Tanimov Sharapadin Maulenbergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Missionerlikka qarshi kurashda ma’naviy-axloqiy qadriyatlar transformatsiyasi” 09.00.09 – “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ss264
Ilmiy rahbar: Musaev Mansur Tursunpo‘latovich, siyosiy fanlar doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.05.2024.F.135/01
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Husniddin Aliqulovich siyosiy fanlari doktori, professor, Zamonov Zokir Turg‘inovich siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: missionerlikka qarshi kurashda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning transformatsiyalashuvi va unga qarshi kurashda ma’naviy-axloqiy texnologiyalarini yaratishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy missionerlik demokratik jamiyatda inson huqularini amalda ta’minlashda barcha dinlarga bir xil munosabatda bo‘lishlikni niqob qilgan holda “liberal qadriyatlar ustuvorligi”, “vijdon erkinligi”, va “yumshoq kuch” kabi targ‘ibotlarga ko‘ra mamlakatlar tinchligi va millatlararo totuvligi va siyosiy barqaror taraqqiyotiga raxna solayotganligi nazariy jihatdan asoslab berilgan;
jamiyatda “ommaviy madaniyat”ning ta’sirida ma’lum hollarda ong, tafakkur, madaniyat va turmush tarzida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni namoyon bo‘lmayotganligi, sog‘lom diniy e’tiqodni shakllanishiga salbiy ta’sir qilib, kosmopolitizm (vatansizlikni targ‘ib qilish), nigilizm (befarqlik, loyqaydlik), prozelitizm (e’tiqodni almashtirish) ta’sirida yoshlarni mafkuraviy immunitetini zaiflashtirishga sabab bo‘layotganligi nazariy-amaliy jihatdan dalillangan;
diniy tolerantlik niqobi ostidagi missionerlik harakatining jamiyat ijtimoiy-siyosiy barqarorligiga tahdid soluvchi destruktiv (vayronkor), manipulayativ (moddiy ta’minot orqali boshqarish) intolerantlik (xudbinlik, qadriyatlarni mensimaslik, egoistik) ko‘rinishlariga javob berishda ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan «tahlil-sabab-chora-natija»ga ko‘ra oldini oluvchi priventiv monitoring tizimli va reabilitatsiya (sog‘lom ijtimoiy hayotga qaytarish)ning ijtimoiy-siyosiy jihatdan samaraliligi isbotlangan;
demokratik tamoyillar, konstitutsiyaviy huquq va burchlarga asoslangan ijtimoiy-siyosiy rivojlanish sharoitiga ko‘ra dunyoviylik va diniylikning uyg‘un rivojida insoniyat taraqqiyotidagi o‘rnini belgilovchi asosiy omil sifatida kompleks ta’lim-tarbiya tizimini (oila, mahalla, ta’lim, nodavlat notijorat tashkilotlar, sog‘lom diniy-ma’rifiy muassasalar hamkorligi) rivojlantirishni yanada jadallashtirish nazariy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
zamonaviy missionerlik demokratik jamiyatda inson huqularini amalda ta’minlashda barcha dinlarga bir xil munosabatda bo‘lishlikni niqob qilgan holda “liberal qadriyatlar ustuvorligi”, “vijdon erkinligi”, va “yumshoq kuch” kabi targ‘ibotlarga ko‘ra mamlakatlar tinchligi va millatlararo totuvligi va siyosiy barqaror taraqqiyotiga raxna solayotganligi nazariy jihatdan asoslab berilganligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024-yil 19-mart kungi 01-12/11-03/156-sonli 2024-yilda Respublikada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtitrish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturining I yo‘nalishida belgilangan “Ekstremizm va terrorizm g‘oyalariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish” 1-bandi “Davlat va jamoat tashkilotlarida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish, diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini kuchaytirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda keng foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 10-aprelda berilgan №08-09/11-04/286-sonli dalolatnomasi). Natijada, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasining missionerlikka qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi targ‘ibot tadbirlarining samaradorligini oshishiga katta hissa qo‘shgan;
jamiyatda “ommaviy madaniyat”ning ta’sirida ma’lum hollarda ong, tafakkur, madaniyat va turmush tarzida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning namoyon bo‘lmayotganligi, sog‘lom diniy e’tiqodning shakllanishiga salbiy ta’sir qilib, kosmopolitizm (vatansizlikni targ‘ib qilish), nigilizm (befarqlik, loyqaydlik), prozelitizm (e’tiqodni almashtirish) ta’sirida yoshlarning mafkuraviy immunitetini zaiflashtirishga sabab bo‘layotganligi nazariy-amaliy jihatdan dalillanganligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazining 2025 yil o‘quv dasturida belgilangan Ijtimoiy-siyosiy va axloqiy ruhiy tayyorgarlik fani doirasida o‘tiladigan “Diniy ekstremizm, terrorizm va fundamentalizm xavfi. Bugungi kundagi oqimlar va ular bilan kurashishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazining 2025-yil 3-apreldagi 27/191 sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazining missionerlikka qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi targ‘ibot tadbirlarining samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
diniy tolerantlik niqobi ostidagi missionerlik harakatining jamiyat ijtimoiy-siyosiy barqarorligiga tahdid soluvchi destruktiv (vayronkor), manipulayativ (moddiy ta’minot orqali boshqarish), intolerantlik (xudbinlik, qadriyatlarni mensimaslik, egoistik) ko‘rinishlariga javob berishda ma’naviy-axloqiy jihatdan «tahlil-sabab-chora-natija»ga ko‘ra o‘rganilganligi, tadqiqotchining taklif va tavsiyalari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining tuman, shahar bo‘linmalari ishtirokida 2024 yilda o‘tkazilgan seminar-treninglarda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda tatbiq etilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 3-apreldagi № 01/13-22-sonli dalolatnomasi). Natijada, yoshlarning buzg‘unchi g‘oyalarga oid bilimlari va tushunchalari konkretlashtirildi;
demokratik tamoyillar, konstitutsiyaviy huquq va burchlarga asoslangan ijtimoiy-siyosiy rivojlanish sharoitiga ko‘ra dunyoviylik va diniylikning uyg‘un rivojida insoniyat taraqqiyotidagi o‘rnini belgilovchi asosiy omil sifatida kompleks ta’lim-tarbiya tizimini (oila, mahalla, ta’lim, nodavlat notijorat tashkilotlar, sog‘lom diniy-ma’rifiy muassasalar hamkorligi) rivojlantirishni yanada jadallashtirish nazariy jihatdan asoslanganligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2024-yilga mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturidagi “Biz yoshlar terrorizm va diniy ekstremizmga qarshimiz” shiori ostidagi ma’naviy-marifiy va profilaktik tadbirlarni o‘tkazish va targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2025-yil 8-apreldagi № 02/06-82-sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining missionerlikka qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi targ‘ibot tadbirlarining samarasini yuksaltirishga xizmat qilgan.