Nazarov Feruz Yusufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Koronavirusli pnevmoniya o‘tkazgan bemorlarda markaziy gemodinamika va tashqi nafas funksiyalarini baholash va korreksiyalash » 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.1.PhD/Tib1655. 
Ilmiy rahbar: Yarmuxamedova Saodat Xabibovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Bekmurzaeva Elmira Kuanishovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Koronavirusli pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarda klinik ko‘rinishning xususiyatlarini, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining holatini va gumoral tartibga solishning ayrim qismlarini o‘rganishidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor KPdan keyin bemorlarda reabilitatsiya natijalarini bashorat qilish uchun interleykin-6 (IL-6) va interleykin-8 (IL-8) kabi asosiy yallig‘lanish belgilari darajasidagi o‘zgarishlarning klinik ahamiyati va ular yurak-qon tomir, nafas olish funksiyalarini tiklash darajasining ishonchli prognozi bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan;
ilk bor KPdan keyin bemorlarda markaziy gemodinamikani va tashqi nafasni yaxshilashga qaratilgan kompleks terapiyaning ijobiy ta’siri (yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirishi) bemorlarning umumiy holatini sezilarli darajada yaxshilanishi, klinik va morfofunksional ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘zgarishlari asoslangan;
ilk bor kombinirlangan terapiya samaradorligining belgilari sifatida markaziy gemodinamika va tashqi nafas olish funksiyasi ko‘rsatkichlarining o‘rni, ularning dinamikasi va bemorlarning dastlabki klinik xususiyatlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor kompleks terapiya samaradorligini baholashning klinik, biokimyoviy va instrumental tadqiqot usullarini birlashtirish  yo‘li bilan KPdan keyin bemorlarni patogenetik davolashga individual yondashuv asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Koronavirusli pnevmoniya o‘tkazgan bemorlarda markaziy gemodinamika va tashqi nafas funksiyalarini baholash va korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: koronavirusli pnevmoniyadan keyin bemorlarda reabilitatsiya natijalarini bashorat qilish uchun interleykin-6 va interleykin-8 kabi markerlarning klinik ahamiyati va ular yurak-qon tomir, nafas olish funksiyalarini tiklash darajasining ishonchli prognozi bo‘lib xizmat qilishi aniqlanganligi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3073-7-107-TB/2024-son buyruq va Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3788-7-103-TV/2024-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 13-noyabrdagi 8-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Koronavirusli pnevmoniya o‘tkazgan bemorlarda interleykin-6 va interleykin-8 kabi markerlarning bosqichma-bosqich normallashuvi  kasallik oqibatini to‘g‘ri bashorat qilish imkonini berdi.  Iqtisodiy samaradorlik: shifoxonada qolish to‘lov miqdori 420000 so‘mga kamaytirildi; shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 280000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 140000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: klinik amaliyotda tadqiqot natijalarini tadbiq qilinishi koronavirusli pnevmoniya o‘tkazgan bemorlarda bemorlarda tashhislash choralarini va kasallikning asoratlarini oldini olish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: koronavirusli pnevmoniya o‘tkazgan bemorlarda markaziy gemodinamikani va tashqi nafasni yaxshilashga kompleks terapiyaning ijobiy ta’siri,  yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirishi, bemorlarning umumiy holatini sezilarli darajada yaxshilashi klinik va morfofunksional ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘zgarishlari asoslanganligi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3073-7-107-TB/2024-son buyruq va Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3788-7-103-TV/2024-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning  2024 yil 13-noyabrdagi 8-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Markaziy gemodinamika va tashqi nafas olish ko‘rsatkichlarini tuzatish nafaqat yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining ob’ektiv ko‘rsatkichlarini yaxshilashga, balki koronavirusli pnevmoniyadan keyin bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga imkon berishi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorlik: ushbu holatni vaqtida aniqlash bemorlarni o‘z vaqtida davolash imkonini bergan va bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 890000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 765000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: olingan ma’lumotlarga asoslanib, yallig‘lanish belgilari darajasining o‘zgarishi bilan yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining klinik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rnatildi, bu esa ushbu markerlardan foydalanishga davolash samaradorligini kuzatish davolash davomiyligini bashorat qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor kombinirlangan terapiya samaradorligining belgilari sifatida markaziy gemodinamika va tashqi nafas olish funksiyasi ko‘rsatkichlarining o‘rni, ularning dinamikasi va bemorlarning dastlabki klinik xususiyatlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlanganligi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3073-7-107-TB/2024-son buyruq va Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3788-7-103-TV/2024-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning  2024 yil 13-noyabrdagi 8-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: asosiy terapiya fonida Kversetin va Doksofillin bilan kompleks terapiya o‘tkazilganda klinik belgilar kamayishi, markaziy gemodinamik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi va o‘pkada obstruktiv o‘zgarishlarning pasayishi koronavirusli pnevmoniyani o‘tkazgan bemorlarda tiklanishning davomiyligi va natijalarini aniq bashorat qilish imkoni paydo bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: Kompleks terapiyani qo‘llash kasalxonada bo‘lishning o‘rtacha davomiyligini xar bir bemorga 2 kunga qisqartirish imkonini berdi, bu esa davlat byudjetidan 450 ming so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi (Samarqand shahridagi ko‘p tarmoqli klinikaning terapevtik bo‘limida bir kunlik yotoq narxi 225000 ming so‘mni tashkil etadi). Xulosa: komples terapiyani samaradorligining belgilari sifatida markaziy gemodinamika va tashqi nafas olish funksiyasi ko‘rsatkichlarining muhim roli hamda ularning dinamikasi va bemorlarning dastlabki klinik xususiyatlari o‘rtasida ijobiy korrelyasiyani aniqlash kasallikni o‘z vaqtida tashhislash va davolash, asoratlarni oldini olishga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor kompleks terapiya samaradorligini baholashning klinik, biokimyoviy va instrumental tadqiqot usullarini birlashtirish  yo‘li bilan KPdan keyin bemorlarni patogenetik davolashga individual yondashuv asoslanganligi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3073-7-107-TB/2024-son buyruq va Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3788-7-103-TV/2024-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning  2024 yil 13-noyabrdagi 8-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Koronavirusli pnevmoniyadan so‘ng bemorlarda yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining klinik va funksional ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi assotsiativ bog‘liqliklikni aniqlash, ushbu bemorlarda kasallikni tashhislash choralarini va kasallikning asoratlarini oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi:  shifoxonada qolish to‘lov miqdori 486000 so‘mga kamaytirildi; shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 420000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 140000 so‘m sarflanadi). Xulosa: Shifoxonadan tashqari koronavirusli pnevmoniyadan so‘ng bemorlarda markaziy gemodinamikani va tashqi nafas olish funksiyasini tuzatishga qaratilgan kompleks terapiyadan foydalanish yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining klinik va funksional ko‘rsatkichlarining sezilarli yaxshilanishiga olib kelishi aniqlangan. Dori-darmonlar bilan davolash va jismoniy reabilitatsiyani o‘z ichiga olgan kompleks terapiya interleykin-6 (IL-6) va interleykin-8 (IL-8) kabi yallig‘lanish belgilarining pasayishiga yordam berishi aniqlandi, bu tizimli yallig‘lanishning pasayishi va bemorlarning umumiy ahvoli yaxshilanganligini ko‘rsatadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish