Abdullaev Elmurod Zaylobidinovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni sun’iy intellekt vositasida tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi (umumiy pedagogika fani misolida) mavzusida”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2019.2.PhD/T1091
Ilmiy rahbar: Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich falsafa fanlari doktori, professor; Ergashev Boburjon Bohodirovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bo‘lajak o‘qituvchilarni sun’iy intellekt vositasida tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sun’iy intellekt vositasida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik mazmuni intellektual qobiliyatlarni shakllantirish, ilmiy bilimlarni raqamli platformalar yordamida kengaytirish va avtomatlashtirilgan tahliliy vositalardan foydalanish bilan talabalarni fanlar doirasida va fanlararo ilmiy izlanish, analitik qobiliyatlarini rivojlantirish, katta hajmdagi ilmiy ma’lumotlarni tez va samarali tahlil qilish, sun’iy intellektga asoslangan manbalar mazmunli tavsifini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni sun’iy intellekt vositasida tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashning metodik yondashuvlari ilmiy ma’lumotlarni tahlil qilish, real vaziyatlarni baholash, sun’iy intellekt yordamida ilmiy manbalarni raqamli tahlil qilish faoliyatini ilmiy-virtual simulyasiyalardan foydalanib, kompleks masalalarni hal etish va ilmiy tahlilga yo‘naltirilgan topshiriqlar, o‘quv-ilmiy loyihalar shakllantirish hamda integrativligini ta’minlash mantiq’iga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Umumiy pedagogika” fani mazmuni sun’iy intellekt bilan korrelatsiya qilish asosida didaktik rivojlantirish yo‘nalishlari tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan sun’iy intellektga asoslangan o‘quv tizimlari mazmuni o‘quv jarayonini optimallashtirish, o‘qitish didaktikasi bilan multimodal o‘qitish texnologiyalari, raqamli baholash vositalari hamda o‘rganish jarayonini muntazam baholab borish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
“Bo‘lajak o‘qituvchilarni sun’iy intellekt vositasida tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish faoliyatiga tayyorlash” modeli kasbiy-pedagogik faoliyat mazmuni va kasbiy faoliyatga qo‘yilgan ijtimoiy talablari bilan reassesment, ko‘p bosqichli o‘quv jarayonlarini boshqarish, epistomologik bilimlarni baholash, tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlanish dinamikasini monitoring qilishni rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni sun’iy intellekt vositasida tadqiqotchilik kompetensiyaini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
intellektual kompetensiyaini shakllantirish, ilmiy bilimlarni raqamli platformalar yordamida kengaytirish va avtomatlashtirilgan tahliliy vositalardan foydalanish bilan talabalarni fanlar doirasida va fanlararo ilmiy izlanish, analitik kompetensiyaini rivojlantirish, katta hajmdagi ilmiy ma’lumotlarni tez va samarali tahlil qilish, sun’iy intellektga asoslangan manbalar kontekstual tavsifini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan sun’iy intellekt vositasida tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik mazmuniga doir ilmiy tahlillar va shakllantirilgan xulosalar “Zamonaviy texnik dasturiy vositalar va ulardan foydalanish” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 4385-sonli buyrug‘iga asosan berilgan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining sun’iy intellektning pedagogik nuqtai nazaridan didaktik imkoniyatlari, mazmuni va ahamiyatiga doir ilmiy bilimlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ilmiy ma’lumotlarni tahlil qilish, real vaziyatlarni baholash, sun’iy intellekt yordamida ilmiy manbalarni raqamli tahlil qilish faoliyatini ilmiy-virtual simulyasiyalardan foydalanib kompleks masalalarni hal etish va ilmiy tahlilga yo‘naltirilgan topshiriqlar, o‘quv-ilmiy loyihalar shakllantirish hamda integrativligini ta’minlash mantig‘iga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan Bo‘lajak o‘qituvchilarni sun’iy intellekt vositasida tadqiqotchilik kompetensiyaini rivojlantirish metodik yondoshuvlariga doir taklif va mulohazalar “Pedagogik dasturiy vositalar va ularni yaratish texnologiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 4385-sonli buyrug‘iga asosan berilgan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning innovatsion yondashuvlarini tadbiq etish jarayoni intensivlashishiga erishilgan;
tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan sun’iy intellektga asoslangan o‘quv tizimlari mazmuni o‘quv jarayonini optimallashtirish, o‘qitish didaktikasi bilan multimodal o‘qitish texnologiyalari, raqamli baholash vositalari hamda o‘rganish jarayonini muntazam baholab borish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan “Umumiy pedagogika“” fani mazmuni sun’iy intellekt bilan korrelatsiya qilish asosida didaktik rivojlantirish yo‘nalishlariga doir metodik tavsiyalar “Zamonaviy texnik dasturiy vositalar va ulardan foydalanish” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 4385-sonli buyrug‘iga asosan berilgan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning “Umumiy pedagogika” fanini o‘qitishda sun’iy intellekt mazmunini korrelatsiya qilish, talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga doir didaktik bilimlarini tarkib topishiga erishilgan;
kasbiy-pedagogik faoliyat mazmuni va kasbiy faoliyatga qo‘yilgan ijtimoiy talablari bilan reassesment, ko‘p bosqichli o‘quv jarayonlarini boshqarish, epistomologik bilimlarni baholash, tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlanish dinamikasini monitoring qilish bilan rekursiv mexanizm sifatida talqin qilish orqali takomillashtirilgan “Bo‘lajak o‘qituvchilarni sun’iy intellekt vositasida tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish” modeli “Pedagogik dasturiy vositalar va ularni yaratish texnologiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 4385-sonli buyrug‘iga asosan berilgan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning tashkiliy-metodik jihatdan tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish faoliyatiga tizimli tayyorlash samaradorligi ortgan.