Biksalieva Rimma Rafikovnaning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Rus va o‘zbek tillarida so‘z yasovchi neologizmlar: strukturaviy-semantik jihat” mavzusidagi 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4.PhD/Fil1803
Ilmiy rahbar: Babakulov Ismail Turkmanovich filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Al’niyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Zinin Evgeniy Olegovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tillarida so‘z yasovchi neologizmlarning derivatsion-semantik jihatining o‘xshashlik va farqlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“neologism”, “novatsiya”, “yangi so‘z”, “yangi hosila”, “neoderivat”, “so‘z yasalish neologizmi”, “semantik neologism”, “neologizm-o'zlashma so‘z”, “okkazionalizm” va “potensial so‘z” kabi neologiyaga oid asosiy atamalarning semantik chegaralari, funksional xususiyatlari hamda kontekstual qo‘llanilishdagi o‘ziga xosligi ilmiy tahlillar vositasida ochib berilgan;
rus va o‘zbek tillarida so‘z yasalish jarayonlarini taqqoslash zaruriyati lingvistik tizimlarni o‘rganishning integrativ yondashuvlari asosida tasniflanib, neologizmlarning funksional, semantik va madaniy jihatlarini ularning til dinamikasi kontekstida hisobga oluvchi tizimli-strukturaviy uslubga asoslangani isbotlangan;
XX asr oxiri va XXI asr boshida rus va o‘zbek tillarida paydo bo‘lgan so‘z yasovchi neologizmlar muhim ijtimoiy va tarixiy o‘zgarishlar ta’sirida shakllanganligi ularning asosiy strukturaviy va semantik xususiyatlarini qiyosiy-tiplologik nuqtayi nazardan aniqlashga imkon berishi, bu xususiyatlar mazkur neologizmlarning til tizimidagi rolini chuqurroq anglashga, shuningdek, rus hamda o‘zbek tillarining kelgusidagi rivojlanish tendensiyalarini prognoz qilishga xizmat qilishi isbotlangan;
rus va o‘zbek tillarida turli so‘z yasash modellari, turlari va formantlarining produktivligi XX va XXI asrlar oralig‘idagi asosiy neologizmlarni ajratib ko‘rsatish hamda ularning ijtimoiy o‘zgarishlarni milliy darajada idrok etish xususiyatlari bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Struktural-semantik jihatdan so‘z yasovchi neologizmlarni tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar asosida:
uzoq qarindosh bo‘lmagan tillarda neologizmlar derivatsiyasining qiyosiy tahlili kontekstida “neologism”, “novatsiya”, “yangi so‘z”, “yangi hosila”, “neoderivat”, “so‘z yasalish neologizmi”, “semantik neologism”, “neologizm-o'zlashma so‘z”, “okkazionalizm” va “potensial so‘z” atamalarining mazmunini aniqlashtiruvchi ilmiy-nazariy tahlil xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston filiali Qoraqalpoq ilmiy-tadqiqot gumanitar instituti tomonidan amalga oshirilgan “Qoraqalpoq folklorida dunyoning etnolingvistik tasviri” fundamental loyihasida foydalanildi (21-dekabr 2023-yil №495/1 Ma’lumotnoma). Natijada, loyiha turli tizimli tillarda so‘z yasovchi neologizmlarni tahlil qilish bo‘yicha yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitildi;
rus va o‘zbek tillarida neologizmlarni qiyosiy o‘rganish, shuningdek, so‘z yasovchi neologizmlarning semantik tavsifini tizimli-struktural yondashuv asosida o‘rganish, so‘z yasovchi vositalarning funksional jihatlarini hisobga olgan holda olingan natijalar FA-F-1-005 sonli “Qoraqalpoq folklori va adabiyot tarixi o‘rganish” fundamental tadqiqot loyihasida foydalanildi (21-dekabr 2023-yil №196/1-son ma’lumotnoma). Natijada, loyihada rus va o‘zbek tillaridagi leksik yangiliklarning struktural-semantik va funksional-pragmatik tavsifi milliy tilning ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarda so‘z yasash mexanizmining ahamiyatini tasdiqlovchi dalil bo‘lib xizmat qilishi asoslandi;
XX asr oxiri – XXI asr boshlarida rus va o‘zbek tillarida paydo bo‘lgan va qiyoslanayotgan tillarning leksik tarkibini to‘ldirgan, shuningdek, so‘z yasovchi modellar, turlar va formantlarning mahsuldorligi tizimli tarzda tahlil qilingan so‘z yasovchi neologizmlar roli va ahamiyati hamda ularning mahsuldorligi, Navoiy viloyat televideniesi va radiokompaniyasi “Ta’lim islohoti” va “Diyor-24” kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanildi (12-dekabr 2023-yil №01-02/201 ma’lumotnoma). Natijada bu tomoshabinlarga milliy til rivojlanishining ahamiyati va ma’rifiy ahamiyatini yaxshiroq tushunishga yordam berdi, shuningdek, ko‘rsatuvlarni ilmiy dalillar bilan boyitdi.