Sobirov Ilxomjon Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi xo‘jaliklarida qora ola zotli qoramollar sut mahsuldorligini oshirishning biotexnologik usullari”, 16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinariya akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/ V90
Ilmiy rahbar: Elmurodov Bozorboy Aktamovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori,  professor; Baliev Shavkat Qo‘chqorovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi chorvachilik va tovar xo‘jaliklari sharoitida qora ola zotli sigirlarda sut mahsuldorligini oshirishning genetik salohiyatidan foydalanish, reproduktiv qobiliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan biotexnik omillar majmuasini yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysining o‘ziga xos keskin o‘zgaruvchan, quruq iqlim sharoitida qora ola zotli sigirlarda  sut mahsuldorlik darajasini biotexnikaviy omillar (ilk qochirtish yoshi,  vazni, faol matsion, tug‘ish fasli) bilan bog‘liqligi aniqlangan; 
sigirlar jinsiy faoliyatini rag‘batlantirishda fergolin va regostenol yangi avlod gormonal preparatlarini  vitaminlar bilan birga qo‘llash orqali jinsiy faoliyatini faollashtirish, otalanish darajasini oshirish usuli aniqlangan;
sigirlar endometrit kasalligida bachadon epiteliy xujayralarining qat-qat bo‘lib ko‘chib tushishi, bachadon bezlari tuzilishining buzilishi, biriktiruvchi va tolali to‘qimalarning o‘sishi, karunkullarni yo‘qolishi, kasallikka xos murakkab patomorfologik o‘zgarishlar keltirib chiqarish mexanizmi aniqlangan;
birinchi marta otalantirilgan qora ola zotli tanalar tirik vazni va yoshi 1-laktasiyada sut mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga uzviy bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
akusher-ginekologik kasalliklar bilan kasallangan sigirlarda bachadon va tuxumdonlar tarkibidagi mikroorganizmlar (stafilokokk, streptokokk, candidae zamburug‘i kabi) tur tarkibi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi xo‘jaliklarida qora ola zotli qoramollar sut mahsuldorligini oshirishning biotexnologik usullari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
“Sigirlar sut mahsuldorligini oshirishning biotexnologik usullari” bo‘yicha Tavsiyanoma tasdiqlangan va sigirlar organizmida jinsiy siklni boshqarishda gormonal va boshqa biologik faol qo‘shimchalardan foydalanib sut mahsuldorligini oshirishning asoslari, hayvonlarni boqish va parvarish qilish usullari takomillashtirilib ishlab chiqarishga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 12 dekabrdagi 02/23-2971-son ma’lumotnomasi). Natijada sog‘in sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish borasidagi ma’lumotlar boyitilgan, podada mol bosh sonini ko‘paytirish, sigirlarning bepushtlik, qisirlik darajasini pasaytirish imkoniyati yaratilgan. 
Farg‘ona vodiysining o‘ziga xos iqlimi sharoitida qora-ola zotli sog‘in sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish uchun biotexnologik usullardan foydalanish metodologiyasi ishlab chiqilgan, zotning genetik imkoniyatlari va fenotipik omillardan foydalanishning ustuvorligi, shuningdek, yangi avlod gormonal fergolin va regostenol preparatlari va vitaminli preparatlarini qo‘llah ishlab chiqarishga, ya’ni Oltinko‘l tumanidagi "Baxt imkon rivoji", Andijon tumanidagi "Muqumiy", Izboskan tumanidagi "Poytug‘ sut bulog‘i" fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 12 dekabrdagi 02/23-2971-son ma’lumotnomasi). Natijada sog‘in sigirlarning xo‘jaliklarda foydalanish muddatini oshirishga, ularning servis davrini qisqartirishga va sut mahsuldorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish