Zuhurov Kamoljon Zuhur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklari xizmatlarining transformatsiyalashuvi”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2358
Ilmiy rahbar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov, Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Qo‘chqorov Tohir Sodiqovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklari xizmatlarining transformatsiyalashuvi bilan bog‘liq ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Turonbank” ATB alohida raqamli hizmatlarining bank sof foydasiga ta’siri baholanib, mijozlar talabini chuqurroq o‘rganishga xizmat qiluvchi raqamli bank xizmatlaridan foydalanish murakkabligi koeffisienti taklif etilgan;
tijorat banklarining raqamli transformatsiyaga o‘tish jarayonida komission daromadlar va komission xarajatlarni bevosita sof foydaga ta’sirini o‘rganish asosida tijorat banki raqamli transformatsiyasining takomillashgan modeli ishlab chiqilgan;
biznes jarayonlari, bank va bankdan tashqari xizmatlarni raqamlashtirish hisobiga bank bozor qiymatini maksimal oshirish imkonini ta’minlovchi bank xizmatlarini raqamlashtirishning umumiy arxitekturasi takomillashtirilgan;
mijozlar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan raqamli bank xizmatlarini joriy etish strategiyani shakllantirish va amalga oshirishga uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklari xizmatlarining transformatsiyalashuvi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
“Turonbank” ATB alohida raqamli hizmatlarining bank sof foydasiga ta’siri baholanib, mijozlar talabini chuqurroq o‘rganishga xizmat qiluvchi raqamli bank xizmatlaridan foydalanish murakkabligi koeffisienti taklifi “Turonbank” ATB amaliyotida qo‘llanilgan (“Turonbank” ATB ning 2023 yil 19 sentyabrdagi№ 15/03-294-son ma’lumotnomasi)
Tijorat banklarining raqamli transformatsiyaga o‘tish jarayonida komission daromadlar va komission xarajatlarni bevosita sof foydaga ta’sirini o‘rganish asosida tijorat banki raqamli transformatsiyasining takomillashgan modeli ishlab chiqilgan. Ushbu model “Turonbank” ATB faoliyatida komission daromadni oshirish, mijozning barcha turdagi ma’lumotlarini davlat xizmatlari bilan integratsiyasi, to‘lov jarayonini tezlashtirish uchun “one tauch” texnologiyasini amaliyotga joriy etish, Tadbirkorlik sub’ektlari va byudjet korxonalarining “Uzasbo”, “1C”, dasturlari va bankning ABS tizimini integratsiyasini amaliyotga joriy qilish uchun qabul qilingan (“Turonbank” ATB ning 2023 yil 19 sentyabrdagi№ 15/03-294-son ma’lumotnomasi).
biznes jarayonlari, bank va bankdan tashqari xizmatlarni raqamlashtirish hisobiga bank bozor qiymatini maksimal oshirish imkonini ta’minlovchi bank xizmatlarini raqamlashtirishning umumiy arxitekturasi takomillashtirilgan. Ushbu taklif natijasida bankning ichki hujjat aylanish jarayonlari xususan boshqaruv qarorlari hamda bank kengashi bayonlarini qog‘oz ko‘rinishidagi imzodan raqamli formatga o‘tkazish, bank arxiv hujjatlarini saqlash va nazorat qilishni raqamlashtirish, “Turonbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan. (“Turonbank” ATB ning 2023 yil 19 sentyabrdagi №15/03-294-son ma’lumotnomasi).
mijozlar ehtiyojlariga yo‘naltirilgan raqamli bank xizmatlarini joriy etish strategiyani shakllantirish va amalga oshirishga uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan. Berilgan taklif asosida mijozlar bazasini oshirishga raqamli xizmatlar orqali olinadigan komission haqlar minimallashtirish, mobil ilovalarda qo‘shimcha turdagi xizmatlarni joriy etish bo‘yicha berilgan taklif, “Turonbank” ATB faoliyatiga joriy etilgan. (“Turonbank” ATB ning 2023 yil 19 sentyabrdagi №15/03-294-son ma’lumotnomasi).