Narimbetov Bahadir Janabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Janubiy Orolbuyi mintaqasida cho‘llanish tufayli iqlim isishini miqdoriy baholash” 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5201. 
Ilmiy raxbar: Tleumuratova Bibigul Saribaevna, fizika-matematika fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti “ekologik jarayonlarni modellashtirish” laboratoriyasi mudiri.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.02/30.04.2021.T.79.02.
Rasmiy opponentlar: Murodov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Utebaev Bahadir Dauletbaevich, fizika-matematika fanlari  falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buhoro Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbuyi mintaqasida cho‘llanish tufayli iqlim isishini miqdoriy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagicha:
birinchi marotaba aerozolni tuproq yuzasidan konveksiya usuli bilan olib chiqishning atmosfera haroratiga ta’sirini miqdoriy baholash usuli ishlab chiqilgan va isitilgan aerozol zarrachaning havo haroratiga ta’sirini miqdoriy jihatdan hisoblash uchun matematik modeli yaratilgan; 
havoning konvektiv oqimlari bilan olib chiqarilgan aerozol zarralari konsentratsiyasining shamol tezligi va o‘simlik qoplamiga bog‘liqligini miqdoriy baholovchi matematik usuli yaratilgan; 
tuproq va tuz aerozolining konvektiv usuli va shamol bilan olib chiqishning havo haroratiga issiqlik ta’sirining shamol tezligiga bog‘liqligini miqdoriy baholovchi matematik usuli yaratilgan;  
dengiz sathining pasayishi, o‘simlik qoplamining degradatsiyasi, aerozolni cho‘l hududlaridan olib chiqish kabi cho‘llanish omillarining Janubiy Orolbo‘yi harorat rejimiga kompleks ta’sirini miqdoriy baholash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Cho‘llanishning Janubiy Orolbo‘yi iqlimining isishiga ta’sirini miqdoriy baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
Shamol va konvektiv usul bilan aerozolni olib chiqishning salbiy ta’sirini kamaytirishdagi muhim rolini hisobga olgan holda, o‘simlik qoplamining mintaqa harorat rejimiga ta’sirini baholash usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining milliy va hududiy strategik rejalashtirish hujjatlariga tuzatishlar kiritishdagi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga joriy qilish to‘g‘risidagi 2022 yil 25 yanvardagi 02-221-sonli Ma’lumotnoma). Natijada, bu joriy etish o‘simlik qoplamini monitoring qilish va tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlarini yanada samarali amalga oshirishga imkon bergan;
Aerozolni konvektiv olib chiqishning havo haroratiga issiqlik ta’sirini hisoblash uchun ishlab chiqilgan va dala tajribalari natijasida takomillashtirilgan matematik modeli Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining milliy va hududiy strategik rejalashtirish hujjatlariga tuzatishlar kiritishdagi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga joriy etish to‘g‘risidagi 2022-yil 22-iyundagi 2-444-sonli Ma’lumotnoma). Natijada global isish oqibatlarini yumshatish bo‘yicha fitomeliorativ ishlarni yanada samarali rejalashtirish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish