Tursunov Baxodir Junaydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yog‘-moy va neft qoldiqlari asosida yuqori sifatli yoqilg‘i briket olish texnologiyasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3573.
Ilmiy rahbar: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Buxorov Shuxrat Burievich, texnika fanlari doktori, professor; Sharipov Ilhom Husenovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft shlami, gossipol qatroni va qo‘shimchalardan foydalangan holda bog‘lovchi mahsulot olish va uni ishlatilgan qizilmiya ildizlarini bir-biriga bog‘lashda qo‘llash natijasida qozonxona va issiqxonada ishlatilayotgan yoqilg‘i briketni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlatilgan qizilmiya ildizlarini adgezion xususiyati yuqori bo‘lgan bog‘lovchi mahsulot bilan to‘yintirish natijasida yoqilg‘i briket olish resepturasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan reseptura asosida olingan yoqilg‘i briketning mexanik mustahkamligining (yuk ostida siqilishi-24,1 MPa, tashlab olishda-90%; aylantirib olishda-92,5%) asosiy ko‘rsatkichlari yuqoriligi aniqlangan;
bog‘lovchi mahsulotni olish jarayonida qo‘shimcha sifatida qo‘llanilayotgan so‘ndirilmagan ohakni o‘rniga ko‘mir kukunini qo‘llash natijasida tayyorlangan yoqilg‘i briketning yuqori va quyi yonish issiqlik ko‘rsatkichlari yaxshi ekanligi isbotlangan;
neft shlami, gossipol qatroni va kukunsimon (so‘ndirilmagan ohak, ko‘mir kukuni) qo‘shimchalardan foydalanib adgezion xususiyati yuqori bo‘lgan bog‘lovchi mahsulotni olish tajriba qurilmasi ishlab chiqilgan va amaliy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yog‘-moy va neft qoldiqlari asosida yuqori sifatli yoqilg‘i briket olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft shlami, gossipol qatroni va so‘ndirilmagan ohak asosida adgezion xususiyati yuqori bo‘lgan bog‘lovchi mahsulotni olish hamda ishlatilgan qizilmiya ildizi bilan aralashtirish natijasida yoqilg‘i briketni tayyorlash texnologiyasi «Buxoro Prosper Invest» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekko‘mir» AJning 2024 yil 13 fevraldagi 01-13/335-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan reseptura asosida olingan yoqilg‘i briket mahsulotni qozonxona va issiqxonalarda ishlatilayotgan yoqilg‘i energiya manbaini o‘rnini bosa oladigan muqobil yoqilg‘i energiya manbai sifatida ishlatish imkonini bergan;
neft shlami, gossipol qatroni va ko‘mir kukuni asosida olingan bog‘lovchi mahsuloti hamda ishlatilgan qizilmiya ildizi bilan aralashtirish natijasida yoqilg‘i briketni tayyorlash texnologiyasi «Angren ko‘mir koni» filialida amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekko‘mir» AJning 2024 yil 13 fevraldagi 01-13/335-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan reseptura va texnologiya asosida mexanik mustahkamligi yuqori va yonish issiqligi ko‘rsatkichi standart talablariga javob beradigan yoqilg‘i briket olish imkoniyatini bergan.