Nematov Abdurashid Abdug‘affor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 ning tarqalishida yetakchi xavf omillari va ularni oldini olishga gigienik yondashuv», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib2937.
Ilmiy rahbar: Mamatqulov Baxromjon, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamroqulova Muqaddasxon Asqarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 ning tarqalishida yetakchi xavf omillarini aniqlash va o‘rganish, xavf guruhlariga ajratish hamda ularni oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SARS-CoV-2 virusining aholi orasida keng tarqalishi insonlar kontaktda bo‘ladigan jismlarning tabiati va ularning pH muhitiga bog‘liqligi, kasallanish darajasining oshishi esa havo harorati bilan to‘g‘ri (r=0,76), havoning nisbiy namligi bilan teskari (r=-0,69) korrelyasiya borligi isbotlangan;
shifoxonalarda havo almashinish darajasi 70-72 m3/s dan pastligi va xonalarning insolyasiya darajasi 3 soatdan kamligi COVID-19ning kasalxona ichi infeksiya sifatida tarqalishiga, bemorlarning klinik darajalarining og‘irlashishiga va davolanish kunlarining ko‘payishiga olib kelishi isbotlangan;
aholi orasida ortiqcha tana vazni va yondosh kasalliklar mavjudligi (IN-2,9), sog‘lom ovqatlanmaslik (IN-2,7), uyqu sifati va jismoniy faollik darajasining pastligi (IN-3,3), kasallik haqida bilimlar etishmasligi (IN-2,2), asosiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik (IN-3,6) kabi yetakchi xavf omillarining mavjudligi kasallikning yuqtirish ehtimolini keskin ortishiga olib kelishi isbotlangan;
pandemiya xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan sharoitlarda aholi orasida yuqumli kasalliklar tarqalishining xavf guruhlarini aniqlash, kasallikning rivojlanishining mutlaq xavfini erta tashhislash va bashorat qilish modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 ning tarqalishida yetakchi xavf omillari va ularni oldini olishga gigienik yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: SARS-CoV-2 virusining aholi orasida keng tarqalishi insonlar kontaktda bo‘ladigan jismlarning tabiati va ularning pH muhitiga bog‘liqligi, kasallanish darajasining oshishi esa havo harorati bilan to‘g‘ri (r=0,76), havoning nisbiy namligi bilan teskari (r=-0,69) korrelyasiya borligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 17 fevralda 8n-r/157-son bilan tasdiqlangan «Koronavirus infeksiyasining xavf omillari va uning profilaktikasiga tizimli yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomada mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 24.08.2023 yildagi 117-P-son hamda Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.09.2023 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/76-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasining aholi orasida tarqalishining oldini olish kasallikka moyil va yuqori xavf guruhiga kiruvchi aholi guruhlarining ushbu kasallikka chalinish holatlarining oldini olishga, kasallikni erta tashxislash esa ushbu xavf guruhlarining vaqtida davolash ishlarini tashkil qilishga buning natijasida aholi orasida barvaqt o‘lim holatlarining hamda kasallikdan so‘ng hamroh kasalliklari bor bemorlarda nogironlik holatlarining yuzaga kelishini oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: oilaviy shifokorlar hamda epidemiologlarning koronavirus infeksiyasining aholi orasida tarqalishining mavsumiy dinamikasini bilishi, kasallikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni erta qo‘llash ularga nisbatan karantin cheklovlarini joriy qilish orqali sog‘liqni saqlash muassasalariga tushadigan yukni kamaytirishga yordam berdi. Natijada tibbiy yordamga murojaat qiladigan va davolanadigan bemorlar ulushini 81% dan 69% gacha kamaytirish hisobiga har 100 nafar bemorga 11736000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: shifoxonalarda havo almashinish darajasi 70-72 m3/s dan pastligi va xonalarning insolyasiya darajasi 3 soatdan kamligi COVID-19ning kasalxona ichi infeksiya sifatida tarqalishiga, bemorlarning klinik darajalarining og‘irlashishiga va davolanish kunlarining ko‘payishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 17 fevralda 8n-r/157-son bilan tasdiqlangan «Koronavirus infeksiyasining xavf omillari va uning profilaktikasiga tizimli yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomada mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 24.08.2023 yildagi 117-P-son hamda Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.09.2023 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/76-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 xastaligining birlamchi profilaktikasini olib borish aholi guruhlarining hayot sifatini yaxshilab, oiladagi moddiy va ruhiy buzilishlarning oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bo‘yicha tibbiy yordam uchun murojaat qilgan bemorlarning davolanish muddati o‘rtacha 10,4 kunni tashkil qilgan bo‘lsa, hamrox xastaligi bor bemorlarning davolanish muddati o‘rtacha 12,4 kunni tashkil qilgan. Bemorlarning bir kun davolanish uchun ketgan mablag‘i oddiy blokda davolanganlar uchun 978000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, reanimatsiyada davolanish bir bemor uchun o‘rtacha 3300000 so‘mni tashkil qilgan. Xavf omili baholanganlar orasida 16% yuqori xavf borligi aniqlangan va ular orasida olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida yuqori xavf guruhlariga kiruvchilarni 9% gacha kamaytirish, ya’ni yuqori xavf guruhidan xavf past bo‘lgan guruhga o‘tkazishga erishilgan va natijada COVID-19 ni davolash uchun sarf bo‘lishi mumkin bo‘lgan 4446000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: aholi orasida ortiqcha tana vazni va yondosh kasalliklar mavjudligi (IN-2,9), sog‘lom ovqatlanmaslik (IN-2,7), uyqu sifati va jismoniy faollik darajasining pastligi (IN-3,3), kasallik haqida bilimlar etishmasligi (IN-2,2), asosiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik (IN-3,6) kabi yetakchi xavf omillarining mavjudligi kasallikning yuqtirish ehtimolini keskin ortishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 17 fevralda 8n-r/157-son bilan tasdiqlangan «Koronavirus infeksiyasining xavf omillari va uning profilaktikasiga tizimli yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomada mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 24.08.2023 yildagi 117-P-son hamda Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.09.2023 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/76-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 xastaligi kelib chiqishiga ta’sir qiluvchi yetakchi xavf omillarni aniqlash va uning asosida ishlab chiqilgan prognostik jadval orqali aholining salomatlik holatini baholash, xavf guruhiga kiruvchi aholi o‘rtasida tibbiy sanitariya yordami muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar tomonidan salomatlikni saqlashga qaratilgan faoliyatidan qoniqish darajasini oshishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 xastaligi kelib chiqishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash va ularni baholash orqali kasallikka chalinish extimoli mumkin bo‘lgan aholi guruhlarining 34 % kasallanish xavfi past bo‘lgan xavf guruhlarga kirishi aniqlandi. Buning natijasida ularning xastaligini aniqlash uchun chuqur tekshiruv olib borishga ehtiyoj bo‘lmaydi va tekshiruv xarajatlari iqtisod qilinadi. Bunda 100 ta COVID-19 xastaligiga extimoliy tekshiruvlardan foydalanmaslik natijasida har 100 nafar aholiga nisbatan 8200000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: pandemiya xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan sharoitlarda aholi orasida yuqumli kasalliklar tarqalishining xavf guruhlarini aniqlash, kasallikning rivojlanishining mutlaq xavfini erta tashhislash va bashorat qilish modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 17 fevralda 8n-r/157-son bilan tasdiqlangan «Koronavirus infeksiyasining xavf omillari va uning profilaktikasiga tizimli yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomada mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘yicha 24.08.2023 yildagi 117-P-son hamda Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.09.2023 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/76-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: oilaviy shifokorlar xavf guruhiga kiruvchi aholi vakillarini dispanser nazoratiga olishlari, ayniqsa yoshi katta hamda 2 va undan ortiq surunkali kasalliklari mavjud, yolg‘iz yashovchi keksalar, oilaning moddiy ahvoli o‘rtachadan past bo‘lgan aholi vakillarini kasallik tufayli tushkunlikka tushmasligi va ularda paydo bo‘lgan qo‘rquv holatlarini kamaytirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori havf guruhuga kiruvchi 25% aholi vakillarini zarurat bo‘lganligi sababli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri maxsus tashkil etilgan Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan. Yuqori xavf guruhiga kirmagan rengenografiya ko‘rsatkichlari va umumiy ahvoli me’yorda bo‘lganlarda birlamchi profilaktik chora-tadbirlarni olib borish tavsiya etilgan va bu bilan bemorlarning asossiz va tartibsiz davolanish holatlarining oldi olingan.