shimchalar va ularning gibrid hosilalari qo‘shilgan portlandsementlar olishning «yashil» texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
klinker ulushini 15% mikrokrimnezem bilan almashtirib portlandsement kompozitini energiyatejamkor tarkibi «Bekobodsement» AJda amaliyotga joriy etilgan. («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2024 yil 24 oktyabrdagi 04/15-3147-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, SEM II/A-MK 32,5 H klassdagi mineral qo‘shimchali portlandsement olish imkonini bergan.
klinker ulushi 25% gacha “faol kul toshqol aralashmasi va mikrokremnezem” tarkibli gibrid qo‘shimchalar bilan almashtirilgan «yashil» sement kompoziti «Bekobodsement» AJ va «Ohangaronsement» AJda amaliyotga joriy etilgan. («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2024 yil 24 oktyabrdagi 04/15-3147-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mustahkamlik ko‘rsatkichi bo‘yicha 42,5 sinfga mansub SEM II/B-K(M-P) kam klinkerli KPSni ishlab chiqarish imkonini bergan.
35-45% “faol kul toshqol aralashmasi va mikrokremnezem” tarkibli gibrid qo‘shimchali «yashil» sement kompoziti «Bekobodsement» AJ va «Ohangaronsement» AJda amaliyotga joriy qilingan. («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2024 yil 24 oktyabrdagi 04/15-3147-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mustahkamlik ko‘rsatkichi bo‘yicha SEM IV/B (M-P) 32,5 klassdagi kamklinkerli KPSni ishlab chiqarish imkonini bergan.