Xaydarov Ravshan Mirzakalanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Auditorlik tekshiruvlarida tashqi sifat nazoratini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2804.
Ilmiy rahbar: To‘raev Abduraxim Nortojievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshket davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: auditorlik tekshiruvlarida tashqi sifat nazoratini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
auditorlik faoliyatida yo‘l qo‘yiladigan qoidabuzarliklarni jiddiylik darajasiga va Auditning xalqaro standartlari kesimida guruhlash mezonlarini qo‘llash taklifidan auditorlik tekshiruvlari sifatini baholashda foydalanish asoslangan;
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari o‘tkazgan auditorlik tekshiruvlari sifatini tashqi nazorati natijalariga ballik baholash tizimini joriy etish orqali auditorlik tashkilotlarini to‘rt guruhga ajratish taklif etilgan;
auditorlik tekshiruvlarini tashqi sifat nazoratidan o‘tkazishda, tashqi sifat nazoratining samaradorligini oshirish maqsadida, tavakkalchilik tamoyilini qo‘llash taklif etilgan;
auditorlik tashkilotining ichki standartlarini Auditning xalqaro standartlariga qiyoslab qayta ishlab chiqish auditorlik tekshiruvlarini sifatini oshirishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Auditorlik tekshiruvlarining sifatini oshirish, auditning tashqi sifat nazorati tartibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
auditorlik tashkilotlari faoliyatida yo‘l qo‘yiladigan qoidabuzarliklarni jiddiylik darajasiga ko‘ra baholash va Auditning xalqaro standartlari asosida guruhlash mezonlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan audit sifatining tashqi nazorati bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy hujjatlarda foydalanildi (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2022 yil 15 sentyabrdagi 15/09-1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni audit sifatining tashqi nazorat tizimiga joriy etilishi auditorlik tashkiloti faoliyatidagi qoidabuzarliklarni aniqlash va baholashda yagona yondashuvni, hamda ob’ektivlikni ta’minladi;
auditorlik tekshiruvlari sifatining tashqi nazoratida tekshirish natijalarida ballik baholash tizimini qo‘llash va olingan ballar soniga qarab auditorlik tashkilotlarini to‘rt guruhga ajratish taklifi O‘zbekiston auditorlar palatasining audit sifatini tashqi nazoratida qo‘llanildi (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2022 yil 15 sentyabrdagi 15/09-1-son ma’lumotnomasi). Auditorlik tekshiruvlari sifatini baholash natijasida auditorlik tashkilotlariga berilgan umumiy ballar soniga qarab ular 4ta guruhga ajratildi;
auditorlik tekshiruvlari sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish jarayonini avtomatlashtirish maqsadida, tavakkalchilik tamoyili asosida ishlab chiqilgan elektron dastur O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan audit sifatini tashqi nazorati tizimiga qabul qilindi (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2022 yil 15 sentyabrdagi 15/09-1-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reestrida 2024 yilning 17 mayida DGU 38185-son bilan ro‘yxatga olingan. Mazkur dastur auditorlik tekshiruvlari sifatini tashqi nazorati jarayonini avtomatlashtirish, ish hajmini optimallashtirish va vaqtni tejashga imkoniyat yaratdi.
auditorlik tashkilotining Auditning xalqaro standartlariga qiyoslab qayta ishlab chiqilgan ichki standartlari O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan qabul qilindi (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2022 yil 15 sentyabrdagi 15/09-1-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan 30ta ichki standartlar “NORMA” elektron huquqiy-axborot tizimiga ommaviy foydalanish uchun joylashtirildi. Mazkur ichki standartlar uslubiy qo‘llanmalar bo‘lib, auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish bosqichlarini standartlashtirishga, audit hajmini optimallashtirishga, auditning sifatini oshirishga imkoniyat yaratdi.