Mamaraufov Odil Abdixamitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Videokuzatuv tizimlarida dinamik ob’ektlar tasvirlarini qayta ishlash usul va algoritmlari», 05.01.03–Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T507.
Ilmiy rahbar: Fozilov Shavkat Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Anvar Vosilovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzamov Akmal Maxmudjanovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot:Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: videokuzatuv tizimining qo‘zg‘almas videokamera kuzatuv maydonida dinamik ob’ektlar tasvirlarini qayta ishlash usul va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
videokuzatuv sahnasida diskret kuzatuvchi chiziqlar orqali dinamik ob’ektlarni tezkor aniqlashning usuli, modeli va algoritmi ishlab chiqilgan;
binar tasvirda ob’ektning konturini ifodalash uchun muhim belgilar alfaviti ishlab chiqilgan;
muhim belgilar alfavitidan foydalanib kontur chiziqlari orqali dinamik ob’ektlarni ajratish algoritmi ishlab chiqilgan;
dinamik ob’ektning buzilgan (surkalgan) tasviri sifatini oshirishning Viner fil`triga asoslangan algoritm takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘zg‘almas videokamera kuzatuv maydonida dinamik ob’ektlarni aniqlash, ajratish hamda tasvir sifatini yaxshilash usul, algoritmlari va dasturiy vositalari asosida:
videokuzatuv tasvirlariga dastlabki ishlov berish va dinamik ob’ektlarni ajratishning usul, model va algoritmlar bo‘yicha yaratilgan «VideoTahlil» va «TasvirniTiklash» dasturiy vositalarga «UNICON.UZ» DUK tomonidan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida xulosa berilgan («UNICON.UZ» DUKning 2018 yil 9 oktyabrdagi xulosasi). Natijada, videotasvirni qayta ishlashda videoyozuvdan dinamik ob’ektlarni aniqlaydi, ularning tasvirlarini ajratib oladi va ularni ma’lumotlar bazasiga yozib boradi;
videokuzatuv tizimlari videotasvirlaridan dinamik ob’ektlar tasvirlarini ajratish va ma’lumotlar bazasini qurish algoritmi vadasturiy vositasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Tadqiqotchilar turar joyi» sho‘’ba korxonasi binosining ichki va tashqi hududidagi videokuzatuv tizimiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 17 apreldagi 33-8/2704-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida real vaqtda kuzatuv maydonidagi dinamik ob’ektlarni ajratib olish, video haqida ma’lumotlarni olish, dinamik ob’ektlar tasvirlari ma’lumotlar bazasini qurish orqali ma’lumotlarni saqlash, tashqi xotirada videoyozuv hajmidan ko‘ra 5-6 barobargacha qisqartirish va dinamik ob’ektlarni qidirish imkonini bergan;
videotasvirda dinamik ob’ektning buzilgan (surkalgan) tasvirini qayta tiklash algoritm va dasturiy vositasi Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi «Ekspert kriminalistika» bo‘limiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 17 apreldagi 33-8/2704-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida daliliy-ashyoviy tasvirlarni kriminalistik ekspertiza qilish jarayonida tasvir sifatini 60%ga oshirish va ekspertizalar vaqtini 1,4 barobarga qisqartirish imkonini bergan;
ko‘pkanalli videokuzatuv tizimlari videotasvirlaridan dinamik ob’ektlar tasvirlarini ajratish, ma’lumotlar bazasini qurish, dinamik ob’ekt tasvirini qidirish vadinamik ob’ektning buzilgan (surkalgan) tasvirini qayta tiklash algoritmlarihamda ularning dasturiy vositalari Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kompyuter xizmat markaziga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 17 apreldagi 33-8/2704-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida videokuzatuv tizimi videotasvirini tahlil qilishda dinamik ob’ektlar tasvirlarini saqlash hajmini 6-10 barobargacha kamaytirish, tanib olish mavhum bo‘lgan tasvirlarni kriminalistik ekspertiza qilish jarayonini 2 barobarga qisqartirish va tanib olish aniqligini 60%ga oshirish imkonini bergan.