Quzibaev Xudayshukur Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gidrogeologik ma’lumotlarni raqamli ishlash asosida suv sifatini bashorat qilish algoritmi va dasturiy majmuasini ishlab chiqish”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4633.
Ilmiy rahbar: Zaynidinov Hakimjon Nasridinovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01
Rasmiy opponentlar: Djumanov Jamoljon Xudayqulovich, texnika fanlari doktori, professor, Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari bo‘yicha DSc, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gidrogeologik ma’lumotlarga raqamli ishlov berish modeli, algoritmi va dasturiy majmuasini yaratish asosida suv sifatini bashoratlash samaradorligini oshirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekinlarni sug‘orish rejimining o‘zgarishi, aeratsiya hududini to‘yinishi natijasida er osti suv sifati ma’lumotlaridagi turli shovqinlarni symlet veyvlet usuli yordamida filtrlash algoritmi ishlab chiqilgan;
symlet veyvlet usulini qo‘llash orqali suv sifatini bashoratlash aniqligini oshirish uchun neyron tarmoq arxitekturasi takomillashtirilgan;
o‘lchov ma’lumotlarini yig‘ish jarayonidagi inson faktorini minimallashtirishga qaratilgan dasturiy vositalar aloqasini ta’minlash uchun dasturiy interfeys ishlab chiqilgan;
er osti va er usti suvlari sifat ko‘rsatgichlarini bashoratlovchi algoritm asosida tizimli dasturiy modul, hisoblash boshqaruv paneli va vizuallashgan foydalanuvchi interfeysi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan suv sifatiga oid ma’lumotlarini tahlil qilish usullari, vaqt seriyali ma’lumotlardagi shovqinlarni olib tashlash algorimilari hamda suv sifatini bashoratlash algoritmi, dasturiy moduli, suv sifatini o‘lchovchi qurilmadan ma’lumotlarni o‘qib olish dasturiy moduli asosida:
suv sifatiga oid vaqt seriyali ma’lumotlardagi shovqinlarni veyvlet o‘zgartirish asosida olib tashlash algoritmi asosida suv sifatini bashoratlash uchun ishlab chiqilgan dasturi vosita Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspedisiya laboratoriyasida suvdagi sho‘rlanish darajasini tahlil qilishda joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 23-oktyabr №33-8/7167 ma’lumotnomasi). Natijada zovur va kollektorlardagi oqava suvlar tarkibidagi tuzlarning umumiy miqdori, suvning temperaturasi, elektr o‘tkazuvchanligi kabi parametrlari, zovur va kollektorlar suvidan namuna olib, uning tarkibi ko‘chma qurilma yordamida shu joyning o‘zida tahlil qilinadi va qog‘oz qalam yordamida qayd qilib boriladi. Bu ishni qo‘lda bajarilganida suvdan namuna olish va uning tarkibini o‘lchashga ketgan vaqtlar teng deb hisoblagan taqdirimizdan, o‘lchash natijalarini qayd qilishga 2 daqiqa vaqt talab qilingan bo‘lsa, mobil ilova orqali qayd qilish 10 sekundda amalga oshirilgan;
suvdagi sho‘rlanish darajasini bashorat qilish algoritmi va dasturiy moduli asosidagi dasturiy majmuasi Xorazm viloyati Yangibozor tumani “Yangibozormaxsussuvpudrat” DUKda zovur va kollektorlarni qazish re’jasini ishlab chiqishda joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 23-oktyabr №33-8/7167 ma’lumotnomasi). Natijada viloyat hududidagi zovur va kollektorlarni qayta qazish orqali tozlash yillik reja asosida har 5 yilda bir marta amalga oshirilgan bo‘lsa, zovur va kollektorlardagi suv sifatini bashoratlash orqali sho‘rlanish miqdori normadan oshib ketmagan hududlardagi zovur va kollektorlarni qayta qazish ishlari belgilangan muddatlardan ortga surilgan. Sho‘rlanish miqdori normadan oshib ketgan hududlardagi zovur va kollektorlarni qayta qazish ishlari esa belgi muddatlardan ertaroq amalga oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
Veyvlet o‘zgartirishlar asosida suvdagi sho‘rlanish miqdoriga oid ma’lumotlardagi tabiiy va inson omilidagi xatolik va shovqinlardan tozalashning dasturiy modul “O‘zsuvqurilish” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Yangibozormaxsussuvpudrat” MChJ da zovur va kollektorlardagi suv sho‘rlanishini tahlil qilish maqsadida joriy qilingan qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 2024-yil 23-oktyabr №33-8/7167 ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan gibrid algoritm asosida suv sifatiga oid tahliliy ma’lumotlarnng aniqligi 23% ga ortgan.