Saliboeva Bibi Robiya Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining transversal kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha taʻlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7300
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Eshpo‘latov Komiljon Absalomovich Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa dokrori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinov Odil Allamurodovich pedagogika fanlari doktori, professor,Yuldashev Maqsud Abdullaevich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining transversal kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining tranversal kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamli texnologiyalar integratsiyasi va o’z-o’zini rivojlantirish natijadorligini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlarining moslashuvchanligi va jamoada ishlash ko’nikmalarining ijodiy faollik tendensiyasi bilan to’g‘ri proporsional ekanligini dalillash asosida aniqlashtirilgan;
tarbiyachilarning tranversal kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni situatsion va induktiv baholash integrativligiga erishish hamda tizimli-axborotli, shaxsiy-faoliyatli va innovatsion-kreativ yondashuvlar tuzilmaviy elementlarining maqsadli va natijaviy bloklari mazmunini mehnat bozori talablariga ko’ra adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining tranversal kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi shaxsning kognitiv va emotsional rivojlanish xususiyatlarining izchil uzviyligini pedagogik profilaktika va didaktik tashxislash natijasiga ko’ra rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
tarbiyachilarning transserval kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi ijodiy faollik darajasini oshirishni funksional ravishda ta’minlaydigan o’zaro bog‘liq ta’limiy-pragmatik komponentlarni pedagogik yaxlitlash hamda kreativ fikrlash mobilligini oshirishga yo’naltirilgan ishchan-faol pedagogik mikromuhitni yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarning transversal kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo’yicha olingan natijalar asosida:
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining tranversal kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamli texnologiyalar integratsiyasi va o’z-o’zini rivojlantirish natijadorligini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlarining moslashuvchanligi va jamoada ishlash ko’nikmalarining ijodiy faollik tendensiyasi bilan to’g‘ri proporsional ekanligini dalillash asosida aniqlashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar “Tarbiyachilarining transversal kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslari” nomli uslubiy qoʻllanmaga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxasisilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining 2023-yil 27-yanvardagi 1-sonli bayoni. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi 02-33-198-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sifatini oshirish va tarbiyachilarning transversal kompetentligini rivojlantirish imkonini bergan;
tarbiyachilarning tranversal kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni situatsion va induktiv baholash integrativligiga erishish hamda tizimli-axborotli, shaxsiy-faoliyatli va innovatsion-kreativ yondashuvlar tuzilmaviy elementlarining maqsadli va natijaviy bloklari mazmunini mehnat bozori talablariga ko’ra adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining transversal kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi 02-33-198-son ma’lumotnomasi). Natijada, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarning amaliy kompetentligini rivojlantirishga erishilgan.
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining tranversal kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi shaxsning kognitiv va emotsional rivojlanish xususiyatlarining izchil uzviyligini pedagogik profilaktika va didaktik tashxislash natijasiga ko’ra rivojlantirish asosida ishlab chiqilgan takliflardan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxasisilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining 2023-yil 4-dekabrdagi 3-sonli bayoni asosida chop etilgan “Tarbiyachilarining transversal kompetentligini rivojlantirish metodikasi” nomli metodik qo’llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi 02-33-198-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim sifatini oshirish va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarning amaliy kompetentligini rivojlantirish imkonini bergan.
tarbiyachilarning transserval kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi ijodiy faollik darajasini oshirishni funksional ravishda ta’minlaydigan o’zaro bog‘liq ta’limiy-pragmatik komponentlarni pedagogik yaxlitlash hamda kreativ fikrlash mobilligini oshirishga yo’naltirilgan ishchan-faol pedagogik mikromuhitni yaratish asosida ishlab chiqilgan tavsiyalardan mobil ilpva ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi 02-33-198-son ma’lumotnomasi) Natijada tarbiyachilarning transversal kompetentligini rivojlantirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish