Razzakova Nilufar Saydaxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 bilan kasallangan xomiladorlarni tashxislash, olib borish va davolashni klinik biokimyoviy asoslash”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.4.PhD/Tib3103
Ilmiy rahbar: Bekbaulieva Guliston Nietbaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Jaxongir Jamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 mavjud homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarni prognozlash, oldini olish va olib borish taktikasini takomillashtirish uchun kasallikning kechishi va ona-yo‘ldosh-homila tizimida qon aylanishnning buzilishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasallikning kechish og‘irligiga ko‘ra COVID-19 mavjud homilador ayollarda muddatdan oldin tug‘ish xavfi 5,11 marotaba, antenatal homila o‘limi 3,3 marotaba ko‘p uchrashi,  kam vaznli (28% ga ko‘p), etilmagan (32% ga ko‘p), Apgar shkalasi quyi ko‘rsatkichli chaqaloqlarning (38% ga ko‘p) tug‘ilishi isbotlangan; 
COVID-19 mavjud homilador ayollarning qon tahlilidagi prokal`sitonin miqdori kasallikning og‘irlik darajasi bilan to‘g‘ri korrelyativ bog‘liqliligi isbotlangan (r=0,41) va 1,8 martagacha oshganligi kuzatilgan (r<0,05), shuningdek, gamma-interferon darajasi 3,2 martagacha oshishi kuzatilgan, hamda bu ko‘rsatkichlarga nisbatan musbat korrelyativ bog‘liqliligi (r=0,36; r<0,01) isbotlangan;
COVID-19 mavjud homilador ayollarda homiladorlikning 22-24 haftasida ona-yo‘ldosh-homila qon aylanish tizimida IR nazorat guruhiga nisbatan a. uterine da 68,3 % ga (p<0,05) va a. umblicalis da 59% (p<0,001) ga pasayishi, hamda bu ko‘rsatkichlarning prokal`sitonin (p<0,001) va INT-γ (p<0,05) miqdorining oshishi bilan korrelyativ bog‘liqliligi isbotlangan; 
COVID-19 mavjud homilador ayollarni davolash chora-tadbirlariga L-arginin 4.2 % li 100.0 ml tomir ichiga tomchilab qo‘shilishi natijasida fetoplatsentar tizimida qon aylanishini yaxshilanishi (χ2=9,12; r<0,05), muddatdan oldin tug‘ruq chastotasini kamayishi (χ2=11,5; r<0,05) va perinatal yo‘qotishlar sonini kamayishi (χ2=10,8; r<0,01) isbotlangan.
IV. Tadqikot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 mavjud homilador ayollarni klinik-anamnestik, bioximik, instrumental va statistik tekshiruv usullari asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: kasallikning kechish og‘irligiga ko‘ra COVID-19 mavjud homilador ayollarda muddatdan oldin tug‘ish xavfi 5,11 marotaba, antenatal homila o‘limi 3,3 marotaba ko‘p uchrashi,  kam vaznli (28% ga ko‘p), etilmagan (32% ga ko‘p), Apgar shkalasi quyi ko‘rsatkichli chaqaloqlarning (38% ga ko‘p) tug‘ilishini isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Koordinatsion-ekspert komissiyasi tomonidan 2024 yil 22 avgustda 08-24/364-t son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan homiladorlikning salbiy oqibatlarini bashorat qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va shahar 3-sonli tug‘ruq kompleksining 29 avgust 2024 yildagi 94-sonli va shahar 8-sonli tug‘ruq kompleksining 29 avgust 2024 yildagi 247-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekspertlar kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi №09/63-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 mavjud homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlar uchun xavf guruhini aniqlash va kasallikning og‘irligini hisobga olgan holda olib borish usulini tadbiq qilish platsenta etishmovchiligi,  xomila ichi gipoksiyasi, homila rivojlanishdan orqada qolish sindromi, perinatal o‘lim kabi asoratlarni minimallashtirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikning kechish og‘irligiga ko‘ra COVID-19 mavjud homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarning yuqori darajada uchrashini aniqlash orqali qo‘shimcha tekshiruvlarga ehtiyoj qolmaganligi sababli 59 bemor uchun 13519000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: kasallikning kechish og‘irligiga ko‘ra COVID-19 mavjud homilador ayollarni to‘g‘ri va erta tashxislash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 209150 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 mavjud homilador ayollarning qon tahlilidagi prokal`sitonin miqdori kasallikning og‘irlik darajasi bilan to‘g‘ri korrelyativ bog‘liqliligi isbotlangan (r=0,41) va 1,8 martagacha oshganligi kuzatilgan (r<0,05), shuningdek, gamma-interferon darajasi 3,2 martagacha oshishi kuzatilgan, hamda bu ko‘rsatkichlarga nisbatan musbat korrelyativ bog‘liqligi (r=0,36; r<0,01) isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Koordinatsion-ekspert komissiyasi tomonidan 2024 yil 22 avgustda 08-24/364-t son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan homiladorlikning salbiy oqibatlarini bashorat qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va shahar 3-sonli tug‘ruq kompleksining 29 avgust 2024 yildagi 94-sonli va shahar 8-sonli tug‘ruq kompleksining 29 avgust 2024 yildagi 247-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekspertlar kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi №09/63-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 mavjud homilador ayollar qonida prokal`sitonin va gamma-interferon darajasini aniqlash shu ayollarning olib borish usulini aniqlab beradi. Bu esa homilador ayollarda ona-yo‘ldosh-homila qon aylanishi buzilishlarini yaxshilashga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 mavjud homilador ayollarda perinatal asoratlarni qonda prokal`sitonin va gamma-interferon darajasi bilan homiladorlik kechishini prognozlash va shunga muvofiq davolash chora-tadbirlarini qo‘llash natijasida o‘rtacha 59 bemor uchun 13519000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: kasallikning kechish og‘irligiga ko‘ra COVID-19 mavjud homilador ayollarni to‘g‘ri va erta tashxislash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 209150 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 mavjud homilador ayollarda homiladorlikning 22-24 haftasida ona-yo‘ldosh-homila qon aylanish tizimida IR nazorat guruhiga nisbatan a. uterine da 68,3 % ga (p<0,05) va a. umblicalis da 59% (p<0,001) ga pasayishi, hamda bu ko‘rsatkichlarning prokal`sitonin (p<0,001) va INT-γ (p<0,05) miqdorining oshishi bilan korrelyativ bog‘liqligini isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Koordinatsion-ekspert komissiyasi tomonidan 2024 yil 22 avgustda 08-24/364-t son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan homiladorlikning salbiy oqibatlarini bashorat qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va shahar 3-sonli tug‘ruq kompleksining 29 avgust 2024 yildagi 94-sonli va shahar 8-sonli tug‘ruq kompleksining 29 avgust 2024 yildagi 247-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekspertlar kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi №09/63-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qonda fetoplatsental tizimning buzilishiga mos keladigan yuqori darajadagi biokimyoviy ko‘rsatkichlarning mavjudligi COVID-19 bilan homiladorlikda akusherlik va perinatal asoratlarni rivojlanishida ularning yuqori prognostik ahamiyatliligi va samaradorligi isbotlanishiga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 mavjud homilador ayollarda fetoplatsentar tizimdagi o‘zgarishlarni dopplerometriya usuli orqali aniqlash natijasida o‘rtacha 59 bemor uchun 5015000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: kasallikning kechish og‘irligiga ko‘ra COVID-19 mavjud homilador ayollarni dopplerometrik ko‘rsatkichni asosli qo‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 85000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 mavjud homilador ayollarni davolash chora-tadbirlariga L-arginin 4.2 % li 100.0 ml tomir ichiga tomchilab qo‘shilishi natijasida fetoplatsentar tizimida qon aylanishini yaxshilanishi (χ2=9,12; r<0,05), muddatdan oldin tug‘ruq chastotasini kamayishi (χ2=11,5; r<0,05) va perinatal yo‘qotishlar sonini kamayishi (χ2=10,8; r<0,01) isbotlanganligini Toshkent tibbiyot akademiyasi Koordinatsion-ekspert komissiyasi tomonidan 2024 yil 22 avgustda 08-24/364-t son bilan tasdiqlangan «COVID-19 bilan homiladorlikning salbiy oqibatlarini bashorat qilish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va shahar 3-sonli tug‘ruq kompleksining 29 avgust 2024 yildagi 94-sonli va shahar 8-sonli tug‘ruq kompleksining 29 avgust 2024 yildagi 247-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekspertlar kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi №09/63-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 mavjud homilador ayollarni bashorat qilish va olib borishning tavsiya etilgan usuli homilaning rivojlanishdan ortda qolishi bilan fetoplatsentar etishmovchilik, kam vaznli homila tug‘ilishiga sabab bo‘ladigan muddatdan oldin tug‘ilish kabi homiladorlikning salbiy oqibatlarini aniqlash va oldini olishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan homiladorlik kechishini prognozlash va shunga muvofiq davolash chora-tadbirlarini qo‘llash natijasida o‘rtacha 59 bemor uchun 17354850 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: kasallikning kechish og‘irligiga ko‘ra COVID-19 mavjud homilador ayollarni dopplerometrik ko‘rsatkichni asosli qo‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 294150 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish