Nurmurodova Nafisa Faxridinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Respublikaning turli hududlarida asalari oilalaridan olingan asallarning xususiyatlarini o‘rganish”, 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2014.4.PhD/Qx1566
Ilmiy rahbar: To‘raev Omon Safarovich, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Isamuxamedov Salix Shukurovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikaning turli hududlari sharoitida parvarishlangan mahalliy populyasiya va karpat zotli asalari oilalaridan olingan asallarning xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston sharoitida ilk bor asalari oilalari tog‘ va tog‘olgi hududlarida parvarish qilinganda, ona asalarilarning kunlik tuxum qo‘yishi, nazorat guruhiga nisbatan I tajriba guruhida 4,8%ga, va II tajriba guruhida 6,5% ga oshganligi hamda nasl miqdori nazorat guruhiga nisbatan I tajriba guruhida 7,8% ga, va II tajriba guruhida 11,2% ga oshganligi asoslangan;
tajribadagi asalari oilalari yig‘gan organik asallarning kimyoviy tarkibi tahlil qilinganda undagi diastaza soni 21,3-25,5 GOTE birligini tashkil etganligi aniqlangan;
nazorat guruhiga nisbatan I tajriba guruhidagi asallarning tarkibida B6 vitamini 35% ga hamda II tajriba guruhidagi asallarning tarkibida B6 vitanimi 40%
ga oshganligi isbotlangan;
tajribadagi asalari oilalaridan yig‘ilgan asallar tarkibidagi suv miqdori tahlil qilinganda, nazorat guruhiga nisbatan1,06-1,09 marta ko‘p ekanligi aniqlangan;
asallar tarkibidagi fenilalanin aminokislotasi nazorat guruhiga nisbatan I tajriba guruhida 1,6 martaga hamda II tajriba guruhida 16,7 martaga ko‘p ekanligi isbotlangan;
asalari oilalari ekologik toza hududlarda parvarish qilinganda, olingan asallar tarkibida kaliy mikro elimenti, nazorat guruhiga nisbatan, I tajriba guruhida 0,8 marta kam va II tajriba guruhida 4,6 barobar ko‘p ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublikaning turli hududlarida asalari oilalaridan olingan asallarning xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Turli hududlarida asalari oilalaridan olingan asalning xususiyatlarini baholash usuli Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “JIZZAX ZAMIN ASALI” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 28-noyabrdagi № 02/23-670 sonli ma’lumotnoma). Natijada asalarichilik xo‘jaligining I tajriba guruhidan tog‘ sharoitida olingan organik asallar tarkibidagi diastaza soni 24,5 Gote birlikka teng bo‘lgan va tajribadagi har bir asalari oilasidan 14 kg-dan asal mahsuloti olingan bo‘lib, sof daromad 525,0 ming so‘mni hamda rentabellik darajasi esa 41,6%-ni tashkil qilgan;
tashqi ekologik omillarning asal sifatiga ta’sirini o‘rganish usuli Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi “RAShIDOV XAYDAR ABUBAKROVICh” dehqon xo‘jaligida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 28-noyabrdagi № 02/23-670 sonli ma’lumotnoma). Natijada tajriba guruhlaridagi asalning diastaza soni 21,4 Gote birligiga teng bo‘lgan va har bir asalari oilasidan 15 kg-dan asal mahsuloti olingan, sof foyda 460,0 ming so‘mni tashkil qilgan va rentabellik darajasi esa 38,3%-ga oshishiga imkon bergan;
asalning kimyoviy xususiyatini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “HILOL ASALChI BAHOR” MChJning asalarichilik xo‘jaligida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 28-noyabrdagi № 02/23-670 sonli ma’lumotnoma). Natijada nazorat guruhidan olingan asallar tarkibidagi diastaza soni 17,4 birlikka ega bo‘lgan va har bir asalari oilasidan 20,0 kg-dan asal mahsuloti olingan bo‘lib, sof foyda 450,0 ming so‘mni shuningdek rentabellik darajasi esa 37,5%-ni tashkil qilgan.