Bekenova Gulchexra Tulegen qizining
fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Revmatoid artrit bemorlarda farmokoterapiyaga o‘tkazilayotgan tarafdorlikning psixofenotipik va genetik jihatlari” 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib411.    
Ilmiy maslahatchi: Mavlyanov Iskandar Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyati ko‘rsatayotgan muassasa (muasassalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc .04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xalmurod Sagdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzieva Ziyoda Turaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarning farmakoterapiyaga rioya qilishini, hamda, unga ta’sir qiluvchi shifokorga, bemorga va dori vositalariga bog‘liq omillarni baholash, ularning genetik determinantlarini izlab topish hamda ular asosida farmakoterapiyaga rioya qilish darajasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artrit xastaligida dori vositalari tanlovi va ularni personal dozalash tizimini etarli tarzda emasligi bilan bir qatorda bemorlarning davo jarayoniga sodiqligi, hamda komplaentligi, ayniqsa uning fe’l-atvoriy va hissiy komponenti etarli namoyon bo‘lmasligi tufayli farmakoterapiya samaradorligini past bo‘lishi asoslangan;
revmatoid artritli bemorlarda davo jarayoniga sodiqlik va komplaentlikni past ko‘rsatgichlarga egaligi negizida qo‘llanilayotgan preparatlarning dori shakli, qo‘llanish rejimi va davomiyligi, boshqa preparatlar bilan hamkorlikda qo‘llanish xususiyatlari, hamda kasallikni og‘irlik darajasi, kechish xususiyatlari, kasallik anamnezi davomiyligi kabi omillar yotishi aniqlangan;
revmatoid artritli bemorlarning davo jarayoniga sodiqligi va komplaentligi shakllanishida genetik omillar, jumladan, kasallik kelib chiqishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydigan TNF-α 308 G>A (rs 1800629) geni va dori vositalari transportini nazorat etuvchi MDR1 (T3435C) genlari genotiplarini bemorlarda uchrash darajasi isbotlangan;
revmatoid artritli bemorlar ichida MDR1 (T3435C) genining "mutant" T alleli saqlovchi TT genotipi ulushi qanchalik kam va CC genotipi ulushi ko‘p bo‘lsa bemorlarning davo jarayoniga sodiqligi darajasi va komplaentligi mos ravishda yuqori bo‘lishi asoslangan;
TNF-α 308 G>A (rs 1800629) genining “mutant” A alleli saqlovchi AA genotipi mavjud revmatoid artritli bemorlarda kasallikning immunopatogenetik mexanizmlarini buzilishini chuqurlashtirishi tufayli kasallik kechuvini yomonlashuvi, davo jarayoniga sodiqligi va komplaentligi past darajada bo‘lgan bemorlarda farmakoterapiya samaradorligini yanada yomonlashuvi kuzatilishi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Revmatoid artritli bemorlarda farmokoterapiyaga o‘tkazilgan tarafdorlikning psixofenotipik va genetik jihatlari o‘rganish bo‘yicha olib borilgan izlanishlarning ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit xastaligida dori vositalari tanlovi va ularni personal dozalash tizimini etarli tarzda emasligi bilan bir qatorda bemorlarning davo jarayoniga sodiqligi, hamda komplaentligi, ayniqsa uning fe’l-atvoriy va hissiy komponenti etarli namoyon bo‘lmasligi tufayli farmakoterapiya samaradorligini past bo‘lishi asoslanganligi Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 yildagi №138-sonli), Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.12.2024 yildagi №125-sonli) va Toshkent shahar Shayxontohur  tumani tibbiyot birlashmasida (05.12.2024 yildagi №203-sonli)  klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15-yanvardagi № 11/79-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi terapiya samaradorligini oshirish va kasallik remissiyasini prognozlashga yordam bergan hamda  olingan natijalar  dori vositalar nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirishga va bemorlarning davolanishga rioya qilishini yaxshilashga imkon bergan, bu esa revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning komplaentligi etarli darajada emasligi, uning ijtimoiy, hissiy va fe’l-atvoriy tarkibiy qismlarining turli darajada buzilganligi, bemorlarning davo jarayoniga tarafdorligini deyarli yo‘qligi va qoniqarsiz bo‘lishida aks etib, aksariyat hollarda shifokorlar tavsiyasini butkul yoki to‘liq bajarilmasligi va inkor qilinishida namoyon bo‘lishi va davo samaradorligini pasayib ketishini oldini olish kasallikni erta asoratlanishini kamayishiga olib keladi. Xulosa:  zamonaviy usullarning joriy etilishi kasallikni erta aniqlash va to‘g‘ri davolash choralarini olib borish bemorni kasalxona sharoitida davolanish kunlarini qisqartirishga imkon beradi hamda yangi diagnostika usulini joriy etishda nogironlikni kamaytirishga yordam bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritli bemorlarda davo jarayoniga sodiqlik va komplaentlikni past ko‘rsatgichlarga egaligi negizida qo‘llanilayotgan preparatlarning dori shakli, qo‘llanish rejimi va davomiyligi, boshqa preparatlar bilan hamkorlikda qo‘llanish xususiyatlari, hamda kasallikni og‘irlik darajasi, kechuvi xususiyatlari, kasallik anamnezi davomiyligi kabi omillar yotishi aniqlanganligi Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 yildagi №138-sonli), Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.12.2024 yildagi №125-sonli) va Toshkent shahar Shayxontohur  tumani tibbiyot birlashmasida (05.12.2024 yildagi №203-sonli)  klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15-yanvardagi № 11/79-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi:  revmatoid artritli bemorlarda erta tashxislash, davolashga rioya qilishni oshirish va bu orqali  davolash samaradorligini oshirishga, bemorlarning nogironligini oldini olishga va ularning hayot sifatini oshirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallik kechishi davomiyligi va bosqichlari orasida muay’yan bog‘liqlik mavjud bo‘lib, kasallik bo‘yicha anamnezi qisqaroq bo‘lgan hamda uning og‘irroq darajalarida bemorning davo jarajayoniga tarafdorligi va komplaentligi ko‘proq buzilganligini aniqlash bashorat qilish orqali davo samaradorligiga erishilgan.  Xulosa:  zamonaviy usullarning joriy etilishi kasallikni erta aniqlash va to‘g‘ri davolash choralarini olib borish bemorni kasalxona sharoitida davolanish kunlarini qisqartirishga imkon bergan hamda yangi diagnostika usulini joriy etishda nogironlikni kamaytirishga yordam bergan. 
uchinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritli bemorlarning davo jarayoniga sodiqligi va komplaentligi  shakllanishida genetik omillar, jumladan, kasallik kelib chiqishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydigan TNF-α 308 G>A (rs 1800629)  geni va  dori vositalari transportini nazorat etuvchi MDR1 (T3435C) genlari genotiplarini bemorlarda uchrash xususiyatlari yotishi isbotlanganligi Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 yildagi №138-sonli), Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.12.2024 yildagi №125-sonli) va Toshkent shahar Shayxontohur  tumani tibbiyot birlashmasida (05.12.2024 yildagi №203-sonli)  klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15-yanvardagi № 11/79-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda TNF-α 308 G>A (rs 1800629) va MDR1 (C3435T) gen polimorfizmlarining klinik ahamiyati va ularning jadallik bilan kechishi o‘rganilgan, ushbu genlarning variantlari asosida kasallikning davolanishi va remissiyasini baholashni oldindan aniqlash imkoniyati yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: revmatoid artritli bemorlarda kasallikni erta bosqichida  davolash kasallikning klinik kechishini engillashtirdi, faollik darajasini pasaytirdi, o‘lim xavfini kamaytirdi va davolashning iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bu esa o‘z navbatida bemorning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirgan. Xulosa:  zamonaviy usullarning joriy etilishi kasallikni erta aniqlash va to‘g‘ri davolash choralarini olib borish bemorni kasalxona sharoitida davolanish kunlarini qisqartirishga imkon beradi hamda yangi diagnostika usulini joriy etishda nogironlikni kamaytirishga yordam bergan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritli bemorlar ichida MDR1 (T3435C) genining "mutant" T alleli saqlovchi TT genotipi ulushi qanchalik kam  va CC genotipi ulushi ko‘p bo‘lsa bemorlarning davo jarayoniga sodiqligi darajasi va komplaentligi mos ravishda yuqoriroq bo‘lishi asoslanganligi Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 yildagi №138-sonli), Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.12.2024 yildagi №125-sonli) va Toshkent shahar Shayxontohur  tumani tibbiyot birlashmasida (05.12.2024 yildagi №203-sonli)  klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15-yanvardagi № 11/79-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: genlari polimorfizmini hisobga olgan holda, revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlar uchun asosiy terapiya tanlashda shaxsiy yondashuv bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan ushbu natijalar terapiya samaradorligini oshirish va kasallik remissiyasini prognozlashga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: revmatoid artritli bemorlar ichida MDR1 (T3435C) genining "mutant" T alleli saqlovchi TT genotipi ulushi qanchalik kam  va CC genotipi ulushi ko‘p bo‘lsa bemorlarning davo jarayoniga sodiqligi darajasi va komplaentligi mos ravishda yuqoriroq bo‘lishi asoslanganligi bemorni kasalxona sharoitida davolanish kunlarini qiskartirishga imkon beradi hamda nogironlikni kamaytirishga yordam beradi. Xulosa: olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi bemorlarda revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarni davolash taktikasi va dispanser kuzatuvini optimallashtirish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: TNF-α 308 G>A (rs 1800629) genining “mutant” A alleli saqlovchi AA genotipi mavjud   revmatoid artritli bemorlarda kasallikning immunopatogenetik mexanizmlarini buzilishini chuqurlashtirishi tufayli kasallik kechuvini yomonlashuvi, davo jarayoniga sodiqligi va komplaentligi past darajada bo‘lgan bemorlarda farmakoterapiya samaradorligini yanada yomonlashuvi kuzatilishi aniqlanganligi Toshkent viloyati Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi (29.11.2024 yildagi №138-sonli), Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (02.12.2024 yildagi №125-sonli) va Toshkent shahar Shayxontohur  tumani tibbiyot birlashmasida (05.12.2024 yildagi №203-sonli)  klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 15-yanvardagi № 11/79-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Genetik polimorfizm asosida bazis terapiyani tanlash va aniqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish orqali bemorlarning shaxsiy xususiyatlarini inobatga olgan holda samarali davolashni ta’minlaydi hamda dori vositalariga bo‘lgan moslashuvchanligi (komplaentlik) va davolash samaradorligini oshirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalar zamonaviy usullarning joriy etilishi kasallikni erta aniqlash va to‘g‘ri davolash choralarini olib borish bemorni kasalxona sharoitida davolanish kunlarini qiskartirishga imkon beradi hamda yangi diagnostika usulini joriy etishda nogironlikni kamaytirishga yordam beradi, amaliyotga qo‘llash jarayonida umumiy samaradorlik 30431750 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi bemorlarda revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarni davolash taktikasi va dispanser kuzatuvini optimallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish