Axmedova Fotimaxon Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Blast hujayralari shakllanishi va o‘tkir leykoz rivojlanishining klinik-laborator va molekulyar-genetik asoslari» 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya va 14.00.29 – Tibbiy genetika. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2924.
Ilmiy rahbarlar: Matkarimova Dilfuza Saburovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Boboev Kodirjon Tuxtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02. 
Rasmiy opponentlar: Isxaqov Eldor Djasurovich, tibbiyot fanlari doktori; Zakirova Umida Irkinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik-laborator va molekulyar-genetik natijalar tahlili asosida o‘tkir mieloblast va limfoblast leykozlarning shakllanishi va klinik kechishining erta bashoratlash yondoshuvlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
immun tizimi genetik markyorlari IL10 (rs1800896), TGFβ1 (rs1800471) va IL17F (rs763780) ning zaiflashgan genotipik shakllari bilan o‘tkir limfoblast leykoz, shuningdek, IL1β (rs1143627) hamda TGFβ1 (rs1800471) bilan o‘tkir mieloblast leykoz rivojlanishi o‘rtasida ahamiyatli assotsiativ a’loqalar va kasallikni rivojlanish xavfining prognostik markerlari ekanligi isbotlangan. 
o‘tkir leykozning rivojlanish mexanizmida IL6 (rs1800795), TNFα (rs1800629) va IL23R (rs11209026) (OR<1.0; R>0.05) polimorf genlarning noxush allel shakllarining funksional resessiv ta’siri  xisobiga ularining mustaqil hissasi etarli emasligi asoslangan.
o‘tkir leykozda IL10 (rs1800896), TGFβ1 (rs1800471) hamda IL17F (rs763780) polimorf genlarining zaiflashgan lokuslarini tashish va somatik mutatsiyalar mavjudligi (o‘tkir mieloblast leykozda FLT3, o‘tkir limfoblast leykozda BCR/ABL1 190) yaqqol leykotsitoz (>30 x 109/l) rivojlanish xavfi bilan bevosita bog‘liqligi aniqlangan.
o‘tkir leykoz rivojlanishiga olib keluvchi genlarning noxush genotipik variantlarining kumulyativ xususiyati bilan birga ularning genlararo sintropik ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bemorlarda o‘tkir leykoz rivojlanishi va uning klinik kechishini bashoratlash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: immun tizimi genetik markerlari IL10 (rs1800896), TGFβ1 (rs1800471) va IL17F (rs763780) ning zaiflashgan genotipik shakllari bilan o‘tkir limfoblast leykoz, shuningdek, IL1β (rs1143627) hamda TGFβ1 (rs1800471) bilan o‘tkir mieloblast leykoz rivojlanishi o‘rtasida ahamiyatli assotsiativ a’loqalar va kasallikni rivojlanish xavfining prognostik markerlari ekanligi isbotlangan. Surxandaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 30.10.2023 y, №103-T-sonli buyrug‘i, Guliston tibbiyot klasteri 02.11.2023 y, №123-sonli buyrug‘i bilan gematologiya bo‘limi amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir leykoz uchun xavf omillarini erta aniqlash, zarur profilaktika choralarini ko‘rish va davolanishni individual tarzda tuzish orqali erishilgan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zamonaviy tashxis usullaridan foydalanish bemorlarda kasallikni rivojlanishini bashorat qilish evaziga (Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi preyskuranti 1 kunga 129000 so‘m) keyingi davolash usulini tanlash va tashxisiy tekshiruvlarga nisbatan qisqa vaqt ichida yakuniy tashxis qo‘yish imkonini beradi. Bu nogironlikni kamaytirib, kasalxona uchun sarflanadigan mablag‘ni 1 nafar bemor uchun 45000000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: o‘tkir leykozni molekulyar-genetik xususiyatlarini baholash ishonchli tashxis qo‘yish va kasallikning salbiy oqibatlarning oldini olish imkonini bergan, bu esa bemorlarning umr ko‘rish sifati va davomiyligini yaxshilagan.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir leykoz bo‘lgan bemorlar guruhida TGFb1 (Arg25Pro) polimorf genidagi zaiflashgan allel Pro va geterozigota genotipi Arg/Pro chastotasi mos ravishda 4.2 (χ2=5.8; R=0.03; OR=4.2; 95%CI: 1.31-13.7) va 4.5 baravar (χ2=6.1; R=0.03; OR=4.5; 95%CI: 1.36-14.8) yuqori bo‘lganligi aniqlanganligi. Surxandaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 30.10.2023 y, №103-T-sonli buyrug‘i, Guliston tibbiyot klasteri 02.11.2023 y, №123-sonli buyrug‘i bilan gematologiya bo‘limi amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir leykozni aniqlash uchun kasallikni rivojlanish xavfining prognostik markeri TGFβ1 (Arg25Pro) ni tekshirish ushbu turdagi bemorlarni diagnostika sifatini yaxshilaydi, bu esa davolash muolajalarini o‘z vaqtida maqsadli ravishda amalga oshirishga shuningdek, ushbu toifadagi bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir leykozni aniqlash uchun qo‘shimcha laborator-instrumental tekshiruvlar talab qilinmaydi, qo‘shimcha tekshiruvlar uchun vaqt va moddiy xarajatlarni kamaytirish orqali tejashga erishiladi. Zamonaviy tashxis usullaridan foydalanish bemorlarda kasallikni klinik kechishini bashorat qilish evaziga (Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi preyskuranti 1 kunga 129000 so‘m) keyingi davolash usulini tanlash va tashxisiy tekshiruvlarga nisbatan qisqa vaqt ichida yakuniy tashxis qo‘yish imkonini beradi. Kasallikga monand davo olib borish bemorlarning kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni yil davomida 90216240 so‘mgacha kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi. Shuningdek, bemorlarni tashxislash uchun sarflanadigan xarajatlarni kamayganligi sababli 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 24% ga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: o‘tkir leykoz bilan kasallangan bemorlarda kasallikni rivojlanish xavfining prognostik markeri TGFβ1 (Arg25Pro) aniqlangan xolda bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 24% ga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir leykozda IL10 (rs1800896), TGFβ1 (rs1800471) hamda IL17F (rs763780) polimorf genlarining zaiflashgan lokuslarini tashish va somatik mutatsiyalar mavjudligi (o‘tkir mieloblast leykozda FLT3, o‘tkir limfoblast leykozda BCR/ABL1 190) yaqqol leykotsitoz (>30 x 109/l) rivojlanish xavfi bilan bevosita bog‘liqligi aniqlangan va kasallik kechishi og‘irlik darajasini belgilashda prognostik axamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilganligi. Surxandaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 30.10.2023 y, №103-T-sonli buyrug‘i, Guliston tibbiyot klasteri 02.11.2023 y, №123-sonli buyrug‘i bilan gematologiya bo‘limi amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan usulning joriy etilishi o‘tkir leykoz og‘ir kechishini erta bashorat qilish, asoratlarni oldini olish, nogironlikni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir leykoz xastaligi bo‘lgan bemorlarda IL10 (rs1800896), TGFβ1 (rs1800471) hamda IL17F (rs763780) polimorf genlarini o‘rganish kasallikni klinik kechishini erta bashorat qilish orqali davolanishni to‘g‘ri olib borishga davolash uchun ketadigan xarajatlar miqdorini kamaytirish va shifoxonada bo‘lish vaqtini bir necha kunga kamaytirishga imkon bergan. Xulosa: IL10 (rs1800896), TGFβ1 (rs1800471) hamda IL17F (rs763780) polimorf genlarini o‘rganish o‘tkir leykozni erta muddatlarda davolash va profilaktika choralarini rejalashtirish imkonini berdi. Ushbu bemorlarda leykotsitlar ko‘rsatkichini nazorat qilish va somatik mutatsiyalarni aniqlash kasallikning og‘ir kechishini oldini olish va yotoq kunlari sonini kamaytirish orqali bitta bemorga xisoblaganda byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir leykoz rivojlanishiga olib keluvchi genlarning noxush genotipik variantlarining kumulyativ xususiyati bilan birga ularning genlararo sintropik ta’siri aniqlangan. Surxandaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 30.10.2023 y, №103-T-sonli buyrug‘i, Guliston tibbiyot klasteri 02.11.2023 y, №123-sonli buyrug‘i bilan gematologiya bo‘limi amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik, laborator va genetik ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosida o‘tkir leykoz rivojlanishi va klinik kechishining tashxisiy hamda prognostik mezonlarini ishlab chiqish natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishi, davolash uchun ketadigan xarajatlar miqdorini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarni tashxislash uchun sarflanadigan xarajatlar kamayganligi sababli 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 24% ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: o‘tkir leykoz rivojlanishiga olib keluvchi genlarning noxush genotipik variantlarining kumulyativ xususiyati bilan birga ularning genlararo sintropik ta’sirini aniqlash kasallikni og‘ir kechishini oldini olishga, hayot sifatini yaxshilanishi va nogironlik ko‘rsatkichining kamayishiga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish